So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

42ta xodimi bor stadion yoxud Xo'jamurod Kazakov bilan suhbat Yangiliklar

42ta xodimi bor stadion yoxud Xo'jamurod Kazakov bilan suhbat

Qashqadaryo viloyatining Muborak shahriga borganimizda tabiiyki “B.Vafoev” nomli stadionda ham bo'ldik.
Maydonning bugungi kundagi xolati ko'ngildagidek deyish mumkin. Har xolda vodiydagi stadionlardan zo'r. Qarov yaxshi bo'lgani bilinib turibdi. Yoshlar ligasi o'yini ham ushbu arenada kechdi. “Mashal” – “Andijon” bahsini kuzatish jarayonida “gazchilar”ning sobiq o'yinchisi bilan o'zaro suhbatlashib o'tirdik (uning ismi sir bo'la qolsin). Maydon haqida gaplashib o'tirib, mendan vodiydagi stadionlarni maydoni qay tarzda ekanligi bilan qiziqdi. O'tgan yili Andijondagi “Sog'lom avlod” stadioniga borganida maydonning yarmini bo'yalgan xolatda turganini ko'rgan ekan.

SHuning uchun ham qiziqish bilan hozir qay darajada ekanligini so'radi. Men esa nafaqat Andijon balki vodiyning boshqa klublarini maydoni mart, aprel oyida butunlay yam-yashil bo'lmasligini takidladim. SHunda sobiq futbolchi nega ular Sibirda joylashganmi? deya savolga tutdi. Nima deyishni bilmay qoldim. Haqiqatdan ham uning gapida jon bor. CHo'lda joylashgan maydonning bugungi xolatini ko'rsangiz, qoil qolmasdan ilojingiz yo'q. Etibor yuqori. Vodiydagi stadionlarning maydoniga qaraydigan masul shaxslar bilan ko'p gaplashsangmiz.

Ular doim o'zimizni oddiy ajiriq ekanligini ro'kach qilib, qo'ldan kelganicha parvarish qilinayotganini takidlaydi. Ularning gapi ham qisman to'g'ri. Negaki bu ko'proq stadion direktori va klub rahbarining vakolatiga kiradi. Maydonning sifatini yaxshilash uchun kerakli pul ajratilmaydida, malum miqdorda o'g'it olib beradi. SHu bilan maydonga yaxshi qaradik, parvarish zo'r degan gaplarni aytib yuraverishadi.



Xullas Muborakdagi safarimiz chog'ida “B.Vafoev” nomli stadionning direktori Xo'jamurod aka Kazakov bilan ancha vaqt suhbatlashdik. Aytish lozimki, joriy yil 57 yoshni qarshi olgan Kazakovni o'yin kunlari o'z xodimlari bilan tengma-teng ter to'kishiga guvoh bo'ldik. Balki ochilish uchrashuvi bo'lgani uchunmi? “Mashal” bosh direktori ham talabchan ekanligi bois, ishchi xodimlar o'yin kunlari o'z vazifasiga sidqidildan yondosharkan.

- Xo'jamurod aka, yurtimizda milliy chempionat o'yinlari boshlandi. Xo'sh aytingchi, “B.Vafoev” nomli stadion mavsumga tayyormi?
- Stadionni o'zini umumiy olib aytganda, hozircha to'liq tayyor deya olmayman. Ko'rgan bo'lsangiz asosiy tribunani orqa tomoniga qo'shimcha bino qurilmoqda. U erdagi qurilishni tugashiga oz vaqt qoldi. Keyinchalik jamoalar uchun kiyinish (razdevalka) xonasi o'sha tarafda bo'ladi. Maydonni oladigan bo'lsak, bu borada deyarli tayyor deyish mumkin. Lekin 100 foiz darajada ekan. Nasib qilsa maydon sifati bundan-da, ideal xolatga kelib ulguradi. Buning uchun ozroq vaqt kerak yana.

- O'tgan yili kuzdayoq maydonda ish boshlangandi. Maysani to'liq olib tashlaganmidinglar o'shanda?
- Yo'q, qisman. Bilasizmi ajiriqni ham muddati bo'larkan. U 4-5 yildan keyin qarib boradida, kutilganidek o'smay qolarkan. Biz maydonimizdagi ayrim joylaridagi ana shunday ajiriqlarni olib tashlab, o'rniga boshqa o'tqazdik.
 
- Maydon to'liq ajiriqdan iborat bo'lmasa kerak?
- Ha, biz maysalardan ham foydalanmoqdamiz. Bitta maydonga 350 kg urug' sepilishi mumkin. Biz ham shuncha miqdorda “Kanada green” maysasining urug'idan foydalandik.



- Ko'ryapmizki, maydonning bugungi xolati alo darajada. Bunga qanday erishildi?
- Milliy chempionatimiz mart oyida boshlanadi. Bu vaqtga kelib maydon xolati ob-havoga bog'liq bo'lib qoladi. May oyidan boshlab esa hamma stadion yam-yashil bo'lib boradi. Bu yil ob-havo yaxshi bo'ldi. Fevral oyida ozgina sovuq bo'ldi. Lekin mart oyiga kelib kun isib ketdi. O'zimizning ajiriq ob-havo ozgina soviy boshlasa, tezda uyquga ketarkan. Issiqlik tegsa birdan uyg'ona boshlaydi. Sepilgan urug'lar esa endi-endi tomir ota boshladi. Biz urug'larni biroz kechikib sepdik. Lekin shunga qaramay, hammasi yaxshi bo'lib bormoqda. Vaqtida suv berishni ham bilish kerak. Biz har kuni ikki soatdan suv qo'yamiz.

- Maydonni o'ziga qaraydigan alohida xodimlar bo'lsa kerak?
- Ha, shunday. Hozir 4ta maydon mutaxassisi ishlamoqda. Urug'ni ularning o'zi sepadi. Maydon ham yosh boladek. Uni asrab-avaylab, aldab borasiz. Bir haftada ikki marta suv bermasangiz, tezda salbiy tomondan ko'zga tashlanib qoladi. Maydonni to'liq yam-yashil xolatga olib kelsangiz bu o'zingiz uchun ham qandaydir yoqimli tuyuladi. Qolaversa futbolchilar ham miriqib o'ynaydi. Kelgan mehmonlar xavas bilan qaraydi. Biz shu yo'lda qo'ldan kelganicha ishlamoqdamiz. 

- Stadionning umumiy xodimlari necha nafarni tashkil etadi?
- 42ta. Bog'bon, maydon mutaxassisi, elektor ishlari bo'yicha va hakozo. O'zim ham doim shu erda bo'laman. Kechasi sug'orib ketmasam, o'zimni hotirjam his qilmayman. SHuning uchun vaqtida xodimlarimga ham qarashib turaman.

- Ishchi xodimlarning barchasi har kuni stadionga keladimi yoki asosan o'yin kunlarimi?
- O'yin kunlari har kuni kelishadi. Bizda ish vaqti ertalab soat 08:00dan 16:00gacha qilib belgilangan. Har bir xodim 8 soat ishlashi kerak. Bugun 3 soat ishlasa, ertaga kelib 5 soat ishlab ketishi kerak. SHunda kelishmovchilik bo'lmaydi. Yana shuni ham aytib o'tishni istardimki, xodimlar bepul oziq-ovqat bilan taminlanadi.  

- Stadionda qachondan buyon faoliyat yuritib kelmoqdasiz?
- Bu erga 2003 yili kelgandim. O'shanda klubning sobiq rahbari Bahrom Davlatov meni taklif etib, stadion direktori sifatida ishlashimni aytgandi. O'zim ham futbolga qiziqqani bois, taklifni rad eta olmaganman.

- Stadiondagi maydonlarning umimiy miqdori qancha?
- 4ta tabiiy, 4ta suniy maydon mavjud bo'lib, ularning hajmi turlicha. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham shu erda mashg'ulot o'tkazadi. Qish faslida tabiiy maydonlar yopiladi. SHunda hamma suniy maydondan foydalanadi. 1-2-maydonlar rasmiy o'yinlarni o'tkazishga to'la javob beradi. Futbolchilarni kiynish xonasi bilan issiq va sovuq deganlaridek, hammasi mavjud. 



- Aytishlaricha yaqinda qo'shimcha suniy maydon qurish rejalashtirilayotgan ekan. SHu rostmi?
- Ha. 3-maydonimizni o'rniga suniy maydon qurish rejasi ishlab chiqildi. Tabiiy maydonni esa 1-maydonning orqa tomoniga ko'chiramiz. Yangi suniy maydon hajmi 105x69 bo'ladi. Keyin qish faslida bo'ladigan bolalar turnirini ham bemalol qabul qila olamiz. 

- Stadionga nechta eshikdan kirish mumkin?
- Ishqibozlar to'rtta xududdan kira oladi. Avtoulovlar uchun ham maxsus joy qilingan.  

- OAV xodimlari uchun media tribunachi?
- “Mashal” futbol klubi jurnalistlarni doimo xurmat qiladi va ularni qadrlaydi. Bugungi kunda jurnalistlar uchun stadionimizda joy bor. Lekin yaqinda yangi loyixa ishlab chiqildi. Nasib qilsa tez orada OFK talablariga to'la javob beradigan media tribuna ishga tushadi. SHunda WiFi internet tizimi ham bo'ladi. Kelgusida klubimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etsa, xorijdan keladigan jurnalistlar uchun ham qulay sharoit bo'lmasa, xijolat chekib qolish hech gap emas. Stadionga OAV xodimlarini kirib kelishi uchun alohida kirish eshiklari qilinmoqda.

- Stadionda ikkita karnay borligini ko'rdik. Butun stadion uchun ikkita karnay kam emasmi?
- Yo'q, hozircha shuni o'zi etarli bo'lmoqda. Oldin 6-8ta karnay qo'yganmiz. Lekin ularning sifati yaxshi chiqmadi. Keyin 2ta baland tovush chiqaradigan karnay qo'yishni lozim topdik. SHuni o'zi ham bugungi kunda butun stadion uchun etarli bo'lmoqda va qarama-qarshi tribuna to'lgan taqdirda ham suhandon ovozi bemalol eshitiladi. 



- Stadionning umumiy xududini olsak, nechchi gektarni o'z ichiga oladi?
- 14 gektar. Buni ichida yuqorida aytib o'tganimdek 8ta maydon mavjud. Keyin 1ta sport zal bor. Yoz fasli uchun ikkita fontan qurilgan. 500x1000 kub hajmdagi zaxira xovuzimiz bor. Yong'inga qarshi qilingan.  

- “Mashal” akademiyasi ham stadion ichida joylashgan. Ularning binosiga ham sizlar masul bo'lsanglar kerak?
- Albatta. O'ylaymanki akademiya tarbiyalanuvchilari uchun ham qulayliklar yaratilgan. Binoning ikkinchi qavatida 26ta xona mavjud bo'lib, ular bolalarni istiqomat qilishlari uchun berilgan. Unga qo'shimcha 6ta xona esa murabbiylarga ajratilgan. Hammom va xojatxonalar ham terlicha. Mashg'ulotdan keyin yuvinish uchun issiq va sovuqlar doimiy tarzda bo'ladi.

- Ishqibozlar uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Aytaylik stadionning o'zida ichimlik suvi va shunga o'xshash narsalarni sotuvi yo'lga qo'yilganmi?
- Savdo do'konlarimiz bor. Lekin hozircha bu narsa to'liq yo'lga tushmadi. Klub atributkalarini ham ishqibozlarga sotishni yo'lga qo'yishimiz kerak.

- O'yinlarga chiptalarni stadion ishlab chiqaradimi?
- Yo'q, klub o'zi chipta sotadi. Undan tushgun pul ham klub ravnaqi yo'lida sarf etiladi. Stadion xodimlariga esa klub oylik to'laydi.

- “B.Vafoev”nomli stadion o'z bag'riga qancha muxlisni sig'dira oladi?   
- 10000 tomoshabinga mo'ljallangan. Jami 8ta sektordan iborat. Lekin bugungi kunda 7500 nafar tomoshabin uchun o'rindiq bor. SHuningdek nogironlar uchun ham alohida joy ajratilgan. CIP va VIP lojalar ham mavjud.  

- Tribuna oxirgi qachon muxlislar bilan to'lganini eslay olasizmi?
- (Biroz o'ylanib) Menimcha bu 2008 yilning ikkinchi davrasiga to'g'ri kelsa kerak. Aniqrog'i braziliyalik taniqli futbolchi Rivaldoni “Bunyodkor” bilan Muborakka kelganida stadionimizga muxlislarning tashrifi  keskin ortgandi. Adashmasam Rivaldo shu kuni milliy chempionatimizda debyut uchrashuvini o'tkazgandi. Bitta golni u juda chiroyli tarzda kiritgan. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика