So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

A LIGA. "Orient Motors" - chempion! Yangiliklar

A LIGA. "Orient Motors" - chempion!

Bugun, 18 iyul kuni Avtoritet Group kompaniyasi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan A LIGA musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Avtoritet Group kompaniyasida 1000dan ortiq xodimlar faoliyat olib borishadi. Xodimlarning sog'lom turmush tarziga rioya qilishlari uchun rahbariyat futbol bo'yicha maxsus musobaqa tashkil etdi. Musobaqada 16ta jamoa dastlab guruh bosqichida ishtirok etishdi, so'ngra pley-off orqali kuchli to'rt jamoani aniqlashdi.

Finaldan oldin odatga ko'ra uchinchi o'rin uchun bahs o'tkazildi. Unda TDT Gold va HLC Customs Team jamoalari to'qnash kelishdi. Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida TDT Gold jamoasining qo'li baland keldi - 3:2. Takidlash lozimki, uchrashuvning birinchi taymida TDT Gold 0:3 hisobida ortda qolayotgan edi.

Finalda Orient Motors va Full Magistral jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushishdi. Raqibdan anchagina ustunligini namoyish etgan Orient Motors musobaqa chempioni bo'ldi!

Tashkilotchilar 4-o'rinni egallagan HLC Customs Team jamoasi azolarining har biriga changyutgich, 3-o'rin sohibi TDT Gold futbolchilariga mikroto'lqinli pech va 2-o'rin egasi bo'lgan Full Magistral jamoasi azolariga televizor topshirildi. CHempionlikka erishgan Orient Motors jamoasi azolariga esa Dubay shahriga bepul tur sayyohat imkoniyati yaratib berildi.

Bundan tashqari musobaqani tashkil etishda fidoyilik ko'rsatgan xodimlar ham taqdirlandi. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi to'purari aniqlandi hamda ularning har biriga ham Dubayga bepul tur sayyohat yo'llanmasi sovg'a qilindi.

Tashkilotchilar ushbu musobaqani ananaviy tarzda o'tkazish borasida kelishib olishdi.

3-o'rin uchun bahs
TDT Gold - HLC Customs Team 4:4 (penaltilar seriyasi 3:2)

Final

Orient Motors - Full Magistral 8:3





Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика