So’nggi yangiliklar

12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  2 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  5 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0

A Seriya, 3-tur. Rimda Inzagi & Montella to'qnashuvi va boshqa o'yinlar (anons) Yangiliklar

A Seriya, 3-tur. Rimda Inzagi & Montella to'qnashuvi va boshqa o'yinlar (anons)

Italiya chempionatida bugun 3-tur o'yinlariga start beriladi.


SHanba kuni ikkita o'yin o'tkazilishi ko'zda tutilgandi. "Yuventus" va "Roma" jamoalari kelasi haftadan ECHLdagi ishtiroklarini boshlashlari sabab ular boshqalardan ertaroq tur o'yinlariga kirishishadi.
Ammo Genuadagi noqulay ob-havo tufayli o'yin nomalum muddatga qoldirildi.

"Yuventus" esa o'z uyida "Kevo"ni qabul qiladi.
Rolando Maran shogirdlari hozircha o'tkazilgan ikkita o'yindan bittasini o'z foydalariga hal etishdi hamda bitta o'yinda mag'lub bo'lishdi.
Qizig'i, "Kevo" o'z uyidagi bahsda yutqazgan bo'lsa, safardagi o'yinda g'alaba nashidasini surgan.
Bu fakt esa "Yuventus"ni biroz bo'lsada ehtiyotkor bo'lishga undaydi.

Ertaga esa qolgan barcha o'yinlar o'tkaziladi.

Yo'qotishlarsiz ketayotgan "Inter", "Napoli", "Milan" hamda "Sampdoriya" jamoalariga ushbu turda oson bo'lmasligi aniq.

Luchano Spaletti boshchiligidagi "Inter" hali mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan "Spal 2013" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ikkita engilmayotgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuv muxlislarga yaxshigina tomoshaboplikni taqdim etishiga shubha yo'q.

Milanning boshqa bir qayta uyg'onayotgan jamoasi Rimda "Lacio" mehmoni bo'ladi.
"Lacio" - "Milan" to'qnashuvi shubhasiz turning eng markaziy bellashuvi. Simone Inzagi va Vinchenco Montella qarama-qarshiligi. Futbolchilik davrida ajoyib hujumchilar bo'lgan bu ikki yosh mutaxassis hozirda bosh murabbiylikda ham muvaffaqiyatli ishlashmoqda.
Inzagi tarkib jihatdan nomdor va kuchli ijrochilarga ega bo'lmasada, jamoani yaxshi shakllantira olgan. "Lacio"da nomlar emas, jamoa o'ynamoqda va bu albatta Simonening xizmatini ko'rsatadi.


Montella esa yozgi transfer bozorida o'z qo'l ostiga bir qator kuchli va yaxshi ijrochilarni to'pladi. Qayta uyg'onayotgan "Milan"ni butkul uyg'otish vazifasi Montellaga ishonib topshirildi.
Buni amalda Montella qay darajada uddalashini esa vaqt ko'rsatadi.
"Lacio" bilan Rimda bo'ladigan bahs "Milan" qanchalik katta chorlovlarga tayyor ekanligini ko'rsatib berishi mumkin.

Mauricio Sarri boshchiligidagi "Napoli" esa hozirda Italiyada "Yuventus"ga eng yaqin raqobatchi va potencial jihatdan ancha jiddiy raqib sifatida qaralmoqda. "Napoli" bu turda "Bolonya"ga safar uyushtiradi. "Bolonya" maydonida o'ynash hech bir raqibga oson bo'lmagan. Ammo hozirgi jamoani mag'lub etish echib bo'lmaydigan muammo emas va buni amalga oshirish neapolliklarning qo'lidan keladi.
"Bolonya" esa bu ishni "Napoli" uddalay olmasligini uchun tish-tirnog'i bilan qarshilik ko'rsatishi tabiiy.



Italiya A Seriyasi, 3-tur.

9 sentyabr, shanba.
"Yuventus" - "Kevo" (21:00)
"Sampdoriya" - "Roma" (qoldirildi)

10 sentyabr, yakshanba.
"Inter" - "Spal 2013" (15:30)
"Atalanta" - "Sassuolo" (18:00)
"Kalyari" - "Krotone" (18:00)
"Verona" - "Fiorentina" (18:00)
"Lacio" - "Milan" (18:00)
"Udineze" - "Jenoa" (18:00)
"Benevento" - "Torino" (21:00)
"Bolonya" - "Napoli" (23:45)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика