So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  1 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  2 19:14Суперлига. ОКМК - "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  1 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  5 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  9 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  16 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  1

A Seriya. SHomurodov A Seriyadagi debyut golini urgan o'yinda "Jenoa" mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov A Seriyadagi debyut golini urgan o'yinda "Jenoa" mag'lub bo'ldi

A Seriyaning 9-turidan o'rin olgan "Jenoa" - "Parma" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Jenoa" - "Parma" 1:2

"Luiji Ferraris"

Gol: Jervino (10, 0:1), Jervino (47, 0:2), SHomurodov (50, 1:2).

"Jenoa" – Paleari, Gilone, Goldaniga, Bani, Pellegrini, Lerager, Badel, Sturaro, Sapata, SHomurodov, Skamakka.

"Parma" – Sepe, Byusi, Brunu Alvesh, Osorio, Galolo (Lorini, 19), Kurtich, Kucka, Karamo, Skoccarella (Ernani, 63), Jervino, Kornelius.

Ogohlantirish: Byusi (58), Karamo (67).

Genoa

Eldor Shomurodov - 50'

Serie A . 9-tur

01/12/2020, 00:50

2
:
1
Tugadi

Parma Calcio 1913

Gervinho - 10', Gervinho - 47'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Maurizio Mariani

45'
90'
50'  Eldor Shomurodov
69'  Eldor Shomurodov (Goran Pandev)
69'  Lukas Lerager (Miha Zajc)
77'  Milan Badelj
81'  Milan Badelj (Vittorio Parigini)
81'  Paolo Ghiglione (Marko Pjaca)
84'  Mattia Bani
88'  Mattia Bani (Mattia Destro)
10'  Gervinho
10'  Juraj Kucka
19'  Riccardo Gagliolo (Vincent Laurini)
47'  Gervinho
58'  Maxime Busi
62'  Matteo Scozzarella (Hernani)
67'  Yann Karamoh
73'  Maxime Busi (Simone Iacoponi)
73'  Yann Karamoh (Alberto Grassi)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Marandan juda ham xafaman. Uning 69-daqiqadagi qarori jamoaning zarariga ishladi.90+4. Rus sharhlovchisidan ideal iqtibos: - Bugungi o'yinda butun bir jamoani zaxiraga olib, SHomurodovni qoldirish kerak edi.

90+3. Hullas No Eldor, No Party. Eldor ketdi, o'yin o'ldi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Jinni bo'lib qolish hech gap emas.... Pandev ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

88. Jervino qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Raqiblarini aldab o'tib, 16 metrlikning ustidan noaniq zarba yo'lladi.

82. SHomurodov borligida "Jenoa" yaxshi hujumlar uyushtirayotgandi. 69-daqiqadae keyin "Jenoa" hali hujumga o'tmadi ham.

79. Negadir menga "Jenoa"ning o'yini yoqmay ketdi. Juda sekin va hujumdagi temp past.

76. Mening ko'zimga shunday ko'rinyaptimi yoki sizga ham shunday tuyulyaptimi?! Negadir "Jenoa" hujum qilmay qo'ygandek.

73. ZARBAAAAAAAA!!! Karamoning zarbasi biroz noaniq ketdi.

71. UXXX!! Pandev hujumdagi Skamakka tomon to'pni oshirdi. Darvozabon joyini tark etib, to'pni ushlab oldi.

69. G'alati qaror! Bugun minusga o'ynayotgan Skamakka qolib, SHomurodov o'rniga Pandev tushirildi. Endi uxlasangiz ham bo'ladi(

67. ZARBAAAA!!!! Eldorning pasidan keyin Badelj zarba berdi. Darvozabon to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!

66. "Jenoa"ning ikki qanoti futbolchilarining ketida tinim ishida unum yo'q ekan. Deyarli har bir to'p uzatilishi himoyachidan o'tmayapti.

 63. Osorioning SHomurodovga oshirgan to'pi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

60. Bu orada Rolando Maran ham ogohlantirildi. 

58. Pellegrinini to'xtatgani uchun Busi ogohlantirildi.

57. UXXXXX!! Sturaroning zarbasi biroz noaniq ketdi!!

55. To'g'risini aytaman, bugun Eldor gol urishini bilgandim, kutgandim!!

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! SHOMURODOOOOOOOOOOVVVV!!! GOL GOL GOL GOL GOL GOL GOL GOL!!!!! Tomog'im hozir ovozdan qoladi!

47. GOL! Jervinodan dubl!


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Tanaffus!! Biroz asabiy o'tgan taym yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! Jervino kuchli zarba bilan darvozaning to'sinini nishonga oldi!

44. UXXXX!! Hisob o'zgarishi mumkin edi. Qanotdan oshirilgan to'pga Karamox bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

41. ZARBAAAAAA!! CHap qanotdan oshirilgan to'pga Jervino kuchli zarba berdi. Biroz noaniq.

37. Sturaro o'zini De Bryuyneman deb o'yladi chog'i, Skamakkaga juda murakkab pas berdi. Pas juda noaniq ketdi.

30. SKAMAKKAAAAAA!! Bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. O'yinning boshidan Skamakka minusga o'ynashda davom etadi.

28. ZARBAAAAA!! To'p SHomurodov tomon uzatildi. Biroq havodagi kurashda himoyachi ustun keldi. Qaytgan to'pga Badelj anchagina noaniq zarba yo'lladi.

26. "Jenoa" bosim uyushtirmoqda. Ammo hozircha buning foydasi bo'lmayapti.

22. Sturaronining jarimadan oshirgan to'pini darvozabon chiqib urib yubordi.

16. UXXXXXX!!!!! SHOMAAA!!! Ikki raqibini aldab o'tdi va raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Zarbani Sepe qaytardi!!!


14. "Jenoa" bosimni boshlamoqda. Qanotdan oshirilgan to'pga Skamakka va SHomurodov zarba bera olmadi. Himoyachi to'pni oldinga chiqarib yubordi.

10. GOL! Jervino hisobni ochdi.

8. UXXXXXX!!! Mehmonlar gol urishga yaqin keldi. Kornelius yana bir bor darvozaga yaqinlashib keldi. Goldaniga xavfni bartaraf etdi.

5. UXXXXXX!!! Hisob ochilishiga saaaaaall qoldi. Korneliusning zarbasi "Jenoa" darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

2. ZARBAAAAAAA!!! SHomurodov to'pni raqibidan olib qo'ydi va Skamakka raqib posti tomon zarba berdi. Agar gol bo'lganida Eldordan ikkinchi assistni ko'rgan bo'lardik.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!!! Futbolchimizni O'zi qo'llasin!

- Jamoalar Diego Maradona xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Stadion uzra A Seriya madhiyasi yangramoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari!! "Luiji Ferraris"da biz bugun Eldor SHomurodovning o'yinini kuzatamiz va unga muxlislik qilib qolamiz!!! Sizlar bilan uchrashuvni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика