So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"7 futbolchi sotib olingan". Ispaniyada kelishilgan o'yinlar aniqlanmoqda Yangiliklar

"7 futbolchi sotib olingan". Ispaniyada kelishilgan o'yinlar aniqlanmoqda

Bu malumot 28 may kuni ommaga oshkor bo'lgandi.

Endi esa bunga muhim malumotlar qo'shildi: jinoyatchilarning telefonda gaplashgan ovozlari ham bor. Agarda Siz bu haqida eshitgan bo'lsangiz, demak, maqolaning oxirini o'qiyvering.

Ispaniya chempionati yakunlanganidan keyin mamlakat policiyasi "Oykos" nomi ostida juda ayyorona operaciya o'tkazdi. Uning maqsadi esa kelishilgan o'yinlarning tashkilotchilari va qatnashchilarini aniqlash bo'ldi.

28 may kunining tongi, soat 7da Ueska, Malaga, La-Koruna, Madrid va Valyadolidda qora kiyimli kishilar ishga kirishdi: zich tekshiruvlar natijasida bir necha insonlar qo'lga olindi.

Gumonlanuvchilar soni taxminan 20ta: futbolchilar, funkcionerlar, faoliyatini yakunlangan o'yinchilar, va hattoki vrach ham bor edi. Ularning 6 nafari ushlandi, qolganlari esa kodli imolardan keyin yo'q bo'lib qolishdi.

Barchasi jiddiy: Ispaniyaning eng katta nashri "Marca"ning muqovasiga qarang: "Futboldagi qora kun".

Qanday o'yinlar?

Policiyaning ro'yxatida 10 o'yin bor, shularning beshtasi aniq!

Asosiy epizod - o'tgan mavsumda Segundadagi "Ueska"ning "Ximnastik"ka qarshi o'yiniga qaratildi.  O'shanda mavsum tugashiga bir tur qolgandi, "Ueska" Primeroga chiqib bo'lgandi, raqiblarni esa "qulash"dan qutqarish kerak. Yakundan tarragonliklar  72-daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozonib ketishdi. Hatto, o'yin 0:0 bo'lib turgan vaqtida Osiyo va Ukrainadagi bukmekerlik saytlari "Ueska"ning g'alabasiga bo'lgan ishonch va stavkani pasaytirib yuborgandi.

LaLigada shubxada qolayotgan jamoa "Ueska" bo'lib qolmoqda. 36-turda ular "Betis"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'shanda tarkibda chetlatish bo'lgan "Ueska" 98-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchradi. 37-turda esa o'z maydonida "Valensiya"ga (2:6) mag'lub bo'ldi va Primerodan "uchdi". 51-daqiqada tabloda 0:6 hisobi porlab turgandi, shularning beshtasi esa dastlabki 45 daqiqalikda kiritilgandi.

Ro'yxatda yana bir o'yin bor. 38-turda (bu safar "Ueska" yo'q) "Valensiya" safarda "Valyadolid"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va shu orqali ECHLga yo'llanma oldi. Agarda jamoa mag'lub bo'lganida ECHLga chiqa olmasligi mumkin edi. Agarda jamoa g'alaba qozonmaganida bu borada ayblanmasdi yoki bu borada ish ochilmasdi. Endi esa "Valyadolid"ning birgina sobiq futbolchisi xibsga olingan holos.

Uchinchi o'yin ham bor. Bu Tersera, yani to'rtinchi divizionda. Bu erda malumotlar batafsil berilmagan. Ammo 2017/18 yilgi mavsumda "Karinena" – "Sarinena" uchrashuvi kelishilgan bo'lganligi aniq. Ha, yarim professional klublarning nomi bir-birinikidan bitta xarfga farq qiladi: tomonlar kelishuv bo'yicha birinchi o'yindagi vazifani bajara olishmaydi. Ikkinchisida esa o'xshaydi.

Kim ushlandi?
Berilgan taxminiy malumotga ko'ra, buning etakchisi- "Real"ning sobiq futbolchisi Raul Bravo bo'lgan."Madrid"ning 38 yoshli tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibda 6 yil davomida harakat qilgan va bir mavsumda o'rtacha 15tadan o'yinda qatnashgan. U Bekxemning yaqin do'sti bo'lganligi uchun maydonga tushgan deb aytishadi muxlislar. U avvalida o'ng qanot himoyasida o'ynaganida Roberto Karlosga o'xshardi. Ammo markazga ko'chirilganidan keyin bu poziciyani eplay olmadi. Bravo faoliyatini 4 yil oldin Greciyada yakunladi.

Undan tashqari, yana 3 nafar futbolchini ushlashdi, qolganlar esa nazorat ostiga olindi:

Borxa Fernandes. "Valyadolid"ning sobiq futbolchisi. "Valensiya"ga qarshi bahsdan keyin faoliyatini yakunladi. O'yindan keyingi kun soat 11da u klub prezidenti Ronaldo bilan uchrashishi va keyinchalik klubda qanday ishda faoliyat olib borishi borasida muzokara o'tkazishi kerak edi. Ammo bossdan ko'ra u policiya bilan uchrashdi.

Advokatning so'zlariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi barchasiga iqror bo'lgan. "Borxani tushunish uchun unga etibor berish kerak. Unga ishonishdi va "Valyadolid"ning sardori qilib qo'yishdi. Hozirda esa u policiya bilan hamkorlik qilmoqda va hech nimadan qochmoqchi emas". "Valyadolid"dagilarning barchasi shokda: "Borxa sofdil inson, u bizning ishonchimizda edi"

Inigo Lopes. Bu mavsumda u "Deportivo" safida harakat qildi. Bir necha yillar oldin "Real"ni Ispaniya kubogida 4:0 hisobida tor-mor keltirgan "Alkorkon"dagi o'yini bilan ko'pchilikka mashhur.  Hozirda u ham kelishilgan o'yinda qatnashganlikda gumon qilinmoqda, tashkilotchilikda uning qo'li bor yoki yo'qligi nomalum.

Karlos Aranda.  U Ispaniyada antiqa rekord o'rnatgan: mamlakatning 8 jamoasi - «Vilyarreal», «Albasete», «Sevilya», «Numansiya», «Osasuna», «Levante», «Saragosa» i «Granada» tarkibida o'ynagan. 4 yildan buyon o'yinlarda qatnashmayapti. Hozircha uning bu "o'yin"dagi roli malum emas.

"Xetafe" futbolchisi Samuel Says esa policiya taqibidan qutulgan. Maxsus operaciya boshlangan zaxotiyoq u bu o'yinlarda ishtirok etmaganligini isbotlab bergan va shundan keyin uni qo'yib yuborishgan.

"Fuenlabrada" futbolchisi Karlos Kabalero va "Karinena"ning sobiq azosi so'roq qilindi va ozod etildi.

SHuningdek, izolyatorga "Ueska" prezidenti Agustin Lasaosa va tibbiy departament boshlig'i Xuan Galindo Lausa ham tushib qoldi. Klubning sobiq sport direktori Emilio Vegu ham so'roqqa tutildi. Keyinchalik "Ueska" ariza yozdi.  Uning qisqacha maqsadi shunday: jamoa kelishilgan o'yinlarda qatnashmagan va umuman bu borada ayblov qo'yilmasligi kerak. Ofisda esa qidiruv ishlari olib borildi.

Qo'lga olinganlardan faqatgina Inigo Lopesning "Real" bilan umuman aloqasi bo'lmagan. Aranda, Fernandes va Bravo "Madrid"ning tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. SHuningdek, ular "Granada" va "Numansiya"da ham o'ynashgan. O'z navbatida Lopes "Ueska"da ham o'ynadi.

Xibsga olinganlarning barchasi kamida uch sutka izolyatorda bo'ladi. SHu vaqt davomida ular so'roq qilinadi va ko'rsatmalar olinadi.

Sxema qanday ishlaydi?
Policiya barchasiga sxematik tarzda yondashib boradi:

- kelishilgan o'yinlar tashkilotchilari mavsum boshida yoki oxirida o'zlariga kerakli bo'lgan bahslarni tanlab oladi;

- ular futbolchilar bilan bir necha stavkalar borasida kelishib olishadi;

- ular kelishuvdan keyin futbolchilarga katta summa berishadi;

- ish bajarilganidan keyin summaning qolgan qismi taqdim qilinadi.

Ushlanganlarning barchasi xar xil tipdagi odamlar: yoki tajribali yoki  sobiq futbolchilar, yoki Ispaniya futboliga aloqador yosh va iqtidorli futbolchilar. Agarda qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, tajribali futbolchi bir guruh bilan kelishadi va ulardan qochib ketadi (barchasidan emas). Keyinchalik natijadan keyin sxemadan ular chetda qolishadi. Natijada bu barchaga oshkor bo'ladi.

Bular qanday qilib fosh etiladi?
- 2018 yilning yozida LaLiganing o'zi policiyaga bu borada tashabbus bilan chiqqan va yil davomidagi o'yinlarni nazorat qilishni aytgan. Bu g'oyani LaLiga prezidenti Xaver Tebas 2013 yilda o'ylab topgan.

2018 yilda departament boshqaruviga mamlakat milliy policiyasi sobiq o'rinbosari Florentino Vilyabona taklif etildi. Futbolga qadar u Ispaniyada 30ga yaqin jangchilarni tutgan.

