So’nggi yangiliklar

13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   5 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   1 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  3 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  2 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  3 12:21АПЛнинг уч клуби Пулишични кузатмоқда  1 12:00Лаосдан гапирамиз  19 11:47Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйин учун тахминий таркиблари  21 11:26Бундеслиганинг энг яхши тўпурари "Бавария"га ўтишни истамоқда  0 10:51«Реал Мадрид»нинг қишдаги режалари маълум  0 10:18Поль Погба келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:42«Манчестер Юнайтед» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  0 09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  4 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  10 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2

7,5 yillik shartnoma? Bu tarixdagi eng uzoq muddatli shartnoma emas. "Umrbod" shartnomalar ham "bor" Yangiliklar

7,5 yillik shartnoma? Bu tarixdagi eng uzoq muddatli shartnoma emas. "Umrbod" shartnomalar ham "bor"

"CHelsi" kecha yana bir transferni rasmiylashtirdi.

"Monako"dan 21 yoshli Benua Badiashile 38 mln evro evaziga sotib olindi. Fullbek bilan 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Bunday uzoq muddatli shartnoma klubning buxgalteriyasi uchun ham foydali. Moliyaviy hisobotlarda katta yordam berishi mumkin

Ha-ha, Badiashile "CHelsi" bilan etti yarim yillik shartnoma imzoladi.

Aslini olganda Benua Xvicha bilan birgalikda 2021 yilda Evropaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida top-listlardan o'rin olayotgandi. O'zining himoyaviy skillari bilan franciyalik futbolchi nafaqat mudofaada, balki, standartlarda ham foydali. O'z navbatida "CHelsi" esa shunaqangi sahiy klubki, katta summalar evaziga katta shartnomalar taklif qiladi: 2018 yilda klub Kepa Arrisabalaga bilan 80 mln evro evaziga 7 yillik shartnoma taklif qildi. Balki, transferlar sifati turlichadir, biroq qarorlar mantiqi o'sha-o'sha.

Undan tashqari, bunday iqtidorli futbolchilar bir klubda ko'p bo'lishi, kichik davr mobaynida erkin agent sifatida jamoasini almashtirishi ham buxgalterlik ishlarini ko'paytiradi. Moliyaviy nazoratlar normasiga ko'ra, futbolchi sotib olingan summa futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan muddat bo'yicha ishlatilishi kerak: yani, futbolchining transfer summasi shartnoma muddatiga qarab futbolchiga maosh sifatida taqsimlab beriladi.

Ushbu mavsumda "CHelsi" himoyachilar transferi uchun 233 million evro ishlatdi - bu balki qandaydir ayyorlik yo'li bo'lishi ham mumkin. Biroq Benuaning shartnomasi tarixdagi eng uzoq muddatli emas.

Uzoq muddatli shartnomalar - Ispaniyada normal holat. Xatto "bir umrlik" shartnomalar ham bor

O'n yillik va undan uzoq muddatli shartnomalar - ispan futbolining ajib tarixi hisoblanadi. Bunday holatlar u erda doimiy kuzatiladi.

Masalan, 2022 yilning iyunida "Levante" o'z tarbiyalanuvchisi Pepelu bilan shartnomani 10 yilga uzaytiradi va 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Ushbu voqelikdan bir yil oldin esa bunday holat "Osasuna"da yarim himoyachi Xon Monkayola bilan ro'y berdi.

Bizningcha, uzoq muddatli shartnomalarning bir qanchasini eslasangiz kerak. 1998 yili "Betis" transferlar oynasini batamom portlatib tashlagan va 20 yoshli braziliyalik Denilsonni 30 mln evro evaziga "San-Paulu"dan sotib olgandi. O'shanda u futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan va "Betis" bilan 11 yillik shartnoma imzolagandi. Ha, balki, bu ajoyib g'oya bo'lishi mumkin edi, ammo: jamoa o'sha mavsum o'zi o'rganib qolgan 11-o'rindan ko'tarila olmadi, navbatdagisida esa Segundaga tushib ketdi. Denilson "Betis"da 7 mavsum harakat qildi: o'rtada "Flamengo"ga ijaraga berildi va "Bordo"ga transfer qilindi.

"Denilson - klub prezidenti de Loperaning tashabbusi, - deb gap boshladi jurnalist Xose Migel Munos. - O'shanda Evropaning top-klublari Denilson uchun qattiq kurashayotgan paytda uning ham qoni qaynab qolgandi. Barcha moliyaviy ishlar boshida de Loperaning o'zi turdi. Mana buni futbolga tushunmaydigan odamning nazorati sifatida misol keltirish mumkin"

Sevilyaliklarning bu amaliyoti barchani ham qo'rqitib yuborgani yo'q. 2005 yilda "Barselona" 18 yoshli Leo Messi bilan 9 yillik shartnoma imzoladi. 2017 yilda "Atletiko" Saulning tovon pulini 150 mln evro qilib, 9 yillik shartnomaga qo'l qo'ydi. 2019 yilda Inyaki Uilyams "Atletik" bilan 9 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Bu borada inglizcha misol ham bor: murabbiy Alan Pardyu. 2010 yilda "Nyukasl" mutaxassisga 5,5 yillik shartnoma taklif qildi, oradan ikki yil o'tib esa 8 yil - 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnoma! "Nyukasl"dagilar o'shanda Arsen Venger va ser Aleks Fergyuson eyforiyasiga tushib qolgan va kelajakda o'zlarini ham shunday tarix kutayotganini o'ylashardi. Biroq yakunda Pardyu muxlislarning joniga tegdi va 2015 yilda tomonlar engilgina hayrlashib qo'yishdi.

Yuqorida aytilganidek, bir umrlik shartnomalar ham bor. 2017 yilda "Barselona" Andres Inestaga shunday shartnoma taklif qildi. "Real" ham o'z afsonalari Raul va Iker Kasilyasni ham jamoada so'nggi daqiqalargacha qolishini istadi. Umuman olganda, bir umrlik shartnomaning o'zi yo'q: faqatgina aytilishi shunday. Bu holatda tomonlar har mavsum boshida bir yillik shartnomaga imzo chekishadi holos (bu holat sizga tanish tuyulmayaptimi).

Aslida, bunday shartnoma umuman mumkin ham emas, taqiqlangan desa ham bo'ladi.

Xo'sh, uzoq muddatli shartnoma deganda qaysi transferlar hayolingizga birinchi keladi? Balki biz Siz o'ylagan transferlarni yoddan chiqargandirmiz. CHunki biz bir qancha misol keltirdik holos.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика