So’nggi yangiliklar

09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  7 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  14 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  12 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  32 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2

A Seriya. "Yuventus" mehmonda "Kalyari"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" mehmonda "Kalyari"ga mag'lub bo'ldi

Italiya chempionati 37-turidan o'rin olgan "Kalyari" - "Yuventus" o'yini matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.


Kalyari – Yuventus 2:0 

«Sardenya»

Gollar: 1:0 – 8 Galyano, 2:0 – 45 Simeone.

Kalyari – Krano, Klavan, Valyukevich, CHeppitelli, Mattello, Ionice, Rog (Paloski, 47), Farago, Joao Pedro (Pereyro, 88), Simeone (Birsa, 84), Galyano (Likoyannis, 46).

Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Rugani, Muratore (Matyuidi, 61), Kuadrado, Pyanich (Zanimakya, 61), Bentankur (Peters, 76), Bernardeski, Ronaldu, Iguain (Oliveri, 88).

Ogohlantirishlar: Rog (17), Pyanich (24), Joao Pedro (64).


Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" yutqazdi, hisob esa "Kalyari" foydasiga hal bo'ldi - 2:0. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi katta o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. Zanimakiyaning kuchli zarbasi! Kranodan yana seyv! 

90+3. Farago "Yuventus"ning xavfli hujumini bartaraf etdi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

89. Krishtianu Ronaldu maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

88. "Kalyari"di o'zgarish: Pedro o'rniga Pereyro tushdi. 

88. "Yuventus"da o'zgarish: Iguain o'rniga Oliveri tushdi. 

86. Sandro uzoqdan zarba berishga urinib ko'rdi, Krano o'z o'rnida. 

84. "Kalyari"da almashtirish: Simeone o'rniga Birsa tushirildi. 

83. Zarba! Bernardeskining zarbasi afsuski, noaniq ko'rinish oldi. 

82. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 35% - 65%

80. Ronalduning chap oyoqda yo'llagan zarbasi! Yana Krano zarbani qaytarishga erishdi. 

77. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

76. "Yuventus"da o'zgarish: Bentankur maydonni tark etdi, o'rniga Piters o'yinni davom ettiradi. 

75. Ronaldu Bentankurga to'pni uzatdi, uning zarbasidan keyin rikoshet orqali noaniq ketdi. 

74. Bentankur Paloskiga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

71. Hakam tomonidan "time-out" elon qilindi. 

70. Uuuuxxx! Dahshatli vaziyat!  Simeone yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi. 

68. Zarba! Ronalduning uzoqdan yo'llagan zarbasini Krano qaytardi. 

65. Pedro Kuadradoga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

63. Paloski jarohat olib maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

61. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Muratore o'rniga Matyuidi, Pyanich o'rniga Zanimakiya tushdi.

59. Pyanich Pedroga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi. 

57. Bernardeski bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq. 

54. Zarba! Muratoredan qoyilmaqom zarba - Kranodan ajoyib seyv! 

51. Uuuux! Simeonening bosh bilan yo'llagan zarbasini Buffon qaytardi. 

49. Paloski Kuadradoni yiqitdi va jarima zarbasi. 

47. "Kalyari"da 2 ta o'zgarish: Galyano o'rniga Likoyannis, Rog o'rniga Paloski tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 2:0. Tanaffus! 

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Simeone hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! Bentankurning yaqin masofadan bergan zarbasini Krano qaytarishga erishdi. 

43. Kuadrado ichkariga to'pni noqulay tarzda uzatdi, Ronaldu to'pni qiyinchilik bilan maydonda saqlab qoldi, biroq to'p endi mezbonlarga tegishli. 

41. Zarbaaa! Kuadradoning uzoqdan tepgan to'piga ozroq aniqlik etishmadi. 

38. Uuuux! Bernardeskining burchak zarbasidan uzatgan pasi yiqilayotgan Iguainning zarbasi bilan yakun topdi, zarbaga ozgina aniqli etishmadi. 

37. Zarba! Ronalduning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegdi. 

36. Klavan Bernardeskiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi. 

34. "Yuventus" muxlislari bugungi o'yinni 2 sabab tufayli tomosha qilishlari mumkin. Birinchisi Ronalduning to'purarlik poygasi. Ikkinchisi mehmonlar kiygan libos endi eski hisoblanadi. CHunki klub ertaga yangi liboslarni namoyish qilishi kutilmoqda.  

32. Uuux! Bonuchchining azoqdan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi. 

30. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% - 51%

27. Hakam o'yinni vaqtinchalik to'xtatdi. 

26. Hakam Ronaldu hujumda qoidani buzdi deb hisobladi. Eng qizig'i, Ronaldu himoyachiga umuman teginmagan ekan.  

25. Hakamlarga bildirgan etirozlari uchun "Yuve" bosh murabbiyi Sarriga ham sariq kartochka ko'rsatildi. 

24. Pedroga nisbatan qo'pollik ishlatgan Pyanich ogohlantirildi.

23. "Kalyari" safida faol o'yin namoyish etayotgan Mattello "Yuve" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.  

21. "Yuventus" himoyachilar orqali hujum boshlamoqda. 

19. Krishtanu Ronalduning zarbasi, biroq to'p himoyachilar tomonidan "bloklandi".

18. Joao Pedrodan yaxshi zarba, lekin darvozabon o'z o'rnida. 

17. Rog Bernardeskiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

13. Rog maydon markazida turinliklarni aldashga harakat qildi, keyinchalik voqeqalar rivoji Mattelloning zarbasi va Buffonning mahorati bilan tugadi. 

10. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 44% - 56%

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Galyano hisobni ochdi - 1:0!

7. Bugungi oqshomning asosiy intrigasi - Ronaldu. Nega? CHunki to'purarlik poygasi davom etmoqda. Ayni damda Immobileda 35 ta gol mavjud, Ronalduda esa - 31 ta.

4. "Yuventus" yangi safar libosidan bugun foydalanmadi, balki so'nggi tur o'yiniga asrab qo'ygandir. 

2. Galyanoning uzoqdan yo'llagan zarbasi! Buffon o'z o'rnida! 

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Futbolchilar stadionda

"Sardenya" o'yinni qabul qilishga tayyor

O'yin Toshkent vaqti bilan 00;45da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun A Seriya 37-turida "Kalyari" o'z maydonida "Yuventus"ni mehmon qiladi. Uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика