So’nggi yangiliklar

23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  0 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  821 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4

67 kunlik faoliyat Yangiliklar

67 kunlik faoliyat

Ha, Sem Ellardays Angliya termasi bosh murabbiyi sifatida atigi 67 kun ishladi va korrupciya bilan bog'liq mojarodan so'ng o'rnini bo'shatishiga to'g'ri keldi.

Daily Telegraph jurnalistlari o'zlarini osiyolik biznesmenlar sifatida tanishtirib, angliyalik murabbiyga murojaat etishganida, u futbolchilarni noqonuniy tarzda ro'yxatdan o'tkazishda yordam berishini aytib, Roy Xojson, uning yordamchisi Gari Nevill va hattoki, shahzoda Garri haqida nomaqbul so'zlarni gapiribdi. Bu uning egallab turgan lavozimidan bo'shatilishiga sabab bo'ldi. Sky Sports shu bahona Katta Semning qisqa muddat mobaynida uch sherlarni qanday boshqarganiga to'xtalib, uning so'zlaridan iqtiboslar keltirdi.

Tayinlov - 23 iyul

Orzuning ro'yobi: Angliya termasi bosh murabbiyi bo'lganimdan faxrlanaman, buni ko'p yillardan buyon orzu qilganim hech kimga sir emas. Menimcha, Angliya futbolidagi eng yaxshi ish joyi aynan terma jamoadir. Ishqibozlarimiz xohlayotgan muvaffaqiyatga erishish uchun bor mahoratimni sarflayman. Birinchi navbatda, mamlakat biz bilan faxrlanishini taminlashimiz darkor.

Dastlabki matbuot anjumani - 25 iyul

Yangi ishidan mamnunlik: So'nggi marta Angliya termasini boshqarish imkoniyatiga 10 yil avval ega bo'lgandim. SHunday ekan, barchasini kuchli hayajon bilan qabul qildim. O'ylashimcha, ushbu lavozimga to'liq mos kelaman. Har holda, shundan umidvorman. CHorlovlarga munosib javob qaytarish tajribasiga egaman - nafaqat termadagi, balki umumiy manoda barcha chaqiriqlarni nazarda tutyapman. Axir APLda 5ta klubni boshqardim va etarli malakaga egaman.

Quvonch: Keling, xursandchilik qilamiz! Futbol shodlik uchun yaralgan. Bu faoliyatimning cho'qqisi va men chinakamiga rohatlanishni istayman.

Kuchli tomonlari haqida: Eng katta qobiliyatim - futbolchilarning o'yindan zavq olishlari va kuchayishlariga ko'maklashish. Ushbu jihat menga har erda asqotgan. Umid qilamanki, Angliya termasida ham xuddi shunday bo'ladi.

Muvaffaqiyat yo'lida tog'ni ag'darishga tayyorligi haqida: Hammasi, xususan, ruhiy jihatlarni ham astoydil o'rganaman.

Angliyalik yosh iqtidorlar haqida: Faqat navqironlik va iqtidor xususida gapiraverish to'g'ri emas. Yoshlarimiz katta tajribaga ega bo'lib borishmoqda, terma jamoa safida o'ynashyapti. Ular top-darajadagi ishtirokka tayyor turishlari shart.

 Dastlabki tarkibning aniqlanishi - 28 avgust

Franciya U-21 terma jamoasida o'ynagan Stiven N~Zonzi nomzodi haqida: Futbolchi bizni qiziqtirgani uchun ushbu masala o'rtaga tashlandi. N ~Zonzi etarli etirofga loyiq ko'rilmayotgan ajoyib futbolchi.

Dastlabki tarkib aniqlanganidan keyin -29 avgust

Micheyl Antonioning termaga chaqirilishi haqida: U qaysi ligada o'ynashidan qatiy nazar, yorqin o'yin namoyish etgan. Jamoasi muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shgan, hujumda faol, turli vaziyatlarda gollar uradi - Antonioni shu bois chaqirdik.

Ueyn Runining poziciyasi haqida (u zayavkada yarim himoyachi sifatida ko'rsatilgan):Runining qaerda o'ynashi borasida aniq to'xtamga kelmadim. U hujumkor yarim himoyachimi yoki hujumchi? Ueynning MYUdagi poziciyasi o'zgardi, uni qaysi chiziqqa joylashtirishni hali obdon o'ylab ko'ramiz. Aftidan, keyingi safar zayavka formatini o'zgartirishga to'g'ri keladi, chog'i - poziciyalarni ko'rsatmaymiz!

Markus Rashfordning chaqirilmagani haqida: Yoshlar jamoasidagi to'liq o'yin Markus uchun muhim bo'lishi aniq. U hamon yosh, keling, bu futbolchiga ortiqcha bosim yuklamaylik. Yoshlar jamoasida ko'plab gollar urib, keyingi safar boshqacharoq qarorga kelishimga zamin hozirlaydi, degan umiddaman.

 Jamoa sardoritayinlanganidan keyin - 29 avgust

Sardorlik bog'ichi Runida qolishi haqida: Ueyn Angliya termasi sardorligiga mos, u o'ziga yuklatilgan vazifani alo darajada bajarib kelmoqda. SHu bois, mazkur masalada bir qarorga kelishda qiynalmadim.

JCH-2018 saralashida Slovakiya termasiga Qarshi ilk bahs - 4 sentyabr

O'yinoldi hayajon haqida: Har bir ishni boshlashdan oldin hayajonlanish tabiiy - shogirdlaring maydonga tushib, sen aytgan ishni ko'ngildagidek bajarishlarini kutasan.

Slovaklar mag'lubiyatga uchratilgandan keyin -4 sentyabr

So'nggi daqiqalarda urilgan g'alaba goli haqida: Muhimi, golni intiqib kutgan ishqibozlarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozondik. Raqib darvozasi ishg'ol qilindi va barcha o'zini baxtiyor sezdi.

Angliya termasining yanada kuchayishi haqida: SHuncha imkoniyatga ega bo'lib, ulardan unumli foydalanolmaslik yaxshi emas. Futbolchilar bilan bu borada ish olib bormoqchiman. Biz yanada kuchayishimiz mumkin.

Adam Lallananing muhim goli haqida: Bu holat Angliya termasi bosh murabbiyi sifatida men uchun juda ahamiyatli. SHu tariqa to'g'ri yo'lga tushib oldik.

Malta va Sloveniya termalariga qarshi bahslar arafasida - 15 sentyabr

Uemblidagi harorat haqida: Stadion angliyalik muxlislarga to'lib-toshsa, qanday muhit hukm surishini taxmin qilish qiyin emas. Gap bitta - ko'p ming sonli ishqibozlar ishonchini oqlashimiz lozim.

Angliyalik fanatlarning Malta termasiga qarshi o'yindan nima kutishayotgani haqida: Muxlislarimiz 10:0 hisobida g'alaba qozonishimizni kutishmoqda. Bunday natijaga erishishimizga ishonchim komil emas. Ha, shotlandlar Malta jamoasi darvozasiga 5ta gol urishdi (5:1), ammo ularning 9 kishiga qarshi to'p surishganini unutmaslik darkor.

Angliya termasi ustozi sifatida aytgan so'nggi gaplari - 27 sentyabr

Transfer qoidalarini chetlab o'tishga intilgani haqida: Yaqinda sodir bo'lgan voqealarni inobatga olib, Angliya futbol associaciyasi bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildik. Iyuldagi tayinlov meni juda xursand qilgandi. Essiz, vaziyat bunday tus olishini kutmagandim. Bugun Greg Klark va Martin Glenn bilan uchrashib, xatti-harakatlarim uchun ulardan uzr so'radim. Ayrim gaplarim men uchun sharmandali edi, juda afsusdaman.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика