So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  2 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

30 yoshga to'lgan "sariq iblis" haqida Yangiliklar

30 yoshga to'lgan "sariq iblis" haqida

Bugun "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi 30 yoshga to'ldi.

Bugun o'zining 30 yoshini nishonlayotgan Ueyn Runi hech qachon "Oltin to'p"ga ega chiqa olmaydigan futbolchilardan biri bo'lsa kerak. Sababi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi yulduzlarning soyasida qolib ketmoqda. U ayni paytda "Manchester Yunayted"ning sardori, Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib oldi. Hali uzoq yillar davomida Ueyn futbol muxlislarini o'z gollari bilan quvontirishi aniq.



Angliya shimolidagi ishchilar oilasida tug'ilgan Ueyn Runi 2002 yil 16 yoshida "Everton"ning asosiy tarkibida o'ynashni boshlagan. O'sha yil sentyabr oyida yuzi sepkilli sap-sariq bolakay kimsan "Arsenal" darvozasiga gol urgandi. O'sha paytda Runi hali 17 yoshga ham to'lmagandi. Ajoyib boshlanish shunday emasmi?

Ertasi kuni Ueyn yulduz bo'lib uyg'ondi. "Kanonirlar"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga bahram berishdan tashqari o'sha paytda "Everton" klubi safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi. "Everton"dagi ilk mavsumida Runi 37ta o'yin o'tkazib 8ta gol urgan va jamoa bilan professional shartnoma tuzgandi. 17 yoshli bolakay Haftasiga 13 ming funt maosh olardi.

Runi o'z o'yini bilan Angliya milliy terma jamoasi ustozlarining etiboriga tushdi. 2003 yil fevral oyida 17 yosh 111 kunligida Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.

2003 yil sentyabr oyida Makedoniya darvozasiga urilgan gol Runini terma jamoaning eng yosh gol urgan futbolchisiga aylantirdi. Runi EVRO-2004ga borish huquqini qo'lga kiritdi.



Portugaliyadagi Evropa chempionati Runini haqiqiy yulduzga aylantirdi. Vunderkindning to'rtta o'yinda to'rtta gol urishi barchani lol qoldirdi. Jamoa chorak finalga qadar etib borgandi. Ueyn jarohat tufayli Portugaliyaga qarshi o'yinni oxirigacha o'ynay olmagandi, "uch sherlar" penaltilar seriyasida mezbonlarga yutqazib musobaqani tark etishgandi.

O'sha musobaqadan so'ng "Manchester Yunayted" 18 yoshli hujumchini 27 million funt evaziga sotib olgandi. Ser Aleks Fergyussonning bu xaridi hamon o'zini oqlab kelayotganini hech kimga tushtirishning keragi bo'lmasa kerak.



"Dastlab biz Runini 14 yoshida o'z jamoamizga olib kelmoqchi bo'lgandik, biroq u "Everton"da qolishni istadi. 16 yoshida yana bir bor harakat qilib ko'rgandik", - deydi Fergyuson. "U bilan gaplashganimizda yana rad javobini berdi. SHundan keyin uning "Arsenal"ga urgan golini barcha ko'rgan bo'lsa kerak. Bu o'yinchi "Yunayted"ga o'tishi shart edi.

2004/2005 yilgi mavsum klub muxlislari uchun yomon xotiralar bilan qolgan. MYU CHempionlar ligasida 1/8 finalidan chiqib ketgandi, APLda uchinchi bo'lgan va Angliya kubogi finalida "Arsenal"ga yutqazib qo'ygan. Biroq Runi "qizil iblislar" safidagi ilk mavsumida 17ta gol urib klub to'purari bo'lgandi.

30 yoshli Runi hozirga qadar 5 marta Angliya chempioni, CHempionlar ligasida, uch marta Liga kubogi sohibi, premer-ligada yilning eng yaxshi futbolchisi va yana ko'plab sovrinlar sohibi bo'ldi.

 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика