So’nggi yangiliklar

19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  0 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  14 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  25 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1

347 kun qoldi... Yangiliklar

347 kun qoldi...

Kelasi yili shu vaqtga kelib Rossiyada futbol festivali davom etayotgan bo'ladi.


Bu safargi Jahon chempionati har qachongidan ham boshqacha, o'zgacha ruhda o'tishini hozirdan sezish mumkin.
Nega deysizmi? CHunki bu safargi futbol festivalida yangi oltin avlodi shakllanayotgan Franciya, Evropada xo'jayinchilik qilayotgan, ancha ulg'aygan Portugaliya, jahli chiqqan Braziliya, yangilangan Ispaniya, o'zgarayotgan Gollandiya, qo'rqmas Italiya, tajribasi oshgan Belgiya, nomdor Angliya, engilmas Germaniya hamda ko'zi qonga to'lgan Argentinani ko'rishimiz mumkin.


Franciya terma jamoasining hozirgi tarkibiga qaraydigan bo'lsak, bosh murabbiy Dide Deshamni qanday bosh og'rig'i kutayotganligini payqash qiyin emas. Kelasi yozda yakuniy 23talikni belgilash Deshamga nihoyatda qiyin bo'ladi.
Yangi avlod, yosh istedodlar va iqtidorlar ancha chiniqqan. Har bir chiziqda raqobat mavjud. Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda Franciya so'zsiz g'oliblikka eng asosiy favoritlar qatorida bo'ladi. Muhimi, murabbiy ritmni buzib qo'ymasligi va futbolchilarga mos taktik uslubni tanlashda zukkoroq bo'lmog'i lozim. Kuchli tarkibni to'g'ri yo'nalishda o'ynata bilish ham oson yumush emas.


Portugaliya o'tgan yili yozda Franciyada ancha ulg'aygani, endi favoritlar qatorida nomiga tilga olinadigan jamoani emas, haqiqatda g'oliblik uchun kurashadigan Portugaliyani ko'ramiz. Jamoa Evropa chempionligidan so'ng o'z kuchiga to'g'ri baho bergan holda nimalarga qodir ekanligini ishonch xosil qildi. Krishtianu Ronaldu Evropada tengsiz bo'lishni uddaladi, buyog'iga Jahon kubogini ham boshi uzra baland ko'tarish uning asosiy orzulari va maqsadlaridan biri. Ronaldu bu mundialga boshqacharoq yondoshadi. Santush Evropa chempionatida qanday murabbiy ekanligini amalda isbotladi. Ronalduning kayfiyati va Santushning taktik ayyorligi Rossiyada ham qo'l kelishi mumkin. G'alaba tamini tatib ko'rgan Portugaliya mundialda o'zgacha ruhda keladi. CHunki Portugaliya endi elit terma jamoalar ro'yxatidan o'rin oldi.


O'tgan safar o'z uyida xo'rlangan Braziliyaning mundialda amaldagi g'olib Germaniya bilan o'zaro hisob-kitobi bor. Braziliya muxlislari oldidagi qarzini uzish maqsadida ham Rossiyada faqat g'oliblikni ko'zlaydi. Braziliya Jahon chempionatida doimo chempionlik maqsadida qatnashadi. Pentakampeonlar o'tgan mundialga nisbatan tarkib jihatdan ham ancha barqarorlikka erishgan.


Ispaniya terma jamoasi avlodlar almashuvini o'tkazdi. 2008-2014 yilga qadar Ispaniya engilmas terma jamoaga aylangandi. O'tgan jahon chempionati va Evropa chempionatidan keyin "qizil furiya" tarkibda bir qator islohotlarni o'tkazdi. Istedod va iqtidorli futbolchilar borasida hech qachon muammoga duch kelmaydigan "qizil furiya" endi bosh tojni yana o'ziga qaytarish maqsadida Rossiyaga tashrif buyurishi shubhasiz. Mundialda yangilangan Ispaniya ko'ramiz.


O'tgan yili yozda Evropa chempionatini televizor qarshisida tomosha qilgan gollandlar Rossiyadagi mundialni ham o'tkazib yuborishsa, bu adolatdan bo'lmaydi. Dik Advokat jamoaga kelganidan so'ng yaxshi tarafga qarab o'zgarayotgan Gollandiya o'zining eski madhiyasini qaytarishi lozim. Agarda Gollandiya Rossiyaga beriladigan "chipta"ni qo'lga kiritsa, unda Jahon chempionati yanada qiziqarli o'tishi tabiiy.
Robben va Sneyder uchun oxirgi mundial. So'nggi jahon chempionatida bu ikkala futbolchi yosh nihollariga jahon chempionati havosidan qanday nafas olishni o'rgatib ketishlari lozim. SHijoatkor va jo'shqin Gollandiya katta sensaciya qayd etishi mumkinligini hech kim inkor etolmaydi. Umuman futbol nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, Gollandiyasiz mundial biroz zerikarli bo'lib qoladi.


Italiya hech qachon hech kimdan qo'rqmaydi. Moviy gvardiya qanday tarkibda, qaysi avlod bilan mundialda qatnashmasin, doimo favoritlar ro'yxatining tepa qatoridan o'rin olgan. Konte Italiya terma jamoasining so'nggi yillardagi eng kuchsiz tarkibi bilan Evropada shovqin ko'targandi. Jampero Ventura Kontedan yaxshi jamoani qabul qilib oldi. Buyog'iga yarim himoya va hujum chizig'iga biroz andoza bergan holda yanada xavfli jamoaga aylantirish imkoniyati bor.
Buffonning oxirgi katta turniri. Jijining oltinchi (6!) mundiali bo'lishi mumkin! Dahshat! Italiya terma jamoasi uchun Buffonning ishtirokidan boshqa ortiqcha motivaciyaning keragi yo'q. O'sha mashhur "Yuventus" darvozaboni va himoyadagi "uchlik" istalgan raqiblar uchun bosh og'riq bo'ladi. Qo'rqmas Italiya bir yil ichida yarim himoya va hujumdagi bog'liqlikni topa olsa, g'oliblik uchun yaxshigina imkoniyat paydo bo'ladi.
Italiyaning mundialdagi "quroli" katta ehtimol bilan Belotti bo'ladi.


Oltin avlodi ancha tajriba to'plagan Belgiya ham bu safargi mundialda baland ovozda "gapirishi" mumkin. Tarkib jihatdan hech bir terma jamoadan qolishmaydigan, salohiyati baland Belgiyani ikkinchi katta turniri bo'ladi. Evropa chempionatida yomon ishtirok etmagan belgiyaliklar Jahon chempionatida yanada yuqori cho'qqini ko'zlashlari aniq. Buni amalda qanday uddalashadi, bu endi hozircha javobi yo'q savol.


Nomdor Angliya. Angliya terma jamoasi har doim favoritlar qatorida tilga olinadi. Ammo bu terma jamoa oxirgi marta qachon chinakamiga g'oliblik uchun kurashganini eslash qiyin. Qog'ozda kuchli, ammo amalda kuchlilar orasida yo'qolib qoladigan Angliyadan bu safar muxlislar "sovg'a" kutishayotgani bor gap. Potencial jihatdan Angliya terma jamoasi favoritlar ichida kuchli beshlikka ham kira olmaydi. Angliyaga xarakter etishmaydi. Rossiyada bo'ladigan Jahon chempionatida Angliya isbotlashi kerak bo'lgan jihatlar juda ko'p. Nomdor Angliya nomdor bo'lmagan murabbiy bilan nima karomat ko'rsatishi qiziq.


Hujumchilar mamlakati Argentina o'tgan safar finalda alamli tarzda Germaniyaga mag'lub bo'lgandi. Messining Jahon kubogi oldidan mayus o'tib ketgani kechagidek yodimizda.
Argentina va Messi faqat bir maqsadda, Jahon chempionatida g'olib bo'lish uchun Rossiyaga keladi. Hozirda esa Argentinaning saralash bosqichidagi ishlari ko'ngildagidek emas. Jamoa avvaliga mundial chiptasiga ega chiqishi, keyin esa g'oliblik haqida bosh qotirishi kerak. Biz bilgan Argentina yo'llanmani qo'lga kirita oladi, bunga ishonamiz. Jahon chempionatida esa Argentinadan kamida o'tgan galgi ishtirokni kutib qolamiz. Messi va Ronaldu qarama-qarshiligi Rossiyada ham davom etishini ko'pchilik istashi tabiiy. Bu ularning mundialdagi oxirgi to'qnashuvlari bo'lish ehtimoli yuqori.


Barcha terma jamoalarda murabbiy o'zgardi. Nemis mashinasi rulida esa hamon o'sha Yoaxim Lyov o'tiribdi. Amaldagi jahon chempionlari tarkiblarini juda silliq tarzda yangilab olishdi. JCH-2010da debyutant, JCH-2014da esa "pishgan" yoshlar hozirga kelib Germaniyaning haqiqiy etakchilariga aylanishdi. Ko'plab tajribali va etakchi futbolchilar terma bilan xayrlashgan bo'lishsada, Lyov ularni o'rnini munosib to'ldirmoqda. O'yin uslubi yanada shakllandi, tarkib raqobatbardoshligini yo'qotmadi va avlodlar almashuvi jamoaga keskin tasir etmadi. Lyov bu buorada ancha tajribali. Bunga yaqqol misol JCH-2010dagi Germaniyaning ishtiroki. Yangilangan, yoshargan tarkib bilan nemis mashinasi katta tezlikda "poyga"ga kirib borgandi. JCH-2014da esa finishga birinchi bo'lib kelgan nemis mashinasi, Rossiyada estafetani boshqaga topshirmoqchi emas. Engilmas Germaniyani dog'da qoldira oladigan terma jamoa topiladimi?
Bu ancha dolzarb savol. Javobini esa bir yildan keyin bilib olamiz.

Biz sanab o'tgan terma jamoalardan tashqari yana bazi termalar ham g'oliblik uchun kurashga qo'shilishga harakat qilib ko'rishadi. Masalan CHili. Yoki mundialda hali ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan terma jamoalar, debyutantlar paydo bo'ladi.
Bu galgi Jahon chempionati har qachongidan ham boshqacha o'tishiga shubha yo'q.
Ayniqcha biz uchun. Rossiyada o'tayotganini biz uchun qulay taraflari juda ko'p.

Mayli, hozircha u mavzuni ochmaymiz. Kayfiyatni tushirmaymiz.

Hali aytganimdek, ko'p narsa omadga bog'liq. Omadimiz chopsa, bu mundial biz uchun chinakamiga o'zgacha bo'lishi mumkin.

Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol festivalini hozirdan sog'inishni boshladik...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика