So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  2 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  24 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

40 millionga baholangan iqtidor Yangiliklar

40 millionga baholangan iqtidor

APLning yangi mavsumidan boshlab, Kot-d~Ivuarning kichkinagina Binjervil shaharchasi ikkiga bo'linishi kutilmoqda - ko'klar va qizillar.

Negaki, Kot-d~Ivuar termasining ikki etakchi futbolchisi - Uilfrid Boni va Erik Bayilar xuddi shu shaharchada dunyoga kelishgan bo'lib, hozirda ularning biri Manchester Siti, ikkinchisi esa Manchester Yunayted klubi sharafini himoya qilyapti.

Etiborlisi, Boni Gollandiyaning Vitess klubida to'p surib yurgan kezlari Bayi futboldagi faoliyatini endigina boshlayotgandi. Uni ham, ko'pgina afrikalik iqtidorlar singari, o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan xalqaro turnirlarning birida kashf qilishgan va shu tariqa, yoshgina bolakay rasmiy kelishuvga imzo chekish orqali nafaqat rivojlanishning keng yo'liga, balki osuda evropacha hayotga ham kirib kelgan. O'shanda Erikni Ispaniyaning Espanol klubi skautlari ko'z ostilariga olib qo'yishgandi. Burkina-Fasodagi o'sha turnirda 20-25 jamoa ishtirok etgan, yosh futbolchilar esa turnir davomida faqat bir nusxagina liboslardan foydalanishgandi, - deb eslashadi Kataloniya klubi vakillari. Mazkur musobaqadan so'ng klub skautlari Bayiga quyidagicha tarif berishgandi: CHidamli, aql bilan o'ynaydi, to'p bilan muomalasi yaxshi, tezkor, himoyadan hujumga o'tishda g'oyat tajovuzkor. 17 yoshli Bayi bu paytlarda turli chiziqlarda birdek samarali harakat qilardi: markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisi o'rinlarida.



Lekin shunga qaramay, o'smir javohir yoki shunga o'xshash noyob, qimmatbaho toshlar nomi bilan ulug'lanmadi. CHunki u himoyada yaxshi o'ynab, raqib hujumchilarini muvaffaqiyat bilan to'xtatib qolsada, bazi bir taktik xatolarga yo'l qo'ygan­di. Aynan shu boisdan Bayi Sevilya, Vilyarreal yoki Yuventus emas, Espanolning yoshlar jamoasi tarkibiga kirib qoladi. Zero, o'sha turnirni yuqoridagi klublar skautlari ham diqqat bilan kuzatishgan va tabiiyki, Bayiga ular ham etarlicha etibor qaratishgandi. SHu tariqa, Erik 2011 yili taqdir taqozosi bilan Ispaniyaning futbolga munosabat o'ta yaxshi bo'lgan hududlaridan biriga kelib qoldi. Turgan gapki, Espanol -  Barsa emas. Lekin istedodli yoshlarga etibor kuchli bo'lgan ispan futbolining o'ziyoq ivuarlik qashshoq yigitchani to'la qanoatlantirardi. Ammo bu davr Manchester Yunaytedning bo'lg'usi azosi uchun eng mashaqqatli paytlar bo'ldi. Sababi, Bayining vatanida fuqarolar urushi ketayotgani uchun u mehnat vizasini ololmagani sababli, deyarli bir yil yangi klubi safida o'yin o'tkazolmay, faqat mashg'ulotlar bilan cheklandi. Nihoyat, tegishli hujjatlar futbolchining qo'liga kelib tushishi bilanoq, avval Espanol B tarkibida, keyin esa jamoaning asosiy tarkibida debyutini nishonladi. Eng qizig'i, Espanol uchun atigi beshtagina rasmiy uchrashuv o'tkazdi-da, Vilyarreal darajasiga ko'tarildi. Yani, Vilyarreal himoyachini sotib oldi. Negaki, bir yillik mashg'ulotlar vaqtida Erikning ijobiy xususiyatlari qatoriga o'ziga ishonch va sovuqqonlik fazilatlari ham qo'shilgandi. Masalan,  2014 yilning dekabrida Bayi Espanol asosiy tarkibida Barselonaga qarshi maydonga chiqdi. O'shanda Espanol Kamp Noudan 1:5 hisobidagi yirik mag'lubiyat bilan ortga qaytdi. Lekin o'yinni kuzatgan skautlar Bayining harakatlariga xuddi premeroda 50ta o'yin o'tkazgan tajribali himoyachidek baho berishgandi.

Aftidan, Vilyarreal rahbarlari ham xuddi shunday o'ylashdi va kechiktirmay, futbolchining huquqlarini Espanoldan 5,7 mln. evroga sotib olishdi. Holbuki, Erik La-ligada endigina 5ta o'yin o'tkazgandi, xolos. Ana shunday voqealar ostida Bayi endi Vilyarrealga kelib qoldi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi esa besh yarim yilga mo'ljallangandi. Aslida, sariq suv osti kemasidagilar Bayi misolida Gabriel Paulistaga munosib vorisni ko'rishgandi. CHunonchi, Paulista Arsenalga o'tib ketganidan so'ng himoya chizig'ida muammolar ko'zga tashlanib qolgandi. Muhimi, Bayi rahbarlarni uyaltirib qo'ymay, Vilyarrealga kutilganidan ham tez kirishib ketdi va asosiy tarkibdan muqim o'rin egallay oldi. Qisqasi, jamoa o'tgan mavsumda La-liganing to'rtinchi pog'onasini band qilib, CHL yo'llanmalaridan birini qo'lga kiritishida Erik Bayi nihoyatda muhim o'rin egalladi. Umuman olganda, 2015|2016 yillar mavsumida u Vilyarreal libosida 35ta o'yinda maydonga tushdi. SHunisi etiborliki, bu o'yinlar davomida jamoa atigi 17 marta o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborgan. Qolaversa, Bayi va uning klubi o'tgan mavsumda Atletiko hujumchilarini butkul qurolsizlantirgan yagona jamoa bo'ldi (1:0 uyda, 0:0 mehmonda). SHubhasiz, shunday yuksak natija qayd etilishiga Bayi ulkan hissa qo'shdi. Bundan tashqari, Erik va uning himoyadagi sheriklari mavsum davomida Madridning Real klubidan bittagina ko'p gol o'tkazib yubordilar, xolos.

Real (1:0) va Barselona (2:2) klublariga qarshi o'tgan uy uchrashuvlari esa nafaqat Vilyarreal, balki ivuarlik himoyachi uchun ham tarixdagi eng yaxshi o'yinlardan bo'lib qoldi. To'g'risini aytish kerak, Bayi o'zi sezmagan holda, Rafael Benitesning istefosiga ham sababchi bo'ldi. CHunki madridliklarning Ronaldu va Beyl kabi mashhur va ijodkor futbolchilari ham Bayidan o'tib ketishni uddalay bilishmagandi. Barsaga qarshi o'yinda esa Erik shunchalik muvaffaqiyatli harakat qildiki, birgina u mashhur uchlik - MSNga ogohlantirishsiz qarshilik qila oldi. Bu o'yinda Vilyarrealning Bayidan boshqa barcha himoyachilari, umuman, jami 8 nafar futbolchisi hakamdan sariq kartochka olganini inobatga olsak, Bayi qanchalik toza o'yin o'tkazganini tushunib etish mushkul emas.

Aslidaku, tartib-intizom - ivuarlik futbolchining eng ojiz tomonlaridan biri. Negaki, u kattalar futbolidagi 55ta o'yinda 18 marta sariq, 2 bora qizil kartochkaga munosib ko'rilgan. O'tgan mavsum boshida ham Bayi 9ta o'yinda hakamlar tomonidan  etti marta ogohlantirildi. SHundan so'ng Vilyarreal ustozi Marselino himoyachi bilan jiddiy gaplashib olishga qaror qildi. Natija esa o'zini uzoq kuttirmadi: Erik chempionatning so'nggi 13ta bahsida biror marta ogohlantirish olmadi.

Biroq afrikaliklarga xos qiziqqonlik Bayini osonlikcha tark etmasa kerak. Negaki, u bazida o'zini xuddi vatandoshi Kolo Turedek tutadi. Aytishlaricha, Kolo Arsenal tarkibiga yangi kelgan paytda mash­g'ulotlarning birida jamoa afsonasi hisoblangan Denis Bergkampga nisbatan o'ta qo'pol podkat qo'llab, izza bo'lib qolgan ekan.

Xullas, Liverpul va Tureni Evropa Ligasi yarim finalidan chiqarib yuborish Bayiga nasib etmadi (aniqrog'i, ivuarlik himoyachi jarohat tufayli javob o'yinida qatnasholmagan), ammo shunga qaramay, u Manchester Yunayted klubi va shaxsan Joze Mourinoning jiddiy qiziqishiga sabab bo'ldi.

Erik - katta iqtidorga ega yosh himoyachi, - deydi portugaliyalik mutaxassis jamoaning yangi azosi haqida. - Uning rivojlanishi chakki emas. Agar Bayi o'sishdan to'xtamasa, yana bir necha yillar davomida o'z chizig'ining eng kuchli vakillaridan biri bo'lib qoladi.

O'xshashlikni qarangki, Bayi ham, Mourino ham Yunayteddagi hayotni endi boshlashmoqda. Demak, Jozega tegishli bo'lgan MYU - kelajak sari intilishda juda zarur klub degan so'zlar ularning har ikkisiga to'g'ri keladi. Benazir uchun Manchesterda universal, yani bir necha chiziqda birdek samarali o'ynay oladigan futbolchilarning ko'payishi ayni muddao. Ko'rdikki, Lui van Gal jarohatlar epidemiyasi vaqtida o'ta murakkab ahvolga tushib qoldi. Bayi esa shunday holatlarda Mourinoning joniga oro kirishi aniq.  Ispaniyada u gohida o'ng qanot himoyachisi sifatida maydonga chiqib, ajoyib o'yin ko'rsatardi. Bu esa aslida markaziy himoyachi bo'lgan futbolchilar uchun nihoyatda kerakli xislat, - deydi Bayining yangi ustozi.

CHindan ham, ivuarlik futbolchi primeroda asosan, markaziy himoyachi sifatida tanilgan bo'lsa-da, sharoit taqozo qilsa, o'ng va chap qanotlarda to'p suraverardi. Jumladan, u Real­ga qarshi o'yinda o'ng, Atletikoga qarshi esa chap qanotda harakatlangan. Terma jamoaning Maliga qarshi o'yinida esa yana ham oldinroqda, vinger vazifasini bajardi. Bunaqa futbolchilarni kunduz kuni chiroq yoqib topib bo'lmaydi, - deydi Mourino.

Bayi shuningdek, terma jamoasida ham allaqachon o'z o'rniga ega bo'lib ulgurgan. Ayni paytgacha uning hisobida Kot-d~Ivuar uchun o'tkazilgan 15ta o'yin va 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogining oltin medali bor. Takidlash lozim, 21 yoshli Erik bu turnirning barcha olti uchrashuvida to'liq ishtirok etib, Gana darvozasiga belgilangan penaltini sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirdi. Meni termada faxriylar, ayniqsa, Kolo Ture tinimsiz qo'llab-quvvatlaydi, - deydi Bayi. - SHuning uchun undan ko'p narsa o'rganib, jamoadagilar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlamoqchiman.



Qarangki, bir yil ichida Bayining narxi 6 barobar qimmatlashib, 5,7dan 40 million evrogacha ko'tarildi. Aytgancha, bu transfer Vilyar­real tarixidagi rekord natija hamdir. SHubhasiz, raqamlarning bu qadar chiroyli ko'rinish olishiga Yunayted rahbarlari aybdorlar. Mourino esa Erik narxga ortiqcha etibor qaratmay, o'z vazifasini alo darajada uddalashidan umidvor.

Tezkor, atletik xususiyati yuqori, iqtidorli va jasur, - deb yozdi ingliz matbuoti Bayi haqida. Angliyaliklarning fikricha, Erikdan hozircha Diego Godin (Atletiko), Serxio Ramos (Real) va Jerar Pike (Barselona)largina salgina ustunroq.

Ochig'ini aytganda, hali ancha yosh Bayi uchun Vilyarrealda, Marselino qo'li ostida to'p surish birmuncha osonroq edi. Lekin yoddan chiqarmaslik kerakki, Mourino bilan ishlash imkoniyati ham har kimga nasib etavermaydi. Boz ustiga, Vilyarreal yangi mavsumda CHLda qatnashadi, MYU esa Evropa Ligasida. Biroq Bayi, Ibragimovich va Mxitaryanlarni xarid qilgan jamoa bir yildan so'ng avvalgi darajasiga ko'tarilib olsa, ajabmas.

Xullas kalom, Bayi o'z tarixini Burkina Fasodagi ko'rimsiz bir maydonda boshlagandi. Endi esa uni Orzular teatridagi ajoyib spektakllar kutmoqda. Nima ham derdik, omad yor bo'lsin, yigitcha! Angliyada muvaffaqiyatga erisha olasan. Axir, sen Kantonaning adashisan!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика