So’nggi yangiliklar

22:33Ла Лига. "Реал Мадрид" "Реал Сосьедад"га қарши ўйин учун бошланғич таркибини одатдагидек эрта эълон қилди  5 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  10 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  94 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  40 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  429 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  5 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  18 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  12 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  1 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6

39 yoshida ham A Seriya to'purari bo'lib turgan Zlatan haqida Yangiliklar

39 yoshida ham A Seriya to'purari bo'lib turgan Zlatan haqida

Ibragimovich uchun chindan vaqtning ahamiyati yo'q, shekilli.

"Milan" A Seriyaning 5-turi doirasida "Roma" bilan uchrashdi va bahsni gollarga boy bellashuv bilan (3:3) yakunlab berdi. To'qnashuvning asosiy qaxramonlaridan biri "rossoneri" etakchisi dubl qayd etgan Zlatan Ibragimovich bo'ldi.

Bu gollar 39 yoshli futbolchi Italiya chempionati to'purarlar poygasida etakchi bo'lib olishini taminladi va Ibra hamon katta o'yinlar taqdirini bir o'zi hal qila olishi mumkinligini ko'rsatib berdi (avvalroq "Inter" bilan derbida dubl qayd etgandi).

Umumiy hisobda "Milan"ga qaytganidan keyin 24 o'yinda maydonga tushgan Zlatan 18ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi – o'rtacha deyarli har o'yin bittadan samarali harakat. Qaytaramiz, u 39 yoshda!

Ammo Zlatan qanchalik zo'r goleador bo'lmasin, jamoaviy harakatlarni inobatga oladigan bo'lsak, u "Milan"ga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltirmoqda. Bu erda pressingda faollik ko'rsatmaslik va  pozicion himoyada ishtirok etmaslik hamda o'yinning kichik detallarini qayd etish mumkin. 

Ibragimovichning maydonda bo'lishi – bu gollar va samarali uzatmalar degani, bu bilan tajribali futbolchi asosan yoshi sabab bo'layotgan kamchiliklarini yopib ketadi. SHu o'rinda qayd etish lozim, "Milan" qiyin vaziyatda qolib, gollar juda zarur bo'lsa, Zlatan to'pni olib qo'yish uchun, hujumni boshlab berish uchun tayanch zonasigacha qaytmoqda, raqib posboni ham taqib qiladi, orqaroqda jamoa o'yinini, hujumlarini boshqarishga intiladi. Bu ishni qanchalik omadli bajara olishi boshqa masala.

Biroq bularning barchasi – boshqa bir maqola uchun mavzu. Bu safar biz Zlatan hozirgi "Milan" uchun qaysi jihatlari bilan foyda keltirayotgani haqida gaplashmoqchi edik.

1. Zlatan – havodagi kurashlarda tengsiz. Ayni pallada Ibragimovich A Seriyada to'p uchun havodagi kurashlarda eng ko'p g'olib chiqqan – shveciyalik har o'yinda o'rtacha 5,3 marta havodagi kurashlarda ustun kelmoqda (etiborli jihati bu borada "Milan"da ikkinchi o'rin himoyachi Romanoliga tegishli - o'rtacha 3,5 marata, uchinchi Ker – 2,4). Foizlarda hisoblaydigan bo'lsak – Ibraning barcha urinishlarining 69,6%, bu ham Italiya chempionatidagi eng yaxshi ko'rsatkich.

Bu ustunlik "Milan"ga top jamoalarga qarshi o'yinlarda himoyadan chiqishda uzun paslardan foydalanish imkonini beradi, Zlatan kurashni yutadi va sheriklari uni qanotlardan qo'llash uchun etib oladi. Natijada, qarshi hujum boshlanadi.

2. Ikkinchi aspekt birinchisi tufayli kelib chiqadi – bu Zlatanning standartlar vaqtida foydali harakat qilishi. Qayd etish lozim, Ibragimovich raqib burchak to'pi tepayotganda orqaga qaytadi va yaqin ustun yonidan o'rin egallaydi. 

Oxirgi turda "Roma"ga qarshi o'yinda aynan Zlatanning xatosi rimliklarning uchinchi goliga sabab bo'ldi. U negadir oddiy o'ynab, boshi bilan to'pni uzoqlashtirish o'rniga, akrobatik usulda harakat qilishga urinib ko'rdi va to'p Kumbullaga tegdi. Aynan shu vaziyatni inobatga olmasak, Ibragimovich o'z zonasiga yo'naltirilgan to'plar uchun kurashda 100% ijobiy natija ko'rsata oldi.

3. Zlatan jamoa uchun psixologik jihatdan ham juda muhim. Birinchidan, u bir o'zi (shu o'rinda qayd etish lozim "Milan" top-5 chempionatlarda eng yosh tarkibga ega), muxlislar va OAV etiborini o'ziga qaratib qator yosh futbolchilarni bosimdan ozod qilmoqda, yoshlar esa bemalol o'z ustida ishlab, o'sishga erishmoqda.

SHuningdek, Ibragimovich "Milan"ning qator yosh futbolchilari uchun ustoz vazifasini bajarib bermoqda. U nafaqat maydondagi harakatlar, balki ishga munosabat va g'oliblik mentalitetini singdirishda salmoqli foyda keltirmoqda.

4. Ibragimovich qolganlarni 110% kuch bilan harakat qilishga undaydi. U bilan birga hattoki umid yo'q degan futbolchilar ham kuchliroq o'ynay boshlaydi. "Milan"ning hozirgi tarkibidan – Xakan CHalxanoglu va Frank Kesse bunga misol bo'la oladi. Zlatan qaytgunga qadar ushbu o'yinchilarni tarkibning eng kuchsiz vakillari deb hisoblashar va kimga bo'lsa ham qutulish niyatida yurishgan edi. Endi bo'lsa, bu ikki futbolchi Pioli uchun asosiy tarkibning muhim azolari.

Siz bu Stefanoning mehnati samarasi yoki taktikaning o'zgarishi deyishingiz mumkin. Bunday fikrdagilar "Milan"da yaqin o'tmishda Zlatan bilan birga yorqin o'yin ko'rsatgan xavbek Antonio Nocherinoni (2011/12 yilgi mavsum 11ta gol urgan) va hujumchi PSJga yo'l olgach, yana o'rtamiyona futbolchiga aylanib qolganini eslash kifoya. 

Nocherinoning o'zi Zlatan haqida: "Birinchi navbatda u bilan birga maydonda harakat qilayotganingizda kuchingizga yuqoriroq baho bera boshlaysiz. Agar siz 100% kuch bilan o'ynayotgan bo'lsangiz, unda siz 300% kuch bilan o'ynashingiz talab qilinadi. Agar siz uning talablariga moslasha olmasangiz, uning jaxli chiqa boshlaydi. Agar siz etiborni yo'qotsangiz yoki bo'shashsangiz Zlatan buni etiborsiz qoldirmaydi. Kuchsizlar ham Zlatan birga bo'lsa, kuchayib ketadi".

SHunga o'xshash fikrlar sobiq milanchi Antonio Kassanodan ham chiqqan: "Mashg'ulotlarda Zlatan har bir futbolchini ko'proq ishlashga undaydi. Agar u kimdir bor kuchi bilan harakat qilmayotganini sezsa, darhol ovozini balandlatadi. Xazillashmayapman, siz bundan qo'rqishingiz zarur".

Bir etibor bering-a, "Milan" deyarli o'sha resurslar bilan Zlatan qaytgunga qadar "Atalanta"ga (0:5) yutqizayotgandi va turnir jadvalining yuqori qismidagilarni mag'lub etishda jiddiy muammolarga duch kelardi, qaxramonimizning "kambekidan" keyin esa top-7 vakillari bilan to'qnashuvlarda faqat bir marta "Inter"ga yutqazdi (2:4), keyinroq hamshaharlaridan ham o'ch olindi va 22 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. Tasodifmi?

5. Zlatan hamon katta o'yinlar taqdirini individual mahorat evaziga hal qila oladi. Oxirgi vaqtlarda "Milan"ning yoshroq futbolchilari autsayder va o'rtamiyona raqiblarni Ibragimovichsiz ham mag'lub eta olishlarini isbotlashdi. Ammo kuchliroq raqiblar misol uchun Antonio Kontening "Interi" yoki ECHL yo'llanmasi uchun raqobatchi "Roma"ga qarshi Ibrasiz qiyin bo'lishi aniq edi (har ikki o'yinda shveciyalik dubl qayd etdi).

Ha, tunda bo'lib o'tgan uchrashuvda Ibra gol urmadi (Braim Diasga golli uzatma) va penaltini omadsiz amalga oshirdi (to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi). Lekin shunday bo'lsa ham Zlatan – bu "Milan"ning metin xarakteri, u bilan "Milan" hech qachon "luzer" bo'lmaydi. Ko'p yugurish haqida esa yaxshisi Ibraga og'iz ochmang...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика