35 yoshli darvozabon Sirigu "Napoli" bilan shartnoma imzoladi
11 avg 2022 16:28
Yangiliklar
35 yoshli darvozabon Sirigu "Napoli" bilan shartnoma imzoladi
"Napoli" darvozabon Salvatore Sirigu bilan shartnoma imzolanganini elon qildi.
35 yoshli italiyalik bilan shartnoma bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Sirigu o'tgan mavsum "Jenoa"da o'ynadi.
Darvozabon genuyaliklar tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 59ta to'p olib chiqdi va 10ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
Fikrlar