So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

9 may kuni “Gol” ko'rsatuvi vaqtida Liga kubogi musobaqasiga qura tashlanadi Yangiliklar

9 may kuni “Gol” ko'rsatuvi vaqtida Liga kubogi musobaqasiga qura tashlanadi

2019 yilgi mavsumdan boshlab O'zPFL licenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o'rtasida O'zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Taqvimda mazkur musobaqa o'yinlari uchun alohida kunlar belgilangan.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mashal” hamda “SHo'rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O'zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan licenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O'zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan jamoada Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. SHunday ekan, licenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo'l qo'yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qaysi maydonlarda o'tishini qura jarayoni aniqlab beradi. Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so'ngida final o'yini. Guruh bosqichi 31 may sanasida start oladi.

O'zbekiston kubogida bo'lgani kabi, Liga kubogi uchun qura marosimi ham jonli namoyish etiladi.

Qura tashlash marosimi payshanba kuni soat 19:00da Sport telekanali orqali efirga uzatiladigan “Gol” ko'rsatuvi vaqtida bo'lib o'tadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика