So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

8-tur. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

8-tur. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday?

Bugun oliy liganing 8-turidan o'rin olgan 5ta o'yin bo'lib o'tadi.
Zomindagi sifatsiz maydonda o'ynash qiyinligini "Mashal" misolida ko'rdik. Bugun "So'g'diyona" yanada jiddiy sinovdan o'tadi. Davron Fayziev shogirdlari OCHL guruh bosqichida g'alaba qozona olmagan "Bunyodkor"ga qarshi o'ynashadi. Uchrashuvda kichik ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida.

So'g'diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent)
10 may 2015. Zomin. “Zomin” stadioni. 16:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Maradjabov (Andijon), Z. Abduraxmonov (Andijon), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Imkoniyatlar: 45:55

"Metallurg" istasa hech bir raqibga yutqazmasligi mumkin, Rustam Mirsodiqov kuchli va shakllangan jamoaga ega. Tarkib bir necha yillardan buyon o'zgarmayapti. Ularga qarshi OCHLdagi alamli mag'lubiyat tufayli guruhda qolib ketgan "Paxtakor" o'ynaydi. Samvel Babayan shogirdlari xalqaro maydondagi omadsizlik tasodif ekanini isbotlashga urinishadi. Biz imkoniyatlarni teng baholadik.



Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent)
10 may 2015. Bekobod. “Metallurg” stadioni. 17:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50

Oliy ligaga qaytgan "SHo'rtan" o'z uyida yaxshi o'ynamoqda. 3ta o'yinning ikkitasida g'alaba va bitta mag'lubiyat. "Olmaliq" esa musobaqa jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Bahsda ikkala jamoaning g'alabaga bo'lgan imkoniyati teng.

SHo'rtan (G'uzor) – Olmaliq (Olmaliq)
10 may 2015. G'uzor. “G'uzor” stadioni. 17:30
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50



O'tgan yil o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub eta olgan "Navbahor" bu yil ham o'sha natijani takrorlashga urinishi shubhasiz. Qarshiliklar vodiyda kuchli raqibga qarshi o'ynashadi. "Navbahor"ning ustunligi muxlislari, "Nasaf"ning ustunligi xalqaro tajribaning borligi. Demak - tenglik.

Navbahor (Namangan) – Nasaf (Qarshi)
10 may 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50



Toshkentda "Lokomotiv" "Andijon"ni qabul qiladi. Vadim Abramov shogirdlarining imkoniyati baland bo'lishi turgan gap. Sababi bunday tarkib bilan "temiryo'lchilar" chempionlik uchun kurashishmoqda. CHempion bo'lishni istagan jamoa esa o'z maydonida ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Bugun Gennadiy Moshnyaga va himoyachilarga qiyin bo'lishini taxmin qilish qiyin emas.

Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon)
10 may 2015. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00 (SPORT TV live)
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 60:40
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика