5 kun ichida O'zbekiston U23 masalasi xal bo'ladi
16 may 2015 12:50
Yangiliklar


5 kun ichida O'zbekiston U23 masalasi xal bo'ladi
Turkmaniston olimpiya terma jamoasi saralashda ishtirok etmasligi bois "B" guruhida 4ta jamoa qolgan. Bular: Iordaniya, Quvayt, Qirg'iziston va Pokiston. 16 maydan 20 maygacha ushbu guruh o'yinlari bo'lib o'tadi.
16 may. Iordaniya - Pokiston 19:15
16 may. Quvayt - Qirg'iziston 22:15
18 may. Pokiston - Quvayt 19:15
18 may. Qirg'iziston - Iordaniya - 22:15
20 may. Iordaniya - Quvayt 19:15
20 may. Qirg'iziston - Pokiston 22:15
Musobaqa qoidasiga ko'ra, 10 ta guruhda birinchi o'rinni va eng yaxshi natija ko'rsatgan 5ta ikkinchi o'rinni band etgan jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida 6 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallagan. Olimpiyachilarimizning to'plar nisbati +5. O'zbekiston U23 ushbu natijasi bilan ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida 5 jamoa bo'lib turibdi. Agar "B" guruhida 2 o'rin egasi bizdan yaxshiroq natija ko'rsatsa, 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Osiyo chempionati va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridan quruq qoladi.

Fikrlar