So’nggi yangiliklar

10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  2 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  9 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  5

9 yil avval Azar tepgan "bolboy"ni eslaysizmi? Hozir uning ishlari Edennikidan ancha yaxshi Yangiliklar

9 yil avval Azar tepgan "bolboy"ni eslaysizmi? Hozir uning ishlari Edennikidan ancha yaxshi

Maqsadga hamma har xil yo'ldan boradi.

2013 yil 23 yanvar sanasida "Suonsi" Angliya liga kubogi yarim finalida "CHelsi"ni mag'lubiyatga uchratdi va tarixda ilk bor milliy kubok finaliga yo'l oldi, ammo OAV va jamoatchilik etibori butkul boshqa tomonda edi. 

Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida to'p maydonni tark etadi va tezroq o'yinni davom ettirish uchun Azar uni "bolboy"dan , 17 yoshli CHarli Morgandan olib qo'yishga urinadi – natijada uning "biqiniga" oyoqda zarba beradi. Bir necha soniya o'tib, hakam Kris Foy bu harakati uchun Azarga qizil kartochka ko'rsatadi. Keyinroq 3 o'yinlik diskvalifikaciya ham beriladi.


O'yindan keyin CHarli otasi bilan intervyu berib, Azarga hech qanday etirozi yo'qligini aytadi. Belgiyalikning o'zi ham o'yin tugagach, bolakay bilan gaplashib olgani va barchasi joyidaligini aytadi.

"Men bolakayni emas, to'pni tepdim deb o'ylagandim. Kechirim so'rayman. U bizning kiyinish xonamizga keldi va suhbatlashib oldik. Men kechirim so'radim, bolakay ham kechirim so'radi, shu bilan barchasi tugadi", – dedi Eden klub TVsiga bergan intervyusida.

Bir necha soatda CHarli tvitteriga 100 000 dan ortiq yangi obunachi qo'shildi – o'smir bir necha soatlar ichida mashhur odamga aylandi.

CHarli hozir nima bilan shug'ullanayapti? Azar Madridda o'zini topa olmay, faoliyatini qaysi klubda qayta tiklashni o'ylayotgan bir paytda, CHarli do'sti Jekson Kuinn bilan premium-spirtli ichimlik brendini yo'lga qo'ydi. Ularning mahsuloti oltin rangli butilkalarda chiqariladi.

"Biz britan ananalarini va zo'r ingredientlarni uyg'unlashtirishni niyat qilganmiz. SHu yo'l bilangina ultra-premium darajadagi mahsulotni yaratish mumkin. Spirtli ichimlikni "firmenniy" butilkasi tufayli barcha tanib, ajratib oladi va u individual yondoshuvni xush ko'radiganlar uchun ataladi", – deyiladi kompaniya rasmiy saytida.

CHarli do'sti bilan biznesi gullab-yashnamoqda – ularning mahsulotini reklama qilganlardan biri afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer bo'ladi.

Biroz vaqt o'tib, ular yangi alkogol brendiga asos solishdi va 2020 yil davomida 1,7 mln dona ichimlik sotishga muvaffaq bo'lishdi – koronavirus pandemiyasi davri uchun ajoyib natija. Natijada taxminan bir yil vaqt ichida Suonsidagi kichik bir ofisdan kompaniya Buyuk Britaniyadagi premium-alkogol brendiga aylandi.

Aslini olganda CHarli odatiy o'smir yigit emas edi. Uning otasi Martin Morgan – mehmonxonalar tarmog'i egasi hisoblanib, uning mulki o'nlab million funt deb baholanmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика