So’nggi yangiliklar

13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  0 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  14 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  0 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  4 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  9 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  6 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  6 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10

8ta gol urilgan o'yinda "Lester" MYUni mag'lub etdi Yangiliklar

8ta gol urilgan o'yinda "Lester" MYUni mag'lub etdi

APL 5-turidan o'rin olgan "Lester" – "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Lester – Manchester Yunayted  5:3
21 sentyabr, 17.30, Uokers
Gollar:
Van Persi 12, - 0:1(Falkao), Di Mariya 15, - 0:2 (Runi), Uloa 16, - 1:2. Ander Errera 57, - 1:3 (Di Mariya). Nyujent 63 penalti, - 2:3 (Vardi). Kambyasso 64, - 3:3 (Vardi). Vardi 78, - 4:3 (de Laet). Uloa 84 penalti, - 5:3 (Vardi). 
Lester
K. SHmeyxel, Mur, Morgan, de Lat, Koncheski, Xemmond, Drinkuoter, Kambyasso (King, 71), Vardi (SHlyupp, 85), Uloa, Nyujent (Jeyms, 75).
Manchester Yunayted
De Xea, Blind, Blekkett, J. Evans (Smolling, 30), Roxo, Rafael, Errera, Di Mariya (Mata, 76), Falkao (Yanuzay, 72), van Persi, Runi.
Ogohlantirishlar:
DeLaet 32
CHetlatish:
Blekkett 82 


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

O'YIN TUGADI, "Lester" o'z maydonida "Manchester Yunayted" ustidan 5:3 hisobida zafar quchdi.

90+4.
Bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan MYU hujumga o'tmoqda, biroq deyarli xavfli vaziyat yo'q...

90+2.
Stadion tinmay qarsak chalmoqda, "Lester" futbolchilari bunga to'la loyiqlar!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. Yana 6 daqiqa futbol ko'ramiz

87.
SHlyupp hozir qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, sheriklaridan to'pni qizg'anib o'zi ham zarba bera olmadi

85. O'zgarish. "Lester".
Bugungi o'yinning haqiqiy qahramoni Vardi maydonni tark etdi, uni o'rniga SHlyupp tushdi

84. Belgilangan penaltini argentinalik to'purar aniq amalga oshirdi - 5:3, yana stadionda sakrashlar, yana kameralar titramoqda

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ULOAAAAAA! 5:3. FANTASTIKA!

82. CHETLATISHSH! Blekkett!! Vardini o'z jarima maydoni ichida yiqitgani uchun va penalti ham bor

80.
Stadiondagi kameralar qimirlamoqda, sababi muxlislar o'rnilarida sakrashmoqda... Xuddi er qimirlayotgandek taassurot qoldirmoqda kameralar

78. "Lester"ning tezkor qarshi hujumi... o'ng qanotdan oshirilgan to'pni yolg'iz qolgan Vardi egallab olib darvozani ishg'ol qildi - 4:3.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dahshat! Super! Vardiiiiiiiii! 4:3.

76. Xavfli vaziyayayayayayayayayat! Kingning zarbasi noaniq chiqdi.

76. O'zgarish. MYU.
Di Mariya o'rniga Mata tushdi

75. O'zgarish. "Lester". 
Nyujent o'rniga Jeyms tushdi

73.
Ander Erreraning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi kuchli lekin shu bilan birga noaniq chiqdi

73.
Ikkala jamoada o'zgarish sodir bo'ldi, bu qanday foyda berarkin?

72. O'zgarish. MYU.
Falkao o'rniga Yanuzay tushdi

71. O'zgarish. "Lester".
Kambyasso o'rniga King tushdi

69.
"Lester" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, MYUning deyarli barcha futbolchilari jarima maydoni ichida va uning yonida!

68.
To'p bilan muomala qilish foiz hisobida 34:66 mehmonlar oldinda, hisob esa teng

68.
Falkaoooo, markazda to'pni van Persiga uzatishga uringanida kutilmaganda yiqilib tushdi...

67.
Bahs davom etadi, aniqrog'i barchasi boshidan boshlanadi. Kuzatishda davom etamiz.

65. MYU futbolchilari g'alaba qozonib bo'ldik deb o'ylashdi chog'i, himoyaga o'tib olishdi. "Tulkilar" esa hujum qilishda davom etishdi. Drinkuoterning zarbasini Vardi to'xatib qoldi, uni esa Kambyasso darvozaga yo'lladi - 3:3.

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lala alalala) Mana sizlarga o'yin. Esteban Kambyassssooo! 3:3!

64. Belgilangan penaltini David Nyujent aniq amalga oshirdi - 2:3.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nyujent! 2:3  Gollar shousi davom etadi)

62.
Rafael jarima maydoni ichida Vardini qo'li bilan turtib yubordi. Undan oldinroq Vardi Rafaelni yiqitgandi.

60. Endi "Lester" "bosmoqda"... Vardi penalti ishladi!

59.
Van Persi! Sal qolsa birga bir vaziyatga chiqib ketardi, ammo to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi

58. Ajoyib gol! Di Mariyaning darvozaga yo'llagan zarbasini Ander Errera tovoni bilan yo'nalishini o'zgartirib gol urdi, SHmeyxel qiyin ahvolda qoldi - 1:3.

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ander Errera! 1:3

55.
Rafaelning uzatgan to'pini SHmeyxel "o'ziniki" qildi

52.
Vardi tomon to'p uzatildi, ammo hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan

51.
De Laet Di Mariyani qo'lidan ushlab, iltimos qilib yiqitdi. Runining jarima zarbasi o'xshamadi

50.
MYU to'pni o'z nazoratiga olmoqda... hujumlar va kombinaciyalar ko'paymoqda

49. FALKAAAAAAAAAAOOOOOOOOOO! Ajoyib zarba! Lekin to'p to'singa tegib qaytdi. Jicha qoldi, gol bo'lishiga)

48.
Runiiiiii! To'pni jarima maydoniga uzatdi, biroq bu zarbaga aylanib ketdi va to'p darvoza ustidan o'tib ketdi

47.
"Tulkilar" o'z muxlislari qarshisida nomdor raqiblaridan hayiqmay o'ynashmoqda. Ayniqsa sochini sariqqa bo'yab olgan Vardi ancha faol

46. Ikkinchi bo'limni ham boshlab oldik!


45+2. Dastlabki bo'lim tugadi. 15 daqiqa dam olib yana o'yinni kuzatishda davom etamiz

45+1.
Leonardo Uloa "Lester"ning haqiqiy to'purari! Sababi klub bu mavsum bugungi bilan qo'shsak 5ta gol urdi, Uloa hisobida "atiga" 4ta gol bor!

45. Hakam birinchi bo'limga yana ikki daqiqa qo'shib berdi

44.
Navbat MYUga, Di Mariyaning "sehrli" chap oyog'i bilan uzatilgan to'pga Falkao boshi bilan zarba bera olmadi!

43.
Mezbonlar tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqib ketishmoqchi, hujumlar xavfli chiqmoqda

42. Xavfli vaziyat!
"Lester" vakili Vardi tezkor ravishda oldinga o'tdi, ammo Blekkett bor ekan unga "non" yo'q

40.
MYU burchak to'piga ega bo'ldi, Runining oshirgan to'pini Van Persi to'pni orqaroqqa tashladi Di Mariyaning zarbasi noaniq ketdi

37.
"Lester" bosh murabbiyi Nayjel Pirson o'tgan mavsum diskvalifikaciya qilinganidan so'ng zaxira o'rindig'i emas tribunadan turib o'yinlarni kuzatish kerakligini tushunib etgan ekan. Hozir ham u yuqorida o'tiribdi...

36. Tajribali Pol Koncheski chap qanotdan bot bot hujumga o'tib turibdi.

34.
MYUning uzoooq davom etgan hujumini ko'rdik, Di Mariya, Falkao, Runi, Errera... oxiri Markos Roxo 30 metrlardan zarba berdi, to'p yuqoridan o'tib ketdi

33.
Markos Roxodan xato, Drinkuoterning zarbasi noaniq chiqdi

32. Ogohlantirish.
"Lester". De Laet

30.
Ha o'zgarish, Evans o'rniga Smolling tushdi

29.
Jonni Evans uchun o'yin tugadimi? U shifokorlar yordamida maydonni tark etdi

28.
Blekkett o'z qanotida Vardi bilan bir necha bor to'qnash keldi, kurash anchagina jiddiy tus olmoqda

27.
MYU burchak to'piga ega bo'ldi. Falkaoning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni havodan Blind darvozaga yo'lladi! Aniq zarbadan so'ng to'pni SHmeyxel egallab oldi

23.
Di Mariya jarima to'pi ishlab oldi. Runi va Di Mariya avvaldan o'ylab qo'yilgan zarbani amalga oshirishdi, noaniq

19. Xavfli vaziyat!
Van Persining zarbasi noaniq ketdi, undan oldin u o'yindan tashqari holatga tushib qolgan ekan.

17. O'ng qanotdan Vardi to'pni jarima maydoniga uzatdi, Uloa esa boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2.

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Uloa 1:2! Yomonam o'yin bo'layaptimi?

16. Ajoyib va g'aroyib gol! Runidan to'pni qabul qilib olgan Di Mariya jarima maydoni chizig'i ustidan to'pni ohistagina darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi, chiroyli gol! - 0:2

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Diii Mariyayayayayaya!

15.
"Lester" o'z maydonida himoyada o'ynashni istamayapti, hujumlar ketidan hujumlar...MYU safida Blekkett faol o'ynamoqda

13. CHap qanotdan Falkao havolatib to'pni jarima maydoniga oshirdi, Robin Van Persi esa yaqin masofadan boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ya qoldi - 0:1.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Van Persi!


12. Falkaoning qanotdan uzatgan to'pini van Persi to'xtata olmadi

10. Xavfli vaziyat!!!! Di Mariyaning ajoyib pasidan so'ng van Persi to'pni darvozaga yo'lladi, SHmeyxel o'z o'rnida!

8. O'yin teng kechmoqda

5. Yana "Lester"ning hujumi! Markazdagi xatodan so'ng tezkor hujum tashkil etildi. Biroq Uloa raqib jarima maydoni ichida to'pni yo'qotib qo'ydi...

4. Xavfli vaziyat! Nyujetning o'ng qanotdan oshirilgan to'pni Uloa boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. Burchak to'pidan so'ng Drinkuoter ham noaniq zarba berdi!

4. "Inter" muxlislari bormi? Kal boshli yarim himoyachini taniysizmi? Ha bu Esteban Kambyasso bu yildan boshlab u "Lester" sharafini himoya qila boshladi. Aynan uning jarima to'pi hozir umuman noaniq ketdi

3. Dastlabki hujum, Rafael o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Petr SHmeyxelning o'g'li Kasper to'pni egallab oldi

2. Etiborimni torgan jihat stadionga kelgan muxlislar jamoalar maydonga tushib kelishganidan buyon tinmayapti, baqirgani baqirgan...

O'YIN BOSHLANDI! Kettik!

- Ushbu mavsumda ikkala klub bir xil natija qayd etishgan: 1ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat.

- Lui Van Gal bugun Runi, Van Persi va Falkaoni asosiy tarkibda tushurdi. Xuan Mata zaxirada qoldi. Ko'ramiz bu qanday samara keltirar ekan...

- Bugun "Lester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted" klubini qabul qiladi. O'yinni sizlar bilan Narzulla Saydullaev kuzatib boradi. Zerikib qolmasak kerak) 

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Angliya premer ligasini kuzatishda davom etamiz.

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика