A Seriya. "Jenoa" mag'lubiyatga uchradi, SHomurodov 45 daqiqa o'ynadi
09 may 2021 17:27
Yangiliklar
A Seriya. "Jenoa" mag'lubiyatga uchradi, SHomurodov 45 daqiqa o'ynadi
Jenoa – Sassuolo 1:2
«Luiji Ferraris»
Gol: Zappakosta 85' – Raspadori 14', Berardi 66'
Jenoa – Perin, Sapata, Goldaniga, Gilone (SHomurodov, 46), Zappakosta, Zayc (Pyaca, 75), Bexrami (Kassata, 68), Badel, Masello, Pandev (Rovella, 68), Destro (Skamakka, 68).
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Rojerio, Ferrari, Kirikesh, Jurichich (Defrel, 57), Lokatelli (Burabiya, 81), Traore (Garaslin, 72), Lopes, Berardi (Kaputo, 81), Raspadori (Obyang, 72).
Ogohlantirish: Zappakosta (31), Goldaniga (90+4).
Uchrashuv yakunlandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!
90+4. Goldaniga qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
90+3. Kassata o'ng qanotda faollik ko'rsatdi, ammo qo'pollikka ham yo'l qo'ydi.
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. Uuuux! Zappakostaning zarbasi darvozaning o'tkir burchagi tomon yo'naltirildi, sal noaniq.
89. Kassataning to'p oshirishi Obyang tomonidan bartaraf qilindi.
87. "Jenoa" faollikni maksimal darajada oshirdi.
85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zappakostaning qoyilmaqom zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:2!
83. Skamakkaning o'ng qanotdan amalga oshirgan zarbaga o'xshash uzatmasi SHomurodovga tegib, boshqa tomonga ketdi. Afsuski, darvozaga emas.
81. "Sassuolo"da 2 ta o'zgarish: Berardi o'rniga Kaputo, Lokatelli o'rniga Burabiya o'yinga qo'shildi.
79. Zappakostaning zarbasi, Konsili o'z o'rnida!
78. "Sassuolo" to'pga egalik qilgan holda ishonchli tarzda o'yin namoyish qilmoqda.
75. "Jenoa"da almashtirish: Zayc o'rniga Pyaca o'yinni tugatib qo'yadi.
74. Goldaniga Garaslinga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi.
72. "Sassuolo"da 2 ta almashtirish: Raspadori o'rniga Obyang, Traore o'rniga Garaslin o'yinni davom ettiradi.
70. Eh, shunday yaxshi o'ynab turgan "Jenoa"ga birgina xato qimmatga tushdi.
68. "Jenoa"da 3 ta o'zgarish: Detsro o'rniga Skamakka, Pandev o'rniga Rovella, Bexrami o'rniga Kassata tushdi.
66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Maselloning himoyadagi qo'pol xatosidan keyin Berardi birga-bir holatni golga aylantirdi – 0:2!
64. SHomurodov Kirikeshga bosim uyushtirdi, himoyachi to'pni tepdi, ammo to'p yo'l-yo'lakay hamyurtimizga tegib, maydondan chiqib ketdi, "aut".
62. "Jenoa" himoyadan hujum boshlaydi, Sapataga nisbatan qoida buzildi.
60. SHomurodov chap qanotdan ichkariga, Destroga pas berishni istadi, biroq pas juda kuchli amalga oshirilgani bois to'p maydonni tark etdi.
58. SHomurodov Pandevga pas berdi, Goran esa chapdagi sherigiga pas berishga ulgurmadi, himoyachilar to'pni tepib yuborishdi.
57. "Sassuolo"da almashtirish: Jurichich o'rniga Defrel maydonga tushdi.
56. Alohida aytish kerakki, SHomurodov ancha faol o'ynamoqda va "Jenoa"ning o'yinini kuchaytirdi deb bemalol aytish mumkin.
55. Zaycning jarimadan bergan zarbasi ancha noaniq chiqdi, juda uyatli zarba bo'ldi.
54. SHomurodov zarba berayotganida unga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima to'pi.
52. Uuuux! Goldaniganing bosh bilan yo'llagan zarbasi darvozs to'sinigi tegib qaytdi.
51. Zappakostaning uzatmasi Berardi tomonidan qaytarildi.
48. Zarba! Manuel Lokatellining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
46. "Jenoa"da o'zgarish: Gilone o'rniga SHomurodov tushirildi.
- SHomurodv maydonga tushishga hozirlik ko'mroqda.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! Ikkinchi bo'limda SHomurodovni kutamiz.
45+3. Lopes Bexramini yiqitdi, belgilangan jarima to'pini Zayc ijro qildi, to'ppa-to'g'ri darvozabonga.
Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
43. Taym so'ngida mehmonlar faollikni oshirishdi, to'p nazoratini mezbonlarga topshirish niyat yo'q.
40. Zarba! Ferrarining jarima maydoni chizig'i ustidan bergan zarbasi Peringa qiyinchilik tug'dirmadi.
38. Kirikeshga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilyapti.
36. Kirikesh jarima maydoni ichkarisida yotibdi, Detsro tirsagi bilan urib yuboribdi.
34. Masello o'ng qanotda Tolyanga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
33. Zarba! Zappakostaning yaxshi zarbasi Konsili tomonidan bartaraf etildi.
31. Zappakosta etiroz uchun sariq kartochka oldi.
30. Ha, gol bekor qilindi.
29. Obbo, gol VARda ko'rib chiqilmoqda. Destro gol urilguncha qoida buzish evaziga to'pni olib qo'ygan ekan.
28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Destroning uzatmasidan keyin Zayc bosh bilan gol urdi – 1:1!
25. Gilonening pasi Kirikesh tomonidan uzoqlashtirildi.
23. Goran Pandev jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, ammo hakam qoida buzish yo'q deya baholadi.
20. Traore Bexramini yiqitdi.
18. Domeniko Berardining uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. "Sassuolo" burchak to'piga ega bo'ldi.
17. Jeremi Tolyan ichkariga uzun pas yo'lladi, ammo sheriklaridan hech kim yo'q edi.
14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Raspadori pas qabul qilib, darvozaning pastki o'ng burchagini nishonga oldi va hisobni ochishga erishdi – 0:1!
11. Zayc burchakdan to'pni ichkariga oshirdi, Goldaniganing bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
10. Zarba! Sapataning kuchli zarbasini Konsili katta qiyinchilik bilan qaytardi.
8. Kristian Sapata Raspadoriga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatdi.
5. Berardining uzatmasiga darvozadan chiqib kelgan Perin ega chiqdi.
3. Manuel Lokatelli sherigiga pas berishga urindi, ammo to'pni juda kuchli zarb bilan tepib yubordi.
1. Bosh hakam Mauricio Mariani hushtagini chaldi va o'yinga start berildi!
- Eldor SHomurodov bugungi o'yinni zaxiradan boshlaydi.
- O'yin Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriyasi 35-turida "Jenoa" o'z uyida "Sassuolo"ni mehmon qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
Fikrlar