So’nggi yangiliklar

12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  7 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  13 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1

9 yoshida "Arsenal"ga kelgan hamda 15 yoshida APLning eng yosh yulduzi bo'lgan Nvaneri bilan tanishing Yangiliklar

9 yoshida "Arsenal"ga kelgan hamda 15 yoshida APLning eng yosh yulduzi bo'lgan Nvaneri bilan tanishing

Teglar :  Itan NvaneriArsenal
"Gtech Community Stadium"da "Arsenal" "Brentford" ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonayotganda, bosh murabbiy Mikel Arteta mo'jizakor bola Itan Nvaneriga qaradi va bosh irg'ab, uni yoniga chaqirdi.

Bu shanba kungi mashg'ulotlardan so'ng yigitcha uchun ajoyib mukofot bo'ldi, chunki iqtidorli yarim himoyachi 91-daqiqada debyut qildi.

U maydon chiqayotganida, Arteta uning qulog'iga pichirladi: "Tabriklayman, bunday lahzadan zavq ol".

Maydonga qadam bosganda, 15 yoshu 181 kunlik bo'lgan yigitcha Premer-ligada o'ynagan eng yosh o'yinchi Xarvi Elliotning rekordini yangiladi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan "Arsenal"ning sodiq muxlislar mezbon jamoa ishqibozlarining "yarasiga tuz sepishdi", ular brentfordliklar muxlislar tomon quvnoq kayfiyatda hayqirishdi: "Qanday bedodlik, u atigi 15 yoshda va ertalab maktabga borishi kerak".

Akademiya yulduzi

O'tgan yil Nvaneri 14 yoshida "Arsenal"ning U18 jamoasida debyut qildi va ajoyib gol urdi.

2007 yilda tug'ilgan bu bolakay "Emireyts" stadioni ochilganidan bir yil o'tib, yorug' dunyoga kelgan.

U hali boshlang'ich maktabda o'qib yurganida, yani to'qqiz yoshida "Arsenal"ga qo'shilgan.

SHu oyning boshida u U21 tarkibida "Blekbern"ga qarshi debyut qildi va gol urdi.

Avgust oyida ham u Angliya U17 terma jamoasida zaxiradan maydonga tushdi. Ajablanarli joyi yo'q, u yana gol urdi.

Bu esa uning asosiy jamoa murabbiylar shtabi etiborini qozonishga olib keldi.

"So'nggi bir-ikki yil ichida akademiya murabbiylari biz etibor berishimiz kerak bo'lgan istedodlar borligini aytishdi", dedi Arteta.  Biz nimagadir erishishimiz pog'onasida kerak bo'ladigan eng yaxshi yo'l - futbol yoshga bog'liq emasligi haqida tushuncha bera olishimizdir, chunki yosh yomon o'yinchidan yaxshi o'yinchini ajratolmaydi. Unga nazar solganimda, uning o'ziga xos nimasidir borligini his qildim".

Jarohatlar Artetani shunga majbur qildi

Asosiy jamoa futbolchilari, jumladan, Martin Edegor, Muhammad El-Neni, Aleksandr Zinchenko va Emil Smit Rouning jarohatlari Arteta tomonidan Nvanerini zaxira ro'yxatiga kiritishga majbur qildi.

Arteta o'yindan so'ng shunday dedi: “Nvaneri biz bilan bir necha bor mashg'ulot o'tkazdi va shanba kuni agarda imkoniyat paydo bo'lsa, uni maydonga tushirish fikri tug'ildi. Menimcha, bu bizning klub sifatida qay darajada ekanligimizdan dalolat beradi. Men unga safimizda bo'lishi kerakni aytdim hamda tayyor turishi lozimligini uqtirdim. U tayyor edi".

Qiziq tomoni, Nvaneri yoshi tufayli asosiy jamoadan uzoqda joylashgan xonada kiyim almashtirishga majbur bo'lgan.

Hakamning final hushtagi yangragach, darvozabon Aaron Remsdeyl Nvanerini ajoyib taasurotlarga ega bo'lishi uchun mehmon jamoa muxislari o'tirgan sektor tomon etakladi.

Nvanerining "Arsenal"dagi faoliyati davomida unga hali ko'plab olqishlar yo'llanishi shubhasiz.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика