34 yoshli italiyalik "Inter"ning transfer maqsadiga aylandi
06 avg 2022 11:01
Yangiliklar
34 yoshli italiyalik "Inter"ning transfer maqsadiga aylandi
Milanning "Inter" klubi ushbu yozda yana bir transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"Neradzurrilar" qiziqishlari doirasiga "Lacio"ga tegishli bo'lgan 34 yoshli Franchesko Acherbi tushib qoldi.
Acherbi markaziy himoya chizig'ida o'ynaydi. Uning "burgurtlar" bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Franchesko o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar