

Biroz avval yakuniga etgan Milandagi o'yin dramatik ruhda o'tdi. Uchrashuv avvalida Antoni Konte shogirdlarining oson g'alabasi taxmin qilingandi. Ammo amalda bunday bo'lmadi. Hisobda quvlashmachoq o'ynagan jamoalar yakunda bittadan ochko bo'lib olishdi.
Italiya A Seriyasi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.
Inter – Sassuolo 3:3
24 iyun, 22.30, Djuzeppe Meacca (San-Siro)
Gollar:
0:1 – 4 Kaputo, 1:1 – 41, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Biragi, 2:2 – 81, penalti Berardi, 3:2 – 86 Valero, 3:3 – 89 Manyani.
Inter – Xandanovich, Bastoni, Ranokkiya (de Vrey, 54), Shkrinyar, Biragi (Yang, 75), Valero, Mozes (Kandreva, 75), Eriksen (Agum, 62), Galyardini, Sanches (Martines, 62), Lukaku.
Sassuolo – Konsili, Ferrari, Rojerio (Kiryakopulos, 46), Myuldyur, Kirikesh (Manyani, 79), Djurichich, Manyanelli (Lokatelli, 58), Obiang, Boga (Garaslin, 67), Berardi, Kaputo (Defrel, 58).
Ogohlantirishlar:
Rojerio (23), Shkrinyar (25), Bastoni (44).
Chetlatish:
Shkrinyar (90).