Departamentning o'zi ikki bo'limga ajralgan: xavfsizlik bo'limi (bunga policiyachilar javob beradi) va himoya bo'limi (kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishadi), aynan ular odamning ko'ziga g'alati bo'lib ko'rinmayotgan bo'lgan o'yinlarni ham taftish qilishadi.

Aynan shu erda kelishilgan o'yinlarning mexanikasi va sxemasi aniq qilib tasvirlab beriladi.

- Birinchi: toza kelishilgan o'yin natijada aks etadi. Bunday o'yinlar o'zaro principial bo'lmagan raqiblarning o'yinlarida bo'lishi mumkin. SHuningdek, o'zaro suhbatlarda bo'ladigan gaplar ham etiborga olinadi.

- Ikkinchi: bukmekerlarning o'yinlari (ularga qarshilar). Buni klubdan uzoqdagilar amalga oshirishadi. Uchinchi shaxs bu erda o'yinga jiddiy tasir o'tkazadigan jihat, sariq kartochka. Bu amalga oshadi va har bir futbolchi pullarni bo'lishib oladi. Ispaniyada avtomatlashtirilgan TYCHE tizimi ishlaydi va o'yinlarni 1dan 5gacha bo'lgan konkret bahoda baholaydi. 2dan tepa bo'lgan o'yinlar kelishilgan bo'lishi mumkin. "Ueska" va "Ximnastik" ishtirokidagi o'yinlar 4 va 5 baholarni olgan.

- Uchinchi: eng ko'p uchraladigan variant - futbolchilar stavka uchun xato qiladi va kerakli natija uchun o'ynaydi.

Departament futbolchilarni bu borada himoyalash uchun doimiy tarzda klub vakillari bilan seminarlar uyushtirib turadi va g'alati tuyulgan harakatlarni ularga ko'rsatadi.

"Asosiysi, futbolchilar bilan tez-tez gaplashib turish. Biz doimiy tarzda seminarlar va vorkshoplar tashkil qilamiz. Primero, Segunda, terserv, ayollar Primerosi va Segundasi kabi ko'plab ligalarning kiyinish xonasida qanday gaplar bo'layotganini bilamiz. Futbolchilarga o'zini qanday tutish kerakligini tushuntiryapmiz. Menimcha bu ish bermoqda", - dedi departament rahbari.

Fevral oyida departament yangi hisobot tayyorladi va unda g'alati tuyulgan o'yinlar soni keskin qisqargan. Agarda 2017/18 yilgi mavsumni hisoblaydigan bo'lsak, shubxali ko'ringan o'yinlar soni 29tani tashkil qilgan. Ammo Ispaniyada har doim ham bu borada gapirilmaydi.

17/18 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Ispaniyada 53 inson xibsga olingan bo'lib, 39ta ariza policiyaga topshirilgan. SHulardan 9tasi sudgacha borgan. Policiyaning o'zi esa 18 shabxali o'yinni aniqlagan bo'lib, shulardan 9tasini sudga bergan. Bularning katta qismi quyi divizionlarda sodir bo'lgan. Ammo shularning eng kattasi 2011 yilda "Levante" - "Saragosa" o'yinida qayd etilgan. O'yin o'tganiga 8 yil bo'ldi, ish yangilandi va barchasi tasdiqlandi.

Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri "Valyadolid" – "Valensiya" uchrashuvidagi jinoyatchilarning telefon yozuvlarini taqdim qildi. Policiya ushbu  ovoz yozuvlarida Karlos Arandaning ovozi borligini ishonch bilan aytmoqda.

- "Valyadolid"ning 7 futbolchisi sotib olingan". 10 ming qo'ysang, 20 ming olasan. Eshit, "Valensiya" birinchi bo'limda ham ikkinchi bo'limda ham g'alaba qozonadi. Ammo hech kim, do'stlaring ham", - degan o'shanda Aranda.

Bravo va Aranda kerakli natija borasida "Valyadolid" sardori Borxa Fernandes bilan kelishib oladi. Borxa esa o'z xizmati uchun 50 ming evro so'raydi. Aynan u boshqa sheriklariga ham buni aytadi. SHuning ortidan policiya uning iziga tushadi. Keyinchalikk Aranda va Bravo kerakli chiziqlar bo'yicha stavkalarni o'ylab qo'yishgan.

Qishda Raul Bravoning ofisida uchrashuv bo'lgan. O'shanda tomonlar nimani kelishib olgani malum emas.

Arandani ushlash oson bo'ldi. Bravo esa o'zining extiyotini bilib yurgan va doimiy tarzda telefon raqamini almashtirgan.

Policiya tekshiruvni davom ettirmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика