52 yoshli futbolchi "Yokogama" bilan yangi shartnoma imzoladi
11 jan 2020 15:50
Yangiliklar
52 yoshli futbolchi "Yokogama" bilan yangi shartnoma imzoladi
Kadzuyosi Miura faoliyatini "Yokogama"da davom ettiradi.
Fevralda 53 yoshni qarshilaydigan yaponiyalik o'yinchi klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi.
Bu futbolchi uchun 35-mavsum bo'ladi (!)
Bundan tashqari, Miura 2007 yildan buyon Yaponiyaning oliy divizionida o'ynaydigan "Yokogama" sharafini himoya qiladi.
Miura professional faoliyatini 1989 yilda boshlagan va u tarixdagi eng yoshi katta professional o'yinchidir.
U Italiya A Seriyasida o'ynagan ilk yaponiyalik futbolchi bo'lgan. U 1994 yilda ijara asosida "Jenoa" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar