So’nggi yangiliklar

11:10«Челси» «Шахтёр»дан 65 миллион фунтга футболчи сотиб олмоқчи  4 10:43Аббосбек Файзуллаев: «ЦСКАнинг жойи 8-ўрин эмас...»  6 10:18«Манчестер Юнайтед» навбатдаги антирекордларни янгилади  10 09:52Маурисио Почеттинонинг ўрнига ёзда «Челси»га ким бош мураббий бўлиши маълум  9 09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  49 08:36Аббосбек Файзуллаев «Спартак»ка қарши учрашувдан олдин олинган сариқ бўйича журналистларнинг саволига жавоб берди  5 08:12Навбатдаги йирик мағлубиятдан сўнг тен Хаг истеъфо ҳақида фикр билдирди  21 07:47Sofascore. Гол урган Файзуллаев кечаги баҳсда неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:19Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  3 06:50РПЛ. ЦСКА - "Рубин" 2:2   1 06:45Лига 1. "Лилль" - "Лион" 3:4   0 06:40АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед" 4:0   0 06:35Саудия чемпионати. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" 1:2   0 06:30Серия А. "Удинезе" - "Наполи" 1:1   0

"5 yoki 6 o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar meni qiziqtirmaydi" - "Istiqlol" murabbiyi Vitaliy Levchenko chempionlik, "Nasaf" va o'zbek klublari taklifi Yangiliklar

"5 yoki 6 o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar meni qiziqtirmaydi" - "Istiqlol" murabbiyi Vitaliy Levchenko chempionlik, "Nasaf" va o'zbek klublari taklifi

Intervyu vaqti! Qo'shnilarimizda nima gap?

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi 2021 yil yakunlariga ko'ra mamlakat chempionligini tantana qildiBunga qadar dushanbeliklar 2010, 2011, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 va 2020 yillarda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan edi. Jamoa uchun joriy yil omadli keldi, deya olamiz. Klub o'z tarixida ilk bor OCHLda ishtirok etdi va guruh bosqichidan chiqdi. Oldinda esa yana bir sovrin uchun imkoniyat, yani Tojikiston kubogi finalida "Xo'jand"ga qarshi bahs kutib turibdi. Mavsum yakuni arafasida jamoaning ukrainalik murabbiyi Vitaliy Levchenkoni suhbatga chorladik.

- Vitaliy Grigorevich avvalo chempionlik bilan chin dildan tabriklaymiz. 2021 yilgi mavsum haqidagi dastlabki fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Tabrik va etibor uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ha, takidlaganingizdek mavsum qiziqarli va yodda qolarli voqelarga boy kechdi. Bizga ko'pgina yoqimli hissiyotlarni tortiq etdi. O'z tariximizda ilk bor OCHL guruh bosqichida qatnashdik. Avval bunga yaqin kelganmiz. Lekin nasib qilmagan ekan. Bilasiz kuchli guruhdan o'rin oldik. O'z kvartetimizda 1 o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdik. Musobaqada men uchun yoqimli narsa shu bo'ldiki, OCHLning amaldagi chempionini jamoamiz 4:1 hisobida taslim qildi. Yana bir bor ko'rindi, endilikda Tojikiston klublariga juda jiddiy munosabatda bo'lishadi. SHuningdek mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga biz 10 chempionlikni qo'lga kiritdik. Bu bilan barcha muxlislarimizni tabriklab qolaman. 

- Klub bilan oldingizga qo'ygan barcha maqsadlaringizga erishdingizmi?

- Bir gapni doim aytaman, tarix va kechagi kun bilan yashama. "Istiqlol" o'zi ishtirok etadigan barcha musobaqalarda maksimal darajada maqsad qo'yadi. 

- Tojikistonda darajasi o'sayotgan va rivojlanish borasida "Istiqlol"dan keyingi jamoani ayta olasizmi?

-  OFK kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgan klublar rivojlanishga harakat qilmoqda. Lekin ularga moddiy texnik baza etishmadi. Rivojlanishning tezkor va kompleks dasturini ishlab chiqish kerak. Buning uchun akademiya va yoshlar futbolini yo'lga qo'yish lozim. Buning uchun yaxshigina mablag' kerak. 

- "Xo'jand" bilan kechadigan kubok finaliga tayyorgarlik qanday ketyapti? 

- Biz har bir to'qnashuvga muhim o'yin sifatida qaraymiz va etiborni susaytirmaymiz. Diqqatimiz natijaga qaratilgan. SHuning uchun juda jiddiy tayyorgarlik ketyapti. G'alaba bizga mavsumni yuqori notada yakunlash imkonini beradi. 

- Bunday yutuqlar va natijalardan so'ng sizning haridorlaringiz ko'payishi tabiiy. Ayni paytda Tojikiston terma jamoasiga ham nomzodingiz ilgari surilayotganligi haqida eshitdik. SHuningdek o'zbek klublari orasida ham sizni ko'zlab yurganlar bor ekan...

- Mening keyingi faoliyatim borasida turli mish-mishlar bor. Lekin meni rivojlanishga qaratilgan loyihaga, yuqori maqsadlarga va vazifalarga ega jamoalar qiziqtiradi. Beshinchi yoki oltinchi o'rin uchun kurashadigan klublar qiziq emas. 

- 2021 yilgi O'zbekiston chempionatini kuzatib bordingizmi? Baribir chetdan xorijlik mutaxassisning fikri qiziq va xolisona bo'ladi...

- O'zbekiston chempionati so'zsiz Markaziy Osiyodagi eng kuchlisi. Barcha jamoalar sifatli futbol ko'rsatadi. Menga "Nasaf"ning falsafasi yoqadi. Asosiy etibor o'z tarbiyalanuvchilariga qaratiladi. Qiziq tomoni ular bilan ham yildan-yilga natija ko'rsatishni uddasidan chiqmoqda. Masalan 2021 yilda OFK kubogi finalida harakat qildi va O'zbekiston kubogida zafar quchdi. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика