A Seriya grandlari Depay uchun kurashga tayyorlar
07 jan 2021 16:10
Yangiliklar


A Seriya grandlari Depay uchun kurashga tayyorlar
Niderlandiyalik forvard Memfis Depay Italiya klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.
26 yoshli futbolchi uchun "Inter", "Milan" va "Yuventus" klublari davogarlik qilmoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchining "Lion" bilan tuzgan shartnomasi yozga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, o'yinchi joriy mavsumning so'nggiga qadar Franciya klubida qolishni rejalashtirayotganini aytgan edi.
Memfis joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol (6tasi penalti) va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar