So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

6111 kun yoxud Jiji Buffonning ko'z yoshlar bilan yozgan maktubi Yangiliklar

6111 kun yoxud Jiji Buffonning ko'z yoshlar bilan yozgan maktubi

"Yuventus" darvozaboni, italiyalik afsonaviy Janluiji Buffon "byankoneri" muxlislariga xayrlashuv maktubini yo'lladi.

6111 kun

6111 haqiqiy ehtirosli onlarga boy o'tgan kun. Xursandchilik, ko'z yosh, mag'lubiyat va g'alaba.

Rahmat.

Har birlaringizga alohida rahmat. CHunki har bir muxlis meni oq-qora libosdagi hayotimni o'zgacha o'tishiga hissa qo'shdi. Bu oq-qora tanamning ikkinchi ranggiga aylandi. Men yaxshi ko'rib, sharaf bilan egnimda va qalban kiyib yurgan oq-qora rang menga doimo hamrohlik qildi. Bu libosni doim chin yurakdan himoya qildim.

Ertaga yo'l tugaydi. Birgalikda yozgan kitob tugaydi. Ichim ajib his-tuyg'ularga to'la. Ishoning, juda hayajondaman. His-tuyg'ular juda ko'p. Endi yangi yo'l boshlanadi. Yangi kitob. "Yuventus" uchun yangi yo'l boshlanishi lozim. CHunki "Yuventus" nomi har qanday futbolchidan ustun turadi. Jamoaning yangi yo'li boshlanish arafasida. "Yuve" o'zining kitobidagi yangi muhim sahifalarni yozishda davom etadi. "Yuventus"ning bu kitobi tugallanmas, menimcha.
CHunki "Yuventus" noyob, takrorlanmas va sehrli DNKga ega jamoa.

"Yuventus" - oila. Mening oilam. Men bu jamoani yaxshi ko'rishdan hecham to'xtamayman. "Yuventus"dan juda minnatdorman va o'zimni "uyim" deb atayman. CHunki "Yuve" menga juda ko'p narsa bergan. Hamma narsa. Jamoa menga men klubga bergan narsalardanda ko'prog'ini bergan.

Endi yangi yo'l boshlanmoqda. Yangi kitob. CHunki yangi yo'l boshlanishi lozim.

Endi men kelajakka boshqacha ko'zlar bilan qarashni o'rganaman. Hayot menga taklif qiladigan yangi chaqiruvlarni qabul qilaman. CHunki men o'yindan tashqari holatda qolishni xohlamayman. Ko'p kurashlar, to'qnashuvlar, g'alaba va mag'lubiyatlarni boshdan kechirgan, tabiiy qurquvlardan o'tgan inson sifatida avvalgisi bilan yangisi bir-biridan farq qilishini juda yaxshi tushunaman. SHu boisdan ham bu qiyin.

Yoshligimda stadionga velosipedda kelgandim. Ertaga men stadionni hayolan piyoda tark etib, ajralish qanchalik qiyin ekanini yana bir bor his etishni istayman. Xayrlashuv quvonchini to'la his etmoqchiman. Hayajonni his etishni xohlayman. Men o'z uyim deb his etadigan joyimdan hech qachon uzoqlashmaslikni tushunib etmoqchiman. Har doim! Jamoadoshlarim, do'stlarim va doimo meni aka-ukalarim bo'lib qoladigan qadrdonlarim bilan ham hayolan birma-bir xayrlashib chiqishni istayman.

So'nggiga qadar! Doim sizniki! Janluiji Buffon.


Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика