So’nggi yangiliklar

12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  2 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  1 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  1 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   6 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  5 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1

A Seriya. "Roma" Sardiniyada irodali g'alabaga erishdi, SHomurodov maydonga tushmadi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" Sardiniyada irodali g'alabaga erishdi, SHomurodov maydonga tushmadi

A Seriyaning 10-turidan o'rin olgan "Kalyari" - "Roma" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Kalyari – Roma 1:2

Gol: Pavoletti (52, 1:0), Ibanes (71, 1:1), Pellegrini (78, 1:2).

Kalyari – Krano, Bellanova, CHeppitelli, Dzappa, Karboni, Likoyannis, Deyola (Keyta Balde, 82), Marin, Grassi (Oliva, 79), Joao Pedro, Pavoletti.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya (Afena-Gyan, 57), Mxitaryan (El-SHaaravi, 46), Veretu (Kumbulla, 90+1), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Kalafori, 81), Abraxam.

Ogohlantirish: Dzanolo (38), Joao Pedro (73), Likoyannis (76), Pellegrini (79), Abraxam (79).

Cagliari

Leonardo Pavoletti - 52'

Serie A . 10-tur

27/10/2021, 23:45

2
:
1
Tugadi

Roma

Roger Ibanez - 71', Lorenzo Pellegrini - 78'

Stadion: Unipol Domus, 8547 tomoshabin

Bosh hakam: Ivano Pezzuto

45'
90'
52'  Leonardo Pavoletti
52'  Raoul Bellanova
73'  Joao Pedro
77'  Charalambos Lykogiannis
79'  Alberto Grassi (Christian Oliva)
82'  Alessandro Deiola (Keita Balde)
87'  Raoul Bellanova
38'  Nicolo Zaniolo
46'  Henrikh Mkhitaryan (Stephan El Shaarawy)
57'  Matias Vina (Felix Afena-Gyan)
71'  Roger Ibanez
71'  Lorenzo Pellegrini
78'  Lorenzo Pellegrini
79'  Lorenzo Pellegrini
80'  Tammy Abraham
80'  Nicolo Zaniolo (Riccardo Calafiori)
83'  Riccardo Calafiori
84'  Joao Sacramento
90'  Jordan Veretout (Marash Kumbulla)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Roma" Sardiniyada juda qiyin g'alabaga erishdi.

90+5. UXXXXXXX!! "Roma" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin bo'lgandi. Bosh hakam hujumda fol qayd etdi.

90+3. Joao Pedro chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'lgan vaziyatda Kristantega qarshi fol ishlatdi.

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAA!! Zappaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

84. "Kalyari" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

81. "Roma" uch o'zgarishni amalga oshirdi(

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! PELLEEEGRIIIIINNNIIIIIII!!!!! SUUUUPEERRRRGGGOOOOLLLLL!!!

77. UXXXX!! "Roma" juda ham xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.

71. GOOOOOOOOOLLLLL!!! IBANEEEESSSSS!!! Bu gol bo'lishi kerak edi! SHart edi! "Roma" bu golga haqli edi!

70. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Pavolettining boshi bilan bergan zarbasi kuchli va aniq bo'ldi. Patrisiu jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi!

69. Nimalar bo'lyapti? Manchini 4 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmayapti! Kimdir maydonda nimalar bo'layotganini tushuntirib bera oladimiaaaa?!

67. NIMAAAAAA!!!! Pellegrini bu safar bo'sh qolgan darvozaning ustunini poyladi! Abraxam bugun juda ham passiv o'ynamoqda.

63. ZANOLOOOOOO!!! Gol urmaslikning imkoniyati juda past bo'lgan vaziyat bo'lgandi. To'pga tegmasa ham gol urish mumkin edi. Exxxxx....

61. ZARBAAAAA!! Hozirgina maydonga tushgan Afena-Gyan taxminan 3 metrdan darvoza tomon kuchli zarba berdi. Himoyachi to'pni qaytardi.

59. PAVOLETTTIIIII!!! 555 foizlik imkoniyat bo'lgandi. Birga bir holatda unga zarba berish uchun hech kim halaqit qilmagandi. Ammo u zarba berish chog'ida muvozanatni yo'qotdi va Patrisiu to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

56. Joao Pedroning boshi bilan yo'llagan zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

52. GOOOOOOOOOOLLLL!!! PAVOLETTIII!!! Umuman olganda ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarni inobatga olsak, mezbonlar haqli gol urdi.

50. "Roma" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pga kurash vaqtida el-SHaaravi fol ishlatdi.

47. Abraxam ikkinchi bo'lim startidayoq qo'lidan jarohat oldi. Kutamiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. Zanoloning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Uchrashuvni sharhlayotgan franciyaliklar Abraxamning birinchi bo'limdagi o'yinidan qoniqmagan ko'rinadi. Ular bir necha marta SHomurodov deyishdi.

41. UXXXXXX!! Pavolettining qanotdan erlatib oshirgan to'pini Veretu darvozasiga kiritib yuborishi mumkin bo'lgandi.

38. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Zanolo o'ng qanotda to'pni egallab olib, o'ng oyog'ida to'pni markazga oshirdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

35. IEEEE!!! Abraxam? Qanotdan oshirilgan to'pni darvozabon urib yuborishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'p Abraxamga tegib, darvoza yonidan o'tib ketdi.

32. "Roma" hujumda edi. Pellegrini yo'q joyda Pavolettiga qarshi fol ishlatib, hujumni to'xtatdi.

29. O'yin maydon markazida kechmoqda. Vaziyatlar bo'lmayapti.

25. "Roma" jarima zarbasini amalga oshirdi. Havodan uzatilgan to'pni Kristante boshi bilan darvoza tomon yo'llab ko'rdi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

21. Maydonda Karsdorp hamda Likogannis o'rtasida kichik munozara bo'lib o'tdi.

17. "Roma" raqib darvozasi yonida shturm uyushtirdi. Zarbalarni himoyachilar qaytardi, yakunda Pellegrini darvozabonga qarshi fol ishlatdi.

15. ZARBAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pni Pellegrini boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

14. "Kalyari" jarima zarbasiga ega bo'lgandi Undan oshirilgan to'pni Manchini burchakka chiqarib yubordi.

9. ZARBAAAAAAAAAAA!!!! Bellanovaning kuchli zarbasi Patrisiu qo'riqlayotgan darvozaning to'siniga tegib qaytdi!

5. "Roma" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga Zanolo boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomonidan tegdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Sardiniyaga safar uyushtiramiz. "Sandenya" stadionida "Roma" mehmon bo'lmoqda.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика