So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

A PRO-Liga. Ikkita penalti, bitta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Istiqlol" mag'lub bo'ldi Yangiliklar

A PRO-Liga. Ikkita penalti, bitta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Istiqlol" mag'lub bo'ldi

A PRO-Liganing 13-turida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi o'z maydonida "Oq-tepa"ni qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoa vakillarining faol harakatlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq hujumga o'tgan mezbonlar 7-daqiqadayoq qarshi hujumda gol bilan jazolanishdi. Bu vaziyatda himoyachilar taqibidan qochib ketgan mehmonlar futbolchisi Pavel Purishkin "Istiqlol" darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, to'p himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va mezbonlar darvozasidan joy oldi - 0:1. Oradan ko'p o'tmay uchrashuvda hisob tenglashdi. 17-daqiqada mehmonlar o'z jarima maydonlari ichida Elyor Mamasolievga nisbatan qo'pollik ishlatishdi va uchrashuvni boshqarib borayotgan hakam 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Belgilangan penaltini "Istiqlol" jamoasining tajribali futbolchisi Abduxoliq Qurbonov kuchli zarba bilan golga aylantirdi - 1:1. Birinchi bo'lim 38-daqiqasida raqib himoyachilari yo'q qo'ygan xatodan unumli foydalangan xolda “Istiqlol"ning yosh futbolchisi Bobur Ergashev mehmonlar darvozasini ishg'ol etdi - 2:1. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limni mezbon jamoa vakillari faol boshladilar. O'z navbatida "Istiqlol" jamoasining ketma-ket hujumlariga "Oq-tepa" vakillari qarshi hujum bilan javob berib, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdilar. 75-daqiqada bosh hakam uchrashuvda ikkinchi bor penalti belgiladi, bu safar mehmonlar foydasiga. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Oripxo'ja Abduxoliqov zarbada adashmadi - 2:2. Uchrashuv yakunlanib borayotgan pallada bosh hakam "Istiqlol" jamoasi sardori Timur Sultonovga qizil kartochks ko'rsatdi. Maydonda 10 kishi bo'lib qolishganiga qaramay, uchrashuvda g'alaba qozonish uchun ketma-ket hujum tashkil etgan mezbonlardan ko'plab vaziyatlarda omad yuz o'girdi. Aksincha hakam tomonidan qo'shib berilgan so'ngi daqiqada "Oq-tepa" futbolchisi Jamshid Yusupov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, mezbonlar darvozasiga gol kiritdi - 2:3. Uchrashuv shu tariqa "Oq-tepa" jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.

A PRO-Liga. 13-tur.

"Istiqlol" - "Oq-tepa" 2:3 (2:1)

Hakamlar:
R. Lutfullin, A. Abdullaev, K. Bahodirov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Gollar: Pavel Purishkin 6 (0:1), Abduxoliq Qurbonov 17-pen. (1:1), Bobur Ergashev 38 (2:1), Oripxo'ja Abduxoliqov 75-pen. (2:2), Jamshid Yusupov 90+3, (2:3)

"Istiqlol": 1. Rustam Nartadjiev,3. Farruh Ibrohimov, 4. Jasur Ermamatov, 5. Abduholiq Qurbonov, 10. Elyor Akbarov,13. Timur Sultonov, 14.Rustam Abduhamidov, 21. Elyor Mamasoliev,22. Sardor Telyakov, 70. Bobur Ergashev,99. Temur Mamatmuradov
Zaxira: 45. Nodir Ashurmatov, 7. Riza Ayvazov, 18. SHohruh Boyqo'ziev, 19. Fayzullo Jumanqo'ziev, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 30. Eldor Ergashev, 44. Sergey Prohorov, 71. SHohruh Mo'minqulov, 78. Umar Adhamzoda

"Oq-tepa": 1. Akrom Xodjaev, 4. Javohir Omonov, 5. Davron Qoraboev, 7. SHerzod Qodirov, 8. Muzaffar Abdullaev, 10. Islom Ismoilov, 20. Pavel Purishkin, 24. Xamidxon Rustamxonov, 28. Abdulaziz Nishonboev, 91. Maqsudxon Maxmudov, 97. Jamshid Yusupov.
Zaxira: 12. Malik-Abdulaziz Burxonov, 14. Abdumalik Maxkamboev, 17. Saveliy Abramov, 19. Oybek Mirzoxidov, 21. Oripxo'ja Abduxoliqov

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика