So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Breaking! 32 yoshli Karimov FIFA referisiga aylandi Yangiliklar

Breaking! 32 yoshli Karimov FIFA referisiga aylandi

Bugun O'FA anjumanlar zali hakamlarimiz uchun navbatdagi seminarga mezbonlik qilmoqda.

Marosimning dastlabki qismi tanqidiy ruhda o'tdi. Unda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlarning ayni paytdagi holati, ularning kamchiliklari haqida gapirib, mahoratni oshirish uchun o'z tavsiyalarini berdi. SHuningdek, barcha referilardan ishiga nisbatan jiddiyroq munosabatda bo'lish so'raldi.

Marosimning 2-qismida IFAB o'yin qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar bo'yicha tushuncha berilib, Valentin Kovalenko hamda Vladislav Ceytlin ishtirokida bahsli vaziyatlar tahlili o'tkazilyapti.  

O'zFHM direktori Laziz Qo'chqorov esa tashkilot o'z homiysiga ega bo'lgani, bundan keyin Superliga bahslarida ishlovchi qanot hakamlarining gonorari ko'tarilishi (3 mln.ga) haqida gapirdi. Bungacha laynsmenlar 1ta bahs uchun 2 mln so'm olar edi.

Hozircha aytilgan eng muhim yangilik esa bosh hakamlar bilan bog'liq. Bu yil Superligada eng ko'p bahsda ishlagan Rahimbek Karimov endi FIFA referisiga aylandi.

Bu jarayon juda qiziq kechgan. 32 yoshli Karimov ushbu maqomni olishi uchun tajribali Aziz Asimov o'z o'rnidan voz kechdi. 

Yaqinda 42 yoshni qarshilaydigan referi nima uchun bunaqa tashabbus ko'rsatgani bilan qiziqdik.

"Kuzatayotgandirsiz, bu yil Rahimbek ajoyib formaga kirib oldi. U Superligadagi eng barqaror hakamlardan biri bo'lib turibdi. Karimovning FIFA referisiga aylanadigan payti kelgan edi.

O'z o'rnimni unga bo'shatib berishimga kelsak, buni  to'g'ri qabul qilish kerak. 

Sababi shundaki, FIFA ro'yxatida referilar soni cheklangan. Ushbu maqomga davogarlar ko'payishi yosh hamkasblarimiz orasidagi raqobatni kuchaytiradi. Bu holat ichkaridagi muhitga yanada salbiy tasir qilishi mumkin. Tajribamdan kelib chiqib, shu haqda o'yladim.

Men esa VAR hakami sifatida xalaqaro maydondagi faoliyatimni davom ettiraman", — deydi Aziz Asimov.

Malumot uchun, FIFA ro'yxatida bizdan 7 nafar referi bo'lishi kerak. Hozir ushbu maqomga quyidagi hamyurtlarimiz egalik qilishmoqda: Ilgiz Tantashev, Ahrol Risqullaev, Asker Najafaliev, Akobirxo'ja SHukurullaev, Firdavs Norsafarov, Rustam Lutfulin va Rahimbek Karimov.

Davomi bor...

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика