35 yoshli Inesta faoliyatini yakunlamoqchi emas

18 apr 2020, 01:28
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini yaqin orada tugatmoqchi emasligini aniq takiidladi.

Shuningdek, "Barselona"ning sobiq sardori o'zi billan birga to'p tepgan klub tarbiyalanuvchilari singari kuchli avlod "ko'k-anorrang"lilar tarixida takrorlanmaligiga ishonadi.

"Bu avlod hech qachon takrorlanmaydi, ammo klub tizimi to'g'ri shakllanganini hisobga olsak, keyingilari ham yomon bo'lmaydi. Men Puyol va Viktor Valdesning ketishiga guvoh bo'ldim, keyin esa Xavi...

Men faoliyatimni imkon qadar uzoqroq davom ettirmoqchiman. Ko'proq to'p tepishni xohlayman, chunki bu menga zavq beradi. Mening 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnomam bor, lekinhar mavsum oxirida vaziyatga qarayman. Hozir yaxshi formadaman, bu meni ruhlantiradi. Men o'ynashni davom ettirmoqchiman va hozir shu yerda bo'lganimdan xursandman.

Aytganimdek faoliyatimni yakunlagach, "Barselona"ga qaytaman".

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito