So’nggi yangiliklar

21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  2 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3

7 yil ichida bosib o'tilgan yo'l: "Barselona" darvozasidan musiqa olamiga qadam Yangiliklar

7 yil ichida bosib o'tilgan yo'l: "Barselona" darvozasidan musiqa olamiga qadam

8 noyabr kuni u 46 yoshni qarshi oldi.

U bungacha futbolda va uning tashqarisida ko'p narsaga erishib ulgurgan.

Kim u? Bu Andalusiyaning Kadis provinciyasidagi 88 ming yillik El-Puerto-de-Santa-Mariya shahrida tug'ilgan Xose Manuel Pinto. Siz hali ham shunday darvozabonni eslaysizmi yoki uni musiqa olamida taniqli reggeton ijrochisi sifatida bilasizmi?

Pinto futbolchilik faoliyatini 17 yoshida "Safa San-Luis»" yoshlar jamoasida boshlagan. Uni “Betis” selekcionerlari payqab qolishdi va 1994 yilda Xose “geliopolitlar” safiga qo'shildi. Yosh darvozabon dastlab faqat “Betis” yoshlar jamoasida o'ynagan. Bu uch yil davom etdi, shundan so'ng u asosiy jamoaga qo'shildi. Pinto Primerada 1997/1998 yilgi mavsumda debyut qildi. Bu 1998 yil 10 mayda "Racing"ga qarshi uy uchrashuvida (0:2) sodir bo'ldi. Qahramonimiz 28-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va ikki to'pni o'z darvozasidan olib chiqdi, bu esa seviliyaliklarning mag'lubiyatiga aylandi. 

Xose Manuel 1998 yilning yozida  "Betis"ni tark etib, "Selta" futbolchisiga aylandi. Darvozabon Vigo jamoasida futbolchilik faoliyatining 10 yilini o'tkazdi. Pinto barcha turnirlarda klub libosida 171 ta o'yin o'tkazib, 199 ta gol o'tkazib yubordi va 44 ta o'yinda darvozasini "quruq" saqladi.

Uning Vigodagi davri kutilmaganda, bir kechada tugadi. 2008 yilning yanvar oyida Albert Xorkerning jarohati tufayli "Barselona"da muammo yuzaga keldi. Jarohatlangan darvozabonni almashtirish Pinto chekiga tushdi.  Xose Manuel kataloniyaliklar safidagi ilk o'yinini “Deportivo”ga qarshi olib bordi va unda “Barselona” 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Pintoning "ko'k-anorranglilar" tarkibidagi ikkinchi uchrashuvi ham mag'lubiyat bilan nihoyasiga etdi ("Malorka", 2:3).

Kataloniyaliklar uchun Pinto ishtirokidagi bu ikki muvaffaqiyatsiz o'yin qandaydir tarzda darvozabonning jamoadagi istiqboliga tasir qilgan bo'lsa kerak. Biroz vaqt o'tgach, u jamoa darvozasining zaxira qo'riqchisi roliga mustahkam o'rnashdi. Ammo buning boshqa sabablari ham bor edi. 

"Barselona"dagi davrining boshida u UEFAning maxsus tekshiruvi ishtirokchisiga aylanib qoldi. CHempionlar ligasi doirasidagi "Kopengagen"ga qarshi o'yinda kimdir Pintoning hushtak chalayotganini va shu voqeadan xursand bo'lganini tasvirga oldi. Tergov natijalariga ko'ra, darvozabon ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Xose Manuel keyinchalik deyarli o'ynamadi.

Pinto ikki yillik tanaffusdan keyin, yani Viktor Valdesning jarohatidan keyin — 2011 yilning 20 fevralida "ko'k-anorranglilar" darvozasida paydo bo'ldi.  

Qahramonimiz bu safar o'zini yaxshi o'rinbosar ekanligini isbotladi. Biroq u tez orada "Real Madrid"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim finalida yangi mojaroning ishtirokchisiga aylandi. Tanaffus vaqtida bosh hakam Volfgang SHtark kataloniyaliklar zaxirasida turgan Pintoni "Real" azosi Alvaro Arbeloa va “galaktikos” vakili CHendo bilan janjallashib qolgani uchun maydondan chetlatdi.

Biroq hatto, yumshoq qilib aytganda, sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlar va barqaror o'rinbosar maqomi Pintoga "Barselona"da munosib sovrinlar to'plamini yig'ishga to'sqinlik qilmadi – naq 14 ta(!). U to'rt marta Ispaniya chempionatida, uch marta mamlakat Superkubogida, ikki martadan – CHempionlar ligasida, Ispaniya kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida, bir marta UEFA Superkubogida g'olib chiqqan. Darvozabon "ko'k-anorranlilar" safida jami 89 o'yin o'tkazib, 74 ta gol o'tkazib yubordi va 37 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.

Andalusiyalikning Kataloniya poytaxtidagi shonli kunlari 2014 yilning yozida yakunlandi. "Barselona" germaniyalik Mark-Andre ter SHtegen bilan shartnoma imzoladi va Pinto bilan shartnoma uzaytirilmasligi haqida xabar berildi. O'shanda Xose Manuel 38 yoshda edi. Hammasi mantiqiy bo'lib tuyuldi ... Ammo Pinto faqat o'shanda qorong'ilik tubiga etib kelganini tan oldi. Va u reggetonni o'ylab topdi!

Reggeton – 1990 yillarning oxirida Puerto-Rikoda reggi, densxoll va xip-xop tasiri ostida paydo bo'lgan va Lotin Amerikasi Karib havzasida, shuningdek, AQSHda yashovchi Lotin Amerikasi aholisi orasida keng tarqalgan musiqiy uslub va raqs. Bu boshqa musiqa uslublaridan olingan sintetik uslubdir. Adeptlarning takidlashicha, uning ritmi reggi ritmi evolyuciyasidagi yangi qadamdir. Reggetonning ikkinchi komponenti odatda ispan tilida o'qiladigan haqiqiy rep yoki nutqdir.

"Men eng yaxshi bo'lish uchun ishlashni o'yladim. Qo'shimcha ish qilishim kerak bo'lsa ham. Va bir kechada menga hech narsa xayolga kelmadi. Bundan tashqari, men million marta taslim bo'lishni xohlardim. Malum bir nuqtaga etdim – hamma narsa qorong'i ko'rinardi. O'shanda qila oladigan eng yaxshi narsa hayotimni, fikrlarimni va kuchimni o'zgartirgan meditaciya kursini o'tash edi... Keyin hammasi yangidan boshlandi. Men o'zimni tinglay boshladim va hamma narsaga boshqa nuqtai nazardan qaray boshladim, chunki men hamma narsaga jiddiy munosabatda bo'lardim", – deb eslaydi Pinto.

“Musiqa va futbol har doim meni zavqlantiradigan ikki yo'nalish bo'lib kelgan va ular doimo yonma-yon yurgan. Masalan, men futbolda yomon o'ynaganimda, musiqadan ilhomlanardim. Musiqa meni ilhomlantirmaganida esa futbol menga kuch berdi. Men bu mukammal birlashma ekanligiga ishonaman. Futbol o'ynab yurganimda, barcha sayohatlarda o'zim bilan musiqa kitoblarini olib yurardim. Gitara, fortepiano, baraban va shunga o'xshash barchasini o'rgandim", – deb davom etdi Xose Manuel.

Pintoning ishonchi komilki, Ispaniyada har qanday yangi musiqachi uchun o'zini ko'rsatish va cho'qqiga chiqish qiyin. Buni tushungan sobiq darvozabon musiqiy prodyuser bo'lishga qaror qildi. Va malum bo'lishicha, bu uning yangi chaqiruvi bo'ldi. Futbol haqida nima deyish mumkin? Hozirda Pinto u haqida kam eslaydi. 

"Futbolni sog'inmayman, uni sog'inishga vaqtim ham yo'q. Men yana bir katta loyihaga etibor qaratdim: ikkita ishtiyoqimni, musiqa va sportni birlashtirib, P13Fit deb nomlangan intizomni yaratdim. Bu dunyoda yagona va biz uni yangi zumba deb aytishimiz mumkin, ammo torli. Men bu loyihani etti yil oldin Mayamida tasavvur qilganman. Futbolda koordinaciyam va jismoniy holatimni yaxshilash uchun sakrash arqoni (skakalka)dan ko'p foydalanardim, hammasi o'shanda xayolga kelgan. Yana bir sevimli mashg'ulotim musiqa bo'lgani uchun “Nega men biror narsani ixtiro qilolmayman?” dedim. Boshida faqat sakrash arqoni (skakalka)ni bilgan odamlar uchun qo'llaniladigan usulni yaratishga muvaffaq bo'ldim, keyin uni bolalarimda sinab ko'rdim. Endi men odamlarni noldan sakrashga qanday o'rgatish kerakligini bilaman", deb tan oldi Xose Manuel Pinto.


SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика