A Seriya. "Lacio"ni mag'lub qilgan "Inter" "Milan"dan o'zib, peshqadamga aylanib oldi
15 fev 2021 02:45
Yangiliklar


A Seriya. "Lacio"ni mag'lub qilgan "Inter" "Milan"dan o'zib, peshqadamga aylanib oldi
Milanda mehmon bo'lgan Rimning "Lacio" klubi 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Romelu Lukaku va Lautaro Martinesning gollari bugun "Inter"ga g'alaba keltirdi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 50 taga etkazib olgan "neradzurrilar" musobaqa jadvalining 1-pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Malumot uchun, A Seriyaning keyingi turida "Milan derbisi"ga guvoh bo'lamiz. Musobaqa jadvalida 1 va 2-o'rinni egallab turgan jamoalar o'rtasidagi bahs 21 fevral oqshomida o'tkaziladi.
Inter Romelu Lukaku - 22', Romelu Lukaku - 45', Lautaro Martinez - 64' |
Serie A . 22-tur 15/02/2021, 00:45 1
:
3
Tugadi
|
Lazio Sergej Milinkovic-Savic - 61' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
Inter – Lacio 3:1
15 fevral, 00.45, "Juzeppe Meacca (San-Siro)"
Gollar:
1:0 – 22, penalti Lukaku, 2:0 – 45 Lukaku, 2:1 – 61 Eskalante, 3:1 – 64 Martines.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Bastoni, SHkrinyar, Xakimi (D`Ambrozio, 90), Barella, Perishich (Darmian, 90), Brozovich, Eriksen (Galyardini, 72), Lukaku (Pinamonti, 90), Martines (Sanches, 78).
Lacio – Reyna, Xudt (Parolo, 46), Acherbi, Gabarron, Laccari, Luis Alberto (Pereyra, 78), Marushich, Leyva (Eskalante, 46), Milinkovich-Savich, Korrea (Kaysedo, 70), Immobile (Muriki, 70).
Ogohlantirishlar:
Xudt (20), Lukaku (26), Xakimi (59).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar