So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

A Seriya. "Yuventus"ning super gollari turinliklarga g'alaba keltirdi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus"ning super gollari turinliklarga g'alaba keltirdi

Teglar :  YuventusDjenoa
A Seriyaning 29-turi doirasida "Djenoa" - "Yuventus" uchrashuv yakunlandi.

YANGILASH


"Djenoa" – "Yuventus" 1:3

«Luidji Ferraris»

Gollar: 0:1 – 50 Dibala, 0:2 – 56 Ronaldu, 0:3 – 73 Duglas Kosta, 1:3 – 76 Pinamonti.

"Djenoa" – Perin, Sumaoro, Romero, Masello, Gilone (Barreka, 62), Sturaro (Biraski, 75), Bexrami, SHene (Lerager, 46), Kassata (Pandev, 78), Favilli (Sanabriya, 46), Pinamonti.

"Yuventus" – SHchensny, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 74), Kuadrado, Rabo (Matyuidi, 83), Bentankur, Bernardeski (Duglas Kosta, 66), Ronaldu (Iguain, 74), Dibala (Oliveri, 83).

Ogohlantirishlar: Favilli (7), SHene (33), Bonuchchi (45), Sturaro (58), Kassata (70), Masello (80).


Ucharshuv yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Zarbaaaaa. Iguainning yo'llagan aniq zarbasini, mezbonlar darvozaboni Perin ushlab qoldi.

86. UXXXXXXXXX. "Yuventus" himoyachilari o'z jarima maydonlari oldida uzatmalar amalga oshirayotganida xatoga yo'l qo'yishdi, ularning baxtiga SHHensnyy o'z o'rnida.

83. Sarri ham uchrashuvdagi so'nggi o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. Rabio o'z o'rnini Matyuidiga bo'shatib berdi, Dibalaning o'rniga esa Oliveri maydonga tushdi.

80. Mezbonlar safida navbatdagi ogohlantirish. Bu safar hakam Mazielloga sariq kartochka ko'rsatdi.

78. Mezbonlar murabbiyi uchrashuvdagi so'nggi o'zgarishni amalga oshirdi. Hozirgina uchrashuvda hisobni qisqatirgan Pinamonti o'z o'rnini Pandevga bo'shatib berdi.

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Andrea Pinamonti hisobni biroz qisqatirishga erishmoqda.

75. O'zgarish: Sturaroning o'rniga Biraski maydonga tushdi.

74. O'zgarish: Mehmonlar safida Pyanich va Ronaldu maydoni tark etmoqda, ularning o'rnilariga Remsi va Iguain uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

Bugun mehmonlar faqat chiroyli gol urishga kelishib olishgandek. Bu safar braziliyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirmasdan turib, raqib darvozasining to'qqizligiga aniq zarba yo'llab, hisobni 0:3 ko'rinishga keltirib qo'ydi.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Duglas Kosta!!!!!!!!!!!!!!

70. "Djenoa" yarim himoyachisi Sturaro uchashuvda navbatdagi sariq kartochka egasiga aylandi.

68. Bentankur qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi, biroq mehmonlar safida raqib jarima maydonchasida hech kim yo'q.

65. "Yuventus" safida ilk o'zgarish. Maydonda 33 raqamda harakat qilgan Bernardeskining o'rniga braziliyalik Duglas Kosta maydonga tushdi.

62. Mezbonlar safida yana bir o'zgarish. Gilone maydonni takr etdi, uning o'rniga uchrashuvni Barreka davom ettiradi.

Ronaldu uzoqdan juda kuchli zarba yo'lladi, bu safar mezbonlar darvozaboni Perin jamoasiga yordam bera olmadi.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. RONALDU uchrashuvdagi hisobni 0:2 ko'rinishga keltirib qo'ydi.

52. Xavfli hujum. Kuadrado yana bir bor jarima maydonchasida kirib bordi, ammo barchasi hozircha befoyda.

Dibala jarima maydonchasiga kirib bir yo'lla to'rtta raqibini aldadi va darvozaboning uzoq burchagiga ajoyib zarba yo'lladi, bu safar mezbonlar darvozaboni jamoasiga yordam bera olmadi.

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Dibala uchrashuvda hisobni ochdi

46. Mezbonlar tarkibida bir yo'lla ikkita o'zgarish amalga oshirilmoqda. Maydonni SHene va Favilli tark etishdi, ularning o'ringa Lerager va Sanabria ucharshuvni yakunlab qo'yishadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lib statistikasi

To'pga egalik qilish: 41% : 59%

Zarbalar: 0:6

Burchak to'pi: 1:7

Sariq kartochka:  2:1

Birinchi bo'lib yakunlandi. Hozircha hisob 0:0

45+1. Mehmonlar safida ilk ogohlantirishni jamoa sardori Bonuchchi oldi. 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

43. Super seyf. Ronaldu yana bir bor kuchli zarba yo'llamoqda. Mezbonlar darvozaboni bugun super harakat qilmoqda.

42. Mezbonlar ilk burchak zarbasiga ega bo'lishdi, "Yuventus" himoyachilari ishonchi harakat qilib, to'pni jarima maydonchasidan chiqarib yuborishdi.

40. Favilli!!!!!!!!!!! Darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib zarba berdi, biroq noaniq.

35. Zarbaaaaaaaaaaa. Rabio qanotdan uzatilgan to'pni darvozabon maydonchasida boshi bilan zarba yo'lladi. Hozircha "Djenoa" darvozaboni Perin ajoyib harakat qilmoqda.

32.  Uchrashuvdagi ikkinchi ogohlantirish. Bu safar ham mezbonlarga ko'rsatildi. Lasse SHene Rabioga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

28. Bernardeski qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va xavfli zarba yo'lladi, yana bir bor Perin o'z o'rnida.

27. Dibalaaaa. Ronaldu bilan kombinaciya amalga oshirib, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo argentinalik imkoniyatdan foydalana olmadi.

23. Ronaldu. Uchrashuvdagi uch.inchi zarbasini yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Mehmonlar yana bir bor burchak to'pi tepishadi.

17. RONALDU. Hujumchi yana bir bor kuchli zarba yo'lladi, hozircha barchasi befoyda.

16. Mehmonlar yana bir bor burchak to'pi tepishdi, "Djenoa" himoyachilari hujumni bartaraf etishmoqda.

14. Ronalduuuuuuuuuuu. Portugalik yulduzning "pushkasi" to'g'ri darvozaning to'qqizligiga borayotgandi, hozircha mezbonlar darvozaboni ishonchli harakat qilmoqda.

12. UXXXXXXXXXXX. "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski yigirma besh metrlardan yo'llagan zarbasi to'g'ri darvozaga bordi, Perin o'z o'rnida.

10. Dibalaaaaaaaa. Turinliklar hujumchisi yana bir bor raqib jarima maydonchasiga kirib zarba yo'lladi, himoyachilar o'z o'rnida.

7. Sariq. O'yindagi ilk sariq kartochkani "Djenoa" hujumchisi Andrea Favilli oldi.

6.  Turinliklar burchak to'pi tepishdi, hozircha omadsiz

5. Uchrashuvdagi dastlabki zarba. "Yuventus" vakili Dibalaning zarbasi himoyachiga tegib maydoni tark etdi.

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda. 

O'yin start olishiga oz vaqt qolmoqda. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadigan "Djenoa" - "Yuventus"  o'rtasidagi to'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Genoa

Andrea Pinamonti - 76'

Serie A . 29-tur

01/07/2020, 00:45

3
:
1
Tugadi

Juventus

Paulo Dybala - 50', Cristiano Ronaldo - 56', Douglas Costa - 73'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Gianpaolo Calvarese

45'
90'
7'  Andrea Favilli
33'  Lasse Schoene
46'  Lasse Schoene (Lukas Lerager)
46'  Andrea Favilli (Antonio Sanabria)
58'  Stefano Sturaro
62'  Paolo Ghiglione (Antonio Barreca)
70'  Francesco Cassata
75'  Stefano Sturaro (Davide Biraschi)
76'  Andrea Pinamonti
76'  Davide Biraschi
77'  Francesco Cassata (Goran Pandev)
80'  Andrea Masiello
45'  Leonardo Bonucci
50'  Paulo Dybala
50'  Juan Cuadrado
56'  Cristiano Ronaldo
56'  Miralem Pjanic
66'  Federico Bernardeschi (Douglas Costa)
73'  Douglas Costa
73'  Paulo Dybala
74'  Miralem Pjanic (Aaron Ramsey)
74'  Cristiano Ronaldo (Gonzalo Higuain)
83'  Adrien Rabiot (Blaise Matuidi)
83'  Paulo Dybala (Marco Olivieri)

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика