So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  41 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

"8+3". "Stanoevich va Karachik - O'zbekistondagi eng kuchli futbolchilar" (7-son) Yangiliklar

"8+3". "Stanoevich va Karachik - O'zbekistondagi eng kuchli futbolchilar" (7-son)

Teglar :  Laylo Tilovova"8+3"
"8+3" rukni davom etadi.

Bu galgi sonimizda "Sevinch" himoyachisi va O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Laylo Tilovova bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatgan eng kuchli futbolchi kim? 

- "Nasaf"da to'p surayotgan Marko Stanoevich. Sababi, u "Nasaf" yarim himoyasini to'liq nazorat qila oladigan, jarima to'plarini qoyilmaqom bajaradigan va tajribali o'yinchi. O'yinlarini kuzatganimda bu yaqqol ko'ringan.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol?

- Marko Stanoevichning jarimadan urgan barcha gollari bir-biridan chiroyli.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Men hakamlik darajasini ko'proq tanqid qilgan bo'lar edim. Bizga tajribali, xalqaro maydonda ishlay oladigan hakamlar kerak. Hozir bu darajada deb 2 kishini ayta olaman: Anna Sidorova va Edita Mirabidova. Yana 2-3 nafar yaxshi referilar bor, ular ham xalqaro tajriba olishsa yaxshi bo'lardi. Hakamlarni ko'paytirish kerak. Hakamlarning saviyasi oshishi ayollar futboli rivojlanishiga turtki bo'ladi. 

- Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- Ayollar  futboliga nisbatan qanday fikrda ekanligimni o'tgan suhbatimizda ham aytib o'tgan edim. Ayollar ham futbol o'ynashga haqli. Ayrim futbolchi qizlarimiz bor, hatto erkaklardan ham yaxshi o'ynaydi. SHuning uchun nafaqat men, balki boshqalar ham bunga to'g'ri qarashini xohlardim.  Ayollar futbolini kamsitmasdan, to'g'ri fikr yuritib, erkaklar futbolidagidek etibor berishsa, yaxshi bo'lar edi. Masalan, Daniya, Norvegiya, Amerika davlatlarida bir hil qarashadi. SHuning hisobiga ular oldinda. 

- O'zbekistondagi eng kuchli murabbiy kim?

- O'zbekistondagi eng kuchli murabbiylar sifatida Ro'ziqul Berdiev hamda Bahrom Norsafarovni ko'rsataman. Darvozabonlar murabbiylaridan: Denis Ivankov va Lena Vladimirovna.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- Ayollarning oxirgi, 2021 yilgi terma jamoasi bo'lsa kerak. Sababi, ilgarilari bir chiziqda raqobat qiladigan o'yinchilarni topish qiyin masala edi. Hozirgi kunda esa har bir poziciyada 2-3tadan futbolchi bor. Bu ham tarkibimizning shakllanganini bildiradi. SHuning uchun 2021 yil tarkibimiz oldingilariga qaraganda ancha kuchaydi deb hisoblayman.

- Superligadagi eng kuchli futbolchi?

- Superligada eng kuchli futbolchi - Marko Stanoevich. Ayollarda - Lyudmila Karachik. 

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- 4-3-3: Buffon, Dani Alvesh, van Deyk, Kellini, Alfonso Devis,  De Bryuyne, Kante, Pogba, Messi, Levandovski, Mbappe.

Murabbiy: Antonio Konte

- Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.

- Osiyo chempionatidagi final. Yoshlar terma jamoasi bilan ketma-ket 2 marta qita chempionatiga chiqqandik. Undan keyin  O'zbekiston Superkubogida "Metallurg" ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozonganimiz yorqin xotiraga aylangan. 

III O'zbekiston Superkubogi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 5:1 (2:1)

17.04.2017. “JAR” stadioni.

Gollar: Nilufar Qudratova, 40′-1:1, SHaxnoza Qurbanova, 60′-3:1,  Malika Burxanova, 44′-2:1, 61′-4:1, SHaxzoda Jamolova, 69′-5:1 – Feruza Turdiboeva (pen.), 3′-0:1.

- Yodda qolarli maqtov va tanqidni eslay olasizmi?

- Yodda qolarli maqtov U-16'da o'ynaganimda OFK o'yinimni tariflab, musobaqadagi eng kuchli darvozabon sifatida ko'rsatgan edi. 

Tanqidga keladigan bo'lsak, markaziy himoyada o'ynayotganim uchun ko'pchilik etiroz bildirdi. Darvozabonlikka qaytganing yaxshi, formadan chiqasan, mashg'ulotlarda qiynalib qolasan degan tanqidlar bo'lgan. Hozircha, bundan boshqa tanqid eshitmadim. 

- Hayotdagi eng katta yutug'ingiz qaysi?

 - Eng katta yutug'im - do'st topganim. Futbolda yaqin sirdoshim, ko'makdoshim, dugonam, eng yaqinim SHodiya Tosheva. Buning qatoriga yana terma damoada o'ynayotganim va Oliy o'quv yurtiga kirganimni ham qo'shishim mumkin. 

Terma jamoamizning himoyada o'ynaydigan darvozabonini bilasizmi?

Reyting: +26   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика