So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

A PRO-Liga. “Neftchi” so'nggi daqiqada gol o'tkazdi va “Oqtepa”ga mag'lub bo'ldi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-Liga. “Neftchi” so'nggi daqiqada gol o'tkazdi va “Oqtepa”ga mag'lub bo'ldi (batafsil sharh)

Pro-Liga "A" guruhi 5-turida “Neftchi” o'z maydonida “Oqtepa”ni qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoa vakillariringing faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim 6-daqiqasida mezbonlar jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Bu vaziyatda Islombek Karimovning jarimadan yo'llagan zarbasi “jonli devor”ga tegib qaytdi. 18-daqiqaga kelib mehonlar xavfli jarima zarbasini amalga oshirishdi, jarimadan yo'llaganga zarbani “Neftchi” posboni Muzaffar Abdullaev qiyinchilik bilan qaytardi, qaytgan to'pga mehmonlar futbolchisi zarba berdi, bir oz noaniq. Birinchi bo'limda har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limni “Neftchi” vakillari faol hujumlar bilan boshladilar. 46-daqiqadayoq hisob ochilishi mumkin edi,bu vaziyatda mehmonlar jarima maydoni ichida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun “Neftchi”ning 7-raqamli futbolchisi Islombek Toshpo'latovda qulay imkoniyat yuzaga keldi, lekin uning zarbasini mehmonlar posboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. SHu kuni vvalig uchrashuvlarda jarima zarbalaridan gol kiritib kelayotgan Islombek Karimovning bir necha bor yo'llagan zarbalariga aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan so'ngi daqiqalar o'tib borayotgan pallada zahiradan o'yinga qo'shilgan mehmonlar vakili Irisdavlat Hakimovning zarbasidan so'ng “Neftchi” posboni Muzaffar Abdullaev o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 0:1. Uchrashuv shu tariqa mehmonlarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

PRO-liga. "A" guruhi.
5-tur
“Neftchi”-“Oqtepa” 0:1 (0:0)
Gol:
Muzaffar Abdullaev avtogol 90+3 (0:1)
Hakamlar: I.Ismoilov, R.Fozilov,M.Nexochin, SH.Azamov
Nazoratchi: R.Aytekov.
Komissar: O.Yunusov.
"Neftchi": 12. Muzaffar Abdullaev, 3. Davron Mamatov, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islombek Toshpo'latov, 10. Xurshid Asqaraliev, 11. Xamidullo Abduxamidov, 13. Jamshid Qobulov, 15.Mirjalol Nematov, 18.Davron Isoqov, 20. Dilyor Irmatov, 77. Islombek Karimov.
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 8. Doston Abdurahmonov, 9. Nosirbek Otaqo'ziev, 14. Abdujalil Manazarov, 16. Xurshid Muxammadov, 17. Ilxom Vaxobov, 19. Alisher Abduvoxidov, 23. SHaxzodbek Usmonov
“Oqtepa”: 1.Rustam Dadaboev, 2.Alisher Samatov, 3.Alisher Mirzaev, 5.SHaxboz Tadjiev, 9.Mirzoxid Mirsaidov, 10. Saidjamol Davlatjonov , 17. Saveliy Abramov, 19.Oybek Mirzoxidov, 21.Orifxo'ja Abduxoliqov, 28.Iskandar Siddiqjonov, 97. Jamshid Yusupov.
Zaxira: 1.Akrom Xojatev, 7.SHerzod Qodirov, 11. Irisdavlat Xakimov, 24.Xamidxon Rustamxonov, 71.Dilmurod Qodirov, 77. Bilolxon Toshmirzaev

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика