So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  35 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  14 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

La Liga. "Barselona" "Atletik"ni "yanchib" tashladi, Dembele assistlar bilan xet-trik qayd etdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Atletik"ni "yanchib" tashladi, Dembele assistlar bilan xet-trik qayd etdi

Teglar :  BarselonaAtletik
Ispaniya La Ligasining 11-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletik" uchrashuvi yakuniga etdi.

Barcelona

Ousmane Dembele - 12', Sergi Roberto - 18', Robert Lewandowski - 22', Ferran Torres - 73'

LaLiga . 11-tur

24/10/2022, 01:00

0
:
4
Tugadi

Athletic Bilbao

Stadion: Spotify Camp Nou, 84817 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45'
90'
12'  Ousmane Dembele
12'  Robert Lewandowski
18'  Sergi Roberto
18'  Ousmane Dembele
22'  Robert Lewandowski
22'  Ousmane Dembele
34'  Gavi (Franck Kessie)
63'  Robert Lewandowski (Ansu Fati)
63'  Jules Kounde (Marcos Alonso)
63'  Pedri (Ferran Torres)
71'  Sergio Busquets
73'  Ferran Torres
73'  Ousmane Dembele
77'  Ousmane Dembele (Pablo Torre)
78'  Eric Garcia
16'  Oscar de Marcos
21'  Ander Herrera (Dani Garcia)
60'  Oscar de Marcos (Inigo Lekue)
60'  Dani Garcia (Oihan Sancet)
70'  Oier Zarraga (Unai Vencedor)
70'  Inaki Williams (Raul Garcia)
89'  Mikel Vesga


"Barselona" – "Atletik" 4:0

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 18 Serdji Roberto, 3:0 – 22 Levandovski, 4:0 – 73 Ferran Torres.

"Barselona" – ter Stegen, Serdji Roberto, Kunde (Alonso, 63), Erik Garsiya, Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Ferran Torres, 63), Gavi (Kessie, 34), Levandovski (Fati, 63), Dembele (Torre, 77).

"Atletik" – Unai Simon, De Markos (Lekue, 60), Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Errera (Dani Garsiya, 21; Sanset, 60), Vesga, Sarraga (Vensedor, 70), Uilyams (Raul Garsiya, 70), Berenger, Uilyams.

Ogohlantirishlar: De Markos (16), Xavi (28), Buskets (71), Erik Garsiya (78).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

89. Ter SHtegen zerikib qolgan ko'rinadi. U o'z jarima maydonchasida to'pni raqibiga oldirib qo'ydi, ammo uning baxtiga himoyachilar dastlabki zarbani qaytarib, xavfni bartaraf etishdi.

86. Jarohat. Serxi Roberto raqibdan to'pni olib qo'yishda qo'lini shikastlab olgan ko'rinadi, uni mashinada olib chiqib ketishdi.

83. Uzatma, Torres emas, Unai Simon to'pga birinchi bo'lib etib keldi.

73. GOOOL! TORRES! 4:0. De Yong to'pni o'n qanotdagi Dembelega uzatdi, Usmon esa to'pni raqib oyoqlari ostidan Torresga oshirdi, Ferran to'pni qabul qilishi bilan zarba berdi.

66. FATIII! "Barselona"ning kelajagi hisoblanayotgan Ansu jarima maydonchasi ichidan o'ng oyoqda aylanma zarba berdi, to'p to'qqizlik ustidan o'tib ketdi.

62. "Barselona" safida uch futbolchi almashtirildi: Levandovski, Kyunde va Pedrilar zaxiraga olindi, Fati, Markos Alonso hamda Ferran Torres o'yinga qo'shilishdi.

60. "Atletik"dan o'zgarish: Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Dani Garsiya maydonni tark etishiga to'g'ri keldi. Jarohat olgan futbolchi o'rniga Oyman Sanset o'yinga qo'shildi.

53. USTUN! "Atletik" himoyachisi bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to'pni tepib yuborishga urindi, ammo Pedri to'p yo'liga to'g'anoq bo'lib, uni oyog'i bilan to'sdi. To'p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi. Hujumning ikkinchi qismi bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45+3. Ter SHtegen ham o'yinga qo'shildi. Busketsning xatosidan so'ng "Atletik" tezkor qarshi hujum uyushtirdi va Berenger raqib darvozasi tomon zarba berdi. To'p engil rikoshetga uchradi va nemis posboni to'pni ushlab oldi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

41. Kyunde himoyada raqibni aldashga urindi va to'pni oldirib qo'ydi. Uning baxtiga "Atletik"ning qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

38. "Barselona"ning uchinchi golidan so'ng "Atletik" jonlangandek ko'ringandi, ammo Kataloniya klubi yana o'yinni nazorat qilishni boshladi.

33. Gavi Dani Garsiya bilan to'qnashuvda jarohat oldi va almashtirildi. Uning o'rniga Frank Kessie maydonga tushdi.

22. 3:0! "Barselona" raqibini bo'laklarga bo'lib tashlayapti. Dembele to'pni qabul qilishi bilan o'z qanotidagi himoyachidan qochib ketdi va markazroqda ochilgan Levandovskiga pas berdi. Robert bir o'girilib, qarshisidagi futbolchini aldadi va chap oyog'i bilan darvozabonning yuziga yaqin nuqtani nishonga olib, to'pga zarba berdi. GOL!

21. "Atletik"da o'zgarish: Ander Errera o'rniga Dani Garsiya maydonga tushdi. Yarim himoyachi jarohat olgan ko'rinadi.

18. GOOOOOOL! Kataloniya klubi o'zining ikkinchi golini urdi. Dembele Robertoni to'p bilan taminlad, Serxi esa to'pni qabul qilib, boshini ko'tardi va zarba berishga imkon borligini ko'rdi va bu ishni amalga oshirdi. To'p raqib himoyachisi oyog'iga tegib, to'p yo'liga yiqilgan darvozabon ustidan o'tib ketdi. 2:0.

16. De Markos qarshi hujumga o'tayotgan Balden to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.

12. GOOOOL!!! USMON DEMBELEEEE! Avvaliga franciyalik futbolchining zarbasini Unai Simon qaytardi, qaytgan to'pni Levandovski egallab oldi va to'pni jarima maydonchasiga tashladi. Usmon ikkinchi qavatdagi kurashda g'alaba qozondi va to'pni darvozaga burib qo'ydi. 1:0.

7. Mehmon jamoa ustozi Ernesto Valverde "Barselona" haqida yaxshi biladi, chunki u bir paytlar ushbu klub bosh murabbiyi bo'lgan. "Atletik" raqibga imkon bermaslik uchun Kataloniya klubi futbolchilarini markazdayoq kutib olyapti.

5. Ayni damda "Barselona"ning ishlari yaxshi emas. Klub o'tgan turda "Real"ga mag'lub bo'ldi, CHempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqish masalasi deyarli amalga oshmaydi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Siz bilan birgalikda LaLiganing 11-turidan o'rin olgan "Barselona" hamda "Atletik" o'rtasidagi bahsni kuzatib boramiz.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика