"90-yillar futboli": Terri Anri
17 avg 2015 12:59
Yangiliklar
Terri Daniel Anri 1977 yilning 17 avgustida Franciyaning Les Ulis shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida "Monako", "Yuventus", "Arsenal", "Barselona", "Nyu York Red Bulls" kabi klublarida o'ynagan.
Franciya milliy terma jamoasida 123ta o'yin o'tkazib 51ta gol urgan.
Erishgan yutuqlari:
Jamoaviy - 1998 yil Jahon chempioni, 2006 yil Jahon vice chempioni, 2003 yil FIFA Konfederaciyalari kubogi sohibi, Franciya chempioni, ikki karra Angliya chempioni, uch karra Angliya kubogi sohibi, ikki karra Angliya Superkubogi sohibi, ikki karra Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibi, UEFA CHempionlar ligasi g'olibi, Evropa Superkubogi sohibi, Klublar o'rtasidagi Jahon chempioni.
SHaxsiy - ikki marta APLda yil futbolchisi, to'rt marta APLda mavsum to'purari, ikki marta Evropada oltin butsa sohibi, besh marta Franciyada yil futbolchisi.
Suratda Anri 2003-2004 yilgi mavsumda Angliya premer ligasining eng yaxshi futbolchisi va to'purari uchun sovrinni qabul qilib olmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar