So’nggi yangiliklar

15:43Ана холос! Суперлига 1-турида клублар асосий футболчиларини майдонга тушира олмаслиги мумкин  0 15:18"Манчестер Юнайтед" Онана ўрнига юлдуз дарвозабонни олиб келмоқчи  1 14:51"Ливерпуль" "Челси" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин  0 14:26КХДР етакчиси мамлакатда Премьер-лига ўйинлари трансляция қилинишига рози, аммо...  10 13:59МЮ Осимхенни сотиб олиш бандини фаоллаштиради  0 13:33Канселу, Лоди, Ал Шаҳрони, Митрович ва яна 2 футболчи "Пахтакор"га қарши ўйнамайди  18 12:56"Машъал" яна 4 нафар футболчи трансферини эълон қилди  3 12:32Расман: "Машъал" "Қўқон-1912" ва ОКМК собиқ футболчисини сафига қўшиб олди  1 12:19"Қизилқум" U-21 жамоасига техник мағлубият ёзилади  1 11:52"Ал Ҳилол" Тошкентга етиб келди  9 11:25Расман: "Қўқон-1912" "Андижон"га қарши ўйинни ўз майдонида ўтказади  5 10:51«Қўқон-1912» — «Андижон» учрашуви қаерда бўлиши маълум  3 10:20"Бунёдкор"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   8 09:45Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Комо»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 09:12Ўртоқлик учрашувлари. Ўсмирларимиз «Аспире» жамоаларига қарши баҳс олиб борди  3

A Seriya 10-tur yakunlari: Grandlar g'alabasi va "Jenoa"dan durang Yangiliklar

A Seriya 10-tur yakunlari: Grandlar g'alabasi va "Jenoa"dan durang

Italiya A Seriyasida 10-tur bellashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" derbida zafar quchdi

ECHLdagi muvaffaqiyatdan keyin "keksa sinora" ichki chempionatda, derbi ham g'alaba qozonishni istardi. Lekin o'yinni "Torino" yaxshiroq boshladi. Burchak zarbasidan so'ng to'p Nkuluga kelib tushdi va kamerunlik futbolchi darvozani aniq nishonga oldi. Keyingi hujumdayoq Zadza "buqalar" ustunligini ikkita golga oshirib qo'yishi mumkin edi, ammo SHHensny birga-bir vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. "Torino" raqibidan ko'ra keskinroq o'ynardi, "Yuventus" esa ha deganda xavfli vaziyat yarata olmasdi. Uchrashuvning dastlabki qismida Dibalaning uncha kuchli bo'lmagan, qo'shimchasiga, to'p to'g'ri Siriguning qo'liga etib borgan zarbasinigina yodga olishimiz mumkin. 

Ikkinchi taymda esa "Yuventus" raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Kuadrado jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, ammo hakam Bonuchchi darvozabonga halaqit qildi deb hisobladi, himoyachi esa o'yindan tashqari holatda turgandi. Ushbu gol Pirlo shogirdlariga ishonch bag'ishladi va ular navbatdagi burchak zarbasini nostandart usulda amalga oshirishdi va Kuadrado to'pni havodan Makkeniga etkazdi, AQSH termasi vakili esa hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Yuventus" "qon isini sezgan yirtqichdek" hujum qilishda davom etdi. SHu o'rinda "keksa sinora" kutilmagan harakatlardan ko'ra, sodda to'p oshirishlari va qanotdan havolatib etkazilidigan uzatmalardan foydalanardi. Bu esa o'z navbatida ish berdi. Kuadrado ijrosidagi navbatdagi uzatma Bonuchchi boshini "topdi". "Yuventus" irodali g'alabani qo'lga kiritdi, lekin "byankonerilar" o'yini borasida savollar bisyor. SHunga o'xshash vaziyat "Torino"da ham desa bo'zladi, jamoa ikkinchi bo'limlarni juda sust o'tkazmoqda va muhimi, bu annaga aylanib qolmoqda.

"Napoli" "Krotone"ga imkon qoldirmadi

Gattuzo jamoasiga bu turda oson bo'lmasligi o'yin startigacha aniq edi. Evropa Ligasi uchrashuvidan keyingi charchoq etmagandek, bellashuvdan avval yog'gan kuchli yomg'ir maydon holatiga tasir o'tkazmay qolmadi. Natijada, jamoalar ancha vaqtgacha futbol o'ynashning o'rniga noqulay sharoitda o'zaro bellashishdi. Mezbonlar safida Andrea Petanyani alohida etirof etish mumkin, biroq forvard har safar gol urishiga nimadir etishmasdi. Keyin kutilmaganda Insine "fishkasi" ish berdi. "Napoli" sardori to'pni qabul qilib, markazga qarab yurdi va to'pga darvozabon eta olmaydigan qilib yo'nalish bera oldi. "Krotone" darhol hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi, lekin Ospina qiyinchilik bilan bo'lsada, Molinaning zarbasini qaytardi. 

Ikkinchi bo'limda maydon biroz o'ziga keldi va "Napoli"ning hujumlariga tezlik qo'shildi. Qo'shimchasiga Petrichchione maydondan chetlatildi va mezbonlarning ishini osonlashtirib berdi. Insine jarima maydoni ichida Lozano bir o'zi qolganini ko'rdi va meksikalik futbolchi imkoniyatidan unumli foydalandi. O'yin taqdiri hal bo'lganini deyarli barcha tushunib bo'lgandi. Biroq "Napoli" to'xtay demasdi. Lozano qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Mertensga etkazdi, u qulayroq vaziyatdagi Demmega imkon yaratdi va yarim himoyachi hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Mertens shu kuni o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. O'yin oxirida u Petanyaga ajoyib pas berdi va Andrea mehnatiga yarasha "haqqini" oldi. "Napoli" uchinchi o'rnini saqlab turibdi va "Inter"ni qo'yib yubormayapti. "Krotone"ning vaziyati esa hamon o'ta achinarli. 

"Lacio" "Speciya"ni engdi



"Burgutlar" o'tgan turda "Udineze"ga mag'lub bo'lgan, qo'shimchasiga Evropa CHempionlar Ligasida ham ishlar maqtanishga arzigulik darajada emas. Navbatdagi raqib esa "Speciya". Aynan shu jamoa o'yinni faolroq boshladi va "Lacio" darvozabonini bir necha bor "tekshirib" ko'rdi. Biroq keyin futbolchilar mahoratidagi farq o'z so'zini aytdi. Sergey Milinkovich-Savich Immobilega to'pni aniq etkazdi, CHiro esa himoyachilardan qochib ketib, to'pni darvozabonning yonidan tashlab qo'ydi. Umuman olganda, "Speciya" ham futbol o'ynash uchun maydonga tushganini ko'rsatib qo'yishga urinardi. Farias ajoyib reyd uyushtirdi, biroq oxirgi zarbadan keyin to'p ustunga tegdi. "Burgutlar" muhim pallada ikkinchi golni urib olishdi, Milinkovich-Savich jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. "Speciya" tanaffusga qadar raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, biroq omad mezbonlardan yuz o'girdi. Nzola yaqin masofada Reynani alday bilmadi.

Tanaffusdan so'ng "Speciya" hujum qilishga urininshlarini to'xtatmadi va niyatiga etdi. Nzola jarima maydoni burchagida raqibini aldamchi harakatlar bilan dog'da qoldirdi va kuchli zarb bilan to'pni olis burchakka yo'lladi. Ushbu gol jamoaga umid bag'ishladi va ular yanada katta kuch bilan oldinga tashlanishdi, biroq bu safar "Lacio" avvalgi o'yindagidan yaxshiroq himoyalana oldi. Bundan tashqari "Lacio" vakili Andres Pereyra gol urishga ham erishdi, lekin ofsayd sabab ushbu gol inobatga olinmadi. "Speciya" yaxshi o'yin ko'rsatib, oxirigacha kurashgan bo'lsada, mehmonlar uch ochkoga ega bo'lishdi. 

"Milan" Ibrasiz ham bo'shashmayapti


 

O'yin starti genuyaliklar ustunligida o'tdi. "Sampdoriya" agressiv futbol namoyish qilar va hujumlarni zarba bilan yakunlashga urinardi. "Milan" esa kam sonli hujumlaridan birida golga juda yaqin keldi. Tonelli Rebich bilan kurashda bo'sh qolgan darvozaga ketayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bo'lim shu tariqa golsiz yakunlanishi hech gap emasdi, agar... Yankto jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynamaganda. To'p oldiga Kessie yaqinlashdi va penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. "Milan" raqibini xatolarini kechirmasligini ko'rsatib qo'ydi. 

Ikkinchi taymda Tonalli gol urishi mumkin edi, lekin to'p uning zarbasidan keyin darvoza ustuniga tegib qaytdi. O'yin tobora keskinlashardi, ammo kutilmaganda yana mezbonlar qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. "Sampdoriya" himoyachisi jarima maydonchasi ichida yiqilib tushgach, Rebich vaziyatga to'g'ri baho berib, o'rtaroqdan darvozaga yaqinlashib kelayotgan Kastilexoga to'pni uzatdi va Samu oradagi farqni oshirdi. 

Qolgan vaqt davomida 2 ta to'p farqni yo'qqa chiqarish deyarli imkonsiz edi, lekin "Sampdoriya" taslim bo'lmadi. Edkal qator rikoshetlardan keyin to'pni darvozaga yo'llay oldi. Uning o'zi o'yinning oxirgi soniyalarida boshi bilan gol urib, mo'jiza yaratishi mumkin edi, ammo aniqlik etishmadi. "Milan" og'ir g'alabani qo'lga kiritdi va etakchilikni saqlab qoldi. Qoyil, Stefano Pioli va uning jamoasi A Seriyada qatorasiga 22 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti.

SHuningdek: "Jenoa" "Fiorentina" bilan bahsning so'nggi daqiqalarida g'alabani qo'ldan chiqardi, "Roma" va "Sassuolo" durangga rozi, "Parma" - "Benevento" o'yinida hisob ochilmadi


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика