So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

A Seriya: Evropaning eng barqaror jamoasi "Yuventus"ga Italiyada raqobatchi yo'qmi? Yangiliklar

A Seriya: Evropaning eng barqaror jamoasi "Yuventus"ga Italiyada raqobatchi yo'qmi?

Italiya A Seriyadagi holat haqida to'xtalib o'tamiz.

Juma kuni "Torino" - "Frozinone" bahsi bilan boshlangan 8-tur kecha "Spal" - "Inter" uchrashuvidang so'ng yakunlandi.



A Seriya turnir jadvali



Etiborlisi, mazkur turda durang natijasi qayd etilmadi. Mezbonlar ("Torino", "Kalyari", "Milan", "Lacio", "Napoli") va mehmonlar ("Yuventus", "Roma" "Parma", "Sampdoriya", "Inter") bir xil 5tadan g'alaba qozonishdi.

Turnir jadvali peshqadami "Yuventus" qatorasiga sakkizinchi g'alabaga erishdi. Allegri qo'l ostida turinliklar mavsumni ilk bor ketma-ket g'alabalar bilan boshlashdi. SHu tariqa jamoa A Seriyani qatorasiga 8 g'alaba bilan boshlab, o'zining 1930/31, 1985/86, 2005/06 yilgi mavsumlarda qayd etgan natijasini takrorladi. SHuningdek, ushbu natijani "Roma" (2013/14) va "Napoli" (2017/18) yilgi mavsumlarda qayd etishgan.


Turnir jadvalida dastlabki olti o'rinni egallab turgan jamoalar mazkur turda g'alabani tantana qilishdi.


O'zgargan Allegri

Mavsum startida nafaqat Italiyada, balki Evropada ham eng barqaror jamoa bo'lib turgan "Yuventus" Allegri kelganidan buyon ilk marotaba bu kabi muvaffaqiyatli startni amalga oshirdi. Odatda Allegri jamoasi mavsumning dastlabki qismini, ayniqsa sentyabr va oktyabr oylarini yo'qotishlar bilan boshlashardi. Massimiliano jamoa kuchini butun mavsumga teng taqsimlagan holda o'yinni asta-sekinlik bilan optimal ko'rinishga keltiradigan murabbiy sanaladi. Bu yilgi mavsum esa avvalgilardan farqli ravishda bir tekisda boshlandi. Buni Ronalduning kelishi bilan bog'lash ham mumkin. Ammo jamoa Krishtianu bilan ham, u siz ham barqaror o'yin namoyish etmoqda. SHuningdek, Allegri rotaciya amalga oshirishni bir meyorda olib borayotgani ham o'yin ritmini barqaror ishlashida xizmat qilmoqda.

Klublarning yangi mavsumdagi starti va sentyabr oyida FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda ham grand jamoalar ichidan birgina "Yuventus" talofat ko'rmadi. Qolgan jamoalar aynan FIFA kunlaridan so'ng o'yin ritmini yo'qotib qo'yishdi. Bu esa jamoalarning o'yini va natijasida ham o'z tasirini ko'rsatdi.

Allegrining falsafasi mavsumni sekin boshlab, qishdan bahorga o'tish qismida tezlikni oshirishdan iborat edi. Jamoa har yili chempionlikni aynan shu o'tish davrida norasmiy rasmiylashtirib qo'yardi. Bu yilgi mavsum startidagi natijalar va jamoa ko'rsatayotgan o'yin Allegrining ish uslubida o'zgarish kuzatilganidan darak.

Endi bir savol ochiq qolmoqda, jamoa ertami-kech o'yin va natija borasida uzilishlarga duch kelishi mumkin. Ammo bu qaysi pallada ruy beradi? Allegri jamoada kuzatiladigan pasayish davrini mavsumning hal qiluvchi qismiga qadar silliq o'tkazib oladimi yoki? Bu borada hozircha aniq bir fikr bildirish mushkul. CHunki biz bilgan "Yuve" va Allegri ilk marotaba bu kabi muvaffaqiyatli startni amalga oshirdi. Finishga qadar yo'l qanday bosib o'tilishini esa mavsum davomida ko'ramiz. SHunisi aniqki, Allegri taktik juda puxta va ayyor mutaxassis. Qaysi payt nima qilishni biladigan bilimdon.

Massimiliano qo'l ostida bu mavsum kuchli futbolchi va ijrochilar jamlanishgan. Allegri har yili mavsum boshida etakchilaridan ayrilib qolgan pallalarda ham jamoani qiyin vaziyatdan juda oqilonalik bilan olib chiqib ketgan. Tarkibi kuchli "qurollangan" "Yuventus"ni Allegri qanday boshqarishini esa vaqt ko'rsatadi. Doim minimumni maksimumga qadar etkazishni eplagan va shunga intilgan murabbiy endi maksimumdan qay tariqa foydalanishini kuzatish qiziq bo'ladi.

Muhimi, jamoa nafaqat Ronalduning transferi orqali, balki o'z o'yini va natijalari bilan bu yilgi mavsumda o'z oldiga qanday yuksak maqsad qo'yayotganini elon qilmoqda.


Italiyada "Yuve"ga raqobatchi yo'q

Bu yilgi mavsumda ham chempionlik yo'lida "Yuventus"ga qattiq qarshilik qiladigan raqibni topish mushkul bo'ladi. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Napoli" ularni yo'ldan urishga urinib ko'rishadi. Ammo buni uddalash boshqa masala. O'tgan turda Turinda mehmon bo'lgan "Napoli" o'zaro bahsda skudetto uchun hali davogarlik qila olmasligini ko'rsatib qo'ydi.

"Napoli", "Milan", "Inter", "Roma" va "Lacio" sovrinli o'rinlar uchun keskin kurashishadi. Nafaqat A Seriya, balki Evropadagi eng yosh jamoa sanalgan "Fiorentina" esa evrokuboklar uchun yo'llanma beradigan o'rinlar uchun kurashayotganini o'tgan 8 tur isbotlab berdi. Stefano Pioli jamoa potencialini maksimum yuzaga chiqara olsa, unda yosh iqtidorlar bilan haqiqiy sensaciya qayd etishiga ham shubha yo'q. Faqat mavsum davomida jamoa zaxirasi qanchalik uzunligi asosiy pallaga chiqadigan paytda "Fiorentina" biroz qiynalib qolishi mumkin.

O'tgan 8 turdan so'ng faqatgina ikki jamoa - "Frozinone" va "Kevo" hali g'alaba nimalagini bilmay kelmoqda. Aynan shu jamoalar joriy mavsum elitada jon saqlab qolish uchun kurashishadi.


Ayni paytda A Seriyada eng kam gol o'tkazib yuborgan "Sampdoriya" ham bu yili evrokuboklar uchun kurashib ko'rmoqchi. Marko Jampaolo jamoasi mudofa chizig'ini juda xushyor ushlamoqda. "Yuventus" yoshlari jamoasidan ijaraga kelgan Emil Audero o'tkazilgan 8 o'yindan teng yarmini quruq o'tkazdi.



CHempionat to'purari esa haqiqiy kashfiyotga aylanayotgan Kshishtof Pentek. "Jenoa" hujumchisi garchi jamoasi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada bu gal ham maydonni golsiz tark etmadi. Uning "Parma" darvozasiga kiritgan goli A Seriyadagi 9-golga aylandi. Pentekning eng yaqin taqibchisi Insine hisobida 6 gol mavjud.


Evropani titratish uchun A Seriyaga kelgan bo'lajak superyulduz haqida



"Milan"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Suso esa A Seriyaning eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. "Kevo" bilan bahsda Iguainning ikki goliga hammualliflik qilgan Susoning uzatmalari soni 6taga etdi.


SHahboz Beg'amov - "Telegram", "Instagram""Twitter"

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика