So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

8+3. Rauf Inileev, Ronaldu va Marat Bikmaev... Yangiliklar

8+3. Rauf Inileev, Ronaldu va Marat Bikmaev...

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Olamsport.com sayti muharriri, O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati rahbari Aziz To'xtamurodovning fikrlariga quloq tutdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

1. Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Bevosita kuzatganlarimdan Rivaldo. TV orqali tomosha qilgan futbolchilarimdan esa Ronaldu.

2. Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Xorijda Zidanning ECHL finalida "Bayer" darvozasiga chap oyoqda urgan goli. O'zbek futbolida esa Marat Bikmaevning Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli. 




3. Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? (masalan, xarakter yoki etibori bilan)

- Joze Mourino va Krishtianu Ronaldu.

4. O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Hozirgacha MTJda ishlaganlar ichida shaxsan men uchun Rauf Inileev. 

5. O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Javob berishga qiynalaman.

6. Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Moliyaviy resurslardan samarali foydalanilmasligi va saviyasiz legionerlar.

7. Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- Eslay olmayapman. Faoliyatim so'nggi paytlarda futbol emas, asosan boshqa sport turlari bilan bog'liq bo'lgani uchun futbol o'yinlariga emas, boshqa sport turlarini nisbatan ko'p kuzatyapman. 

8. O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

Darvozabon: Buffon

Himoyachilar: Serxio Ramos, Karles Puyol, Jon Terri, Dani Alvesh. 

Yarim himoyachilar: Kaka, Stiven Jerrard, Frenk Lempard, Devid Bekxem

Hujumchilar: Ronaldo (so'yloq), Dide Drogba.

9. Hayotdagi kumiringiz kim?

- Aniq bir insonni ko'rsata olmayman.

10. O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Ko'p hollarda "yo'q" deya olmasligim, ammo vaqt o'tgani sayin bu ham sekin-asta bartaraf etilishiga ishonaman) SHuningdek, katta auditoriya va kamera oldida o'zimni erkin tuta olmayman. Bu ham OAV xodimi uchun kamchilik hisoblanadi.

11. Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Umid qilamanki, hali bu voqea bo'lgani yo'q :)

8+3. SHavkat Nasibullaev — futbolimizdagi eng omadsiz odam

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика