So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  0 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

8 avgustgacha vaqt sizga Zayniddin Zidan! Yangiliklar

8 avgustgacha vaqt sizga Zayniddin Zidan!

Xalqaro CHempionlar Kubogida "Real Madrid" uch o'yinda bor yo'g'i bir ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Bu "Real" muxlislariga xush kelmagani turgan gap. SHunday ekan, qolgan qisqa vaqt ichida Zidan katta ko'lamdagi ishni bajarib, jamoani "MYU"ga qarshi o'yinga tayyorlay olishi zarur. 

Qirollik klubi avval penaltilar seriyasida o'sha "Manchester Yunayted"ga, keyinroq 2:3 hisobida Ispaniya Superkubogi uchun bahsdagi bo'lajak raqib "Barselona"ga mag'lub bo'ldi. Vaziyatga jiddiy qarab, tezkor choralar ko'rilmasa, Zizu va shogirdlari yangi mavsumning ilk sovrinlarini ko'zlari bilan raqib tomon kuzatib qo'yadilar holos! 

Bugungi kungacha bo'lgan o'yinlardan kelib chiqsak, Zidanning oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi: 

Koncentraciya va agressivlik etishmasligi 

Mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini bevosita ko'rganlar sezgani aniq CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibiga koncentraciya etishmayapti. SHuningdek, jamoaga yaxshi manoda agressivlik etipmayotgandek. Bu narsa ayniqsa "Manchester Siti"ga qarshi o'yin va "Barselona" bilan bahsning dastlabki daqiqalarida sezilib qoldi. Standart vaziyatdagi xatolar, oddiy joyda ham to'p yo'qotilishi UEFA Superkubogi uchun kurashda qimmatga tushishi hech gap emas. 


Serxio Ramos tiklanish jarayonini tezlashtirish zarur 

Jamoaga qolganlardan kechroq qo'shilgani etmagandek, Ramos undan keyin ham Amerikada orttirib olgan quloq kasalligini davolash bilan band bo'ldi. Himoyachi hali yaxshi sport formasiga kirib ulgurmadi, bir necha kundan keyin esa muhim o'yin. 

SHu tariqa, Zidan bor yo'g'i 6 kundan beri umumiy guruhda shug'ullanayotgan jamoa sardori masalasini hal qilishi lozim. 



Samaradorlik yo'qligi

Ayni damda eng o'ylantiradigan savollardan biri bu: "Kim gol uradi?". Qo'shimcha dam olgan Krishtiano Ronaldo Superkubok o'yiniga tayyorlanib ulgurmaydi. Karim Benzem va Garet Beyl dueti esa hali chiqishib ketgani va natija berayotgani yo'q. SHu sababli Zidan masalaning boshqa bir echimini topishi zarur.

Yangi futbolchilar tayyor turishlari zarur

Xames Rodriges, Danilo va Alvaro Moratani sotib yuborgach, "Madrid" yangi sotib olingan futbolchilar hoziroq jamoaga kirishib, mavsum boshidanoq foyda keltirishlariga muxtoj. Ketganlar o'tgan mavsumda asosiy tarkib futbolchisi bo'lmagan bo'lsada, alohida olingan uchrashuvlarda hal qiluvchi rollarni o'ynashdi va qimmatli ochkolarni keltira olishdi. Endi bu vazifa Dani Sebalos, Markos Lorente, Xesus Valexo va Teo Ernandes gardaniga tushadi.

Amaldagi Ispaniya chempioni, CHempionlar Ligasi g'olibi, klublar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan "Real"da shuncha muammo borligiga nima deysiz? SHunaqa gaplar, 8 avgustgacha vaqt sizga Zayniddin Zidan!  


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика