So’nggi yangiliklar

13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  7 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2

A Seriya: Eng bo'yi baland futbolchilar qaysi jamoada o'ynaydi? Yangiliklar

A Seriya: Eng bo'yi baland futbolchilar qaysi jamoada o'ynaydi?

Italiyadagi klublar orasida bo'yi eng baland va past futbolchilar haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

20) “Napoli” (o'rtacha bo'yi — 178.83sm). Anchelotti jamoasi Italiya CHempionatidagi eng bo'yi past klub hisoblanadi. Ularning eng bo'yi past futbolchisi — Insine (163sm), eng bo'yi baland futbolchisi esa — Maksimovich (193sm).

19) “Parma” (o'rtacha bo'yi — 181.36 sm). Eng bo'yi past — Di Gaudio (169 sm), eng bo'yi baland — Serralta (192sm).

18) “Kalyari” (o'rtacha bo'yi — 181.41 sm). Sau — eng bo'yi past o'yinchi (169 sm) bo'lsa, eng balandi — CHerri (194 sm).

17) “Inter” (o'rtacha bo'yi — 182 sm). Eng bo'yi past — Politano (170 sm), eng bo'yi baland — Ranokkya (195 sm).

16) “Milan” (o'rtacha bo'yi — 182 sm). “Rossonerilar” o'rtacha bo'y bo'yicha “Inter” bilan bir xil ko'rsatkichni qayd etgan. “Milan”ning eng bo'yi baland o'yinchisi — Janluijji Donnarumma (196 sm), jamoada bo'yi eng pastlar - Mauri va Alen Xalilovich (169 sm).

15) “Sampdoriya” (o'rtacha bo'yi — 182.67 sm). Eng bo'yi baland — Belec (192 sm), eng bo'yi past — Kaprari (176 sm).

14) “Kevo” (o'rtacha bo'yi — 182.83 sm). Eng bo'yi baland — Adrian Semper (194 sm), eng bo'yi past — Jakkerini (167 sm).

13) “Torino” (o'rtacha bo'yi — 183 sm). Edera va Yago Falke — eng bo'yi past (174 sm), eng bo'yi balan —Sirigu (192 sm) o'yinchi hisoblanadi.

12) “Sassuolo” (o'rtacha bo'yi — 183.16 sm). Eng bo'yi past — Sensi (168 sm), eng bo'yi baland — Skamakka (196 sm).

11) “Empoli” (o'rtacha bo'yi — 183.30 sm). Eng bo'yi past — Bennaser (175 sm), eng bo'yi baland o'yinchilar esa — Terrachano va Romanoli (193 sm).

10) “Udineze” (o'rtacha bo'yi — 183.45 sm). Musso, Vage va Troost-Ekong bo'y balandligi bo'yicha klubdoshlarini ortda qoldiradi (191 sm), ularning eng bo'yi past o'yinchisi esa — Iniges (172 sm) hisoblanadi.

9) “Atalanta” (o'rtacha bo'yi — 183.84 sm). Eng bo'yi baland futbolchi — darvozabon Franchesko Rossi (193 sm), eng bo'yi past — Papu Gomes (165 sm).

8) “Frozinone” (o'rtacha bo'yi — 184.41 sm). Eng bo'yi baland futbolchi — Salamon (196 sm), eng bo'yi past — Siano (176 sm).

7) “Jenoa” (o'rtacha bo'yi — 184.45 sm). Eng bo'yi baland — Spolli (193 sm), eng bo'yi past —Dalmonte (169 sm).

6) “Yuventus” (o'rtacha bo'yi — 184.46 sm). “Zebralar”ning eng bo'yi past, ammo eng tez yugura oladigan o'yinchilaridan biri Duglas Kosta (172 sm), eng bo'yi baland futbolchi esa — SHHesny (195 sm) hisoblanadi.

5) “Fiorentina” (o'rtacha bo'yi — 185.08 sm). Eng bo'yi baland — Milenkovich (195 sm), eng bo'yi past — Laurini (173 sm).

4) SPAL (o'rtacha bo'yi — 185.27 sm). Bu jamoada ikki o'yinchining bo'yi 2 metrdan baland: Vanya Milinkovich-Savich (ha, adashganimiz yo'q. Bu boshqa Milinkovich-Savich :) ) va Tiam (202 sm). Klubning eng bo'yi past o'yinchisi esa — Everton Luis (173 sm).

3) “Bolonya” (o'rtacha bo'yi — 185.72 sm). Eng bo'yi baland — Deyks (193 sm), eng bo'yi past —Palasio va Donsa (176 sm).

2) “Lacio” (o'rtacha bo'yi — 185.75 sm). Uolles va Sergey Milinkovich-Savich “burgut”larning eng bo'yi baland o'yinchilaridir (192 sm). Eng bo'yi past — Berisha (178 sm).

1) “Roma” (o'rtacha bo'yi — 186.41 sm). “Bo'rilar” A Seriyaning eng bo'ydor jamoasi hisoblanadi. Klub tarkibidagi naqd etti o'yinchining bo'yi 1.90 smdan baland. Rimliklarning eng bo'yi baland o'yinchisi — darvozabon Olsen (198 sm). Eng bo'yi past futbolchi esa — Under (173 sm).


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика