37 yoshli Raul Albiol "Vilyarreal" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi
10 may 2023 19:25
Yangiliklar
37 yoshli Raul Albiol "Vilyarreal" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi
Futbolchi 2024 yilning yoziga qadar "sariq suvosti kemasi"da harakat qiladi.
"Vilyarreal" klubi o'z sardori Raul Albiol bilan rasman yangi shartnoma imzoladi. 37 yoshli himoyachi yana bir yil klubda qoladi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar edi.
Foto: "Vilyarreal" klubi matbuot xizmati
Ispaniyalik futbolchi 2019 yildan buyon "Vilyarreal"da o'ynab kelmoqda. 37 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar