38 yoshli Krauch yana APLda to'p tepishi mumkin

30 yanv 2019, 21:37
“Stok Siti” hujumchisi Piter Krauch yana APLga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi Chempionship jamoalaridan tushgan takliflarni rad etgan va “Byornli”da to'p tepishi mumkin. “Stok Siti” ayni paytda futbolchini 9 million funt sterlingga sotish va “Byornli”dan hujumchi Sam Vouksni qo'lga kiritish niyatida. 

Krauch 2011 yildan buyon “Stok Siti”da to'p tepib kelmoqda. Ilgari u “Tottenhem”, “Kuinz Park Reynjers”, “Portsmut”, “Liverpul”, “Aston Villa”, “Norvich”, “Sautgempton”da to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail