3 yildan so'ng Superligaga qaytgan "Neftchi". Mo'minjonov jamoani sovrinli o'rinlar uchun etaklay oladimi? Farg'onaliklarning "zayavka"si
01 mar 2022 17:59
Yangiliklar
3 yildan so'ng Superligaga qaytgan "Neftchi". Mo'minjonov jamoani sovrinli o'rinlar uchun etaklay oladimi? Farg'onaliklarning "zayavka"si
Superliga-2022ni "Vodiy derbi"si boshlab beradi. Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida "Neftchi" jamoasi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.
Yangi mavsum oldidan Superliganing ayrim klublari haqida alohida maqola tayyorlashni lozim topdik. Demak, ushbu yo'ldagi dastlabki nishon - "Neftchi". Quyida ertaga yana Superliga doirasida maydonga tushadigan farg'onaliklar haqida o'qishingiz mumkin bo'ladi.
Superligaga tayyorgarlikning asosiy qismi Antaliyada bo'lib o'tdi
"Neftchi" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini 3 bosqichda olib bordi. Birinchi bosqichda jamoa Toshkentda yig'ildi va 6 yanvardan 17 yanvarga qadar "CHig'atoy" stadionida mashg'ulotlar olib bordi.
FOTO "Neftchi"ning 16 nafar futbolchi ishtirok etgan mashg'ulotidan GALEREYA
Bu orada "Buxoro" bilan bitta nazorat bahsi bo'lib o'tdi. Unda 2:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi.
Nazorat o'yini. "Neftchi" "Buxoro"ni mag'lub etdi
SHundan so'ng Mo'minjonov shogirdlari 2-bosqich doirasida 20 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketishdi. Antaliyadagi yig'in 10 fevralga qadar davom etdi. Aynan shu tayyorgarlikning asosiy qismi bo'ldi.
"Championat.asia" sayti ham ikki kishilik tarkib bilan Antaliyaga bordi. SHaxsan o'zim "Neftchi"ning "Maktaaral" (Qozog'iston) ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvini va 8 fevral kungi mashg'ulotini kuzatib bordim.
"Neftchi"ning Antaliyadagi o'rtoqlik o'yinlari
"Neftchi" - KF LLAPI (Kosovo) 1:1
"Neftchi" - "Maktaaral" (Qozog'iston) 1:1
"Neftchi" - "SHinnik" (Rossiya) 2:1
"Neftchi" - " Aksu" (Qozog'iston) 1:1
Nihoyat, tayyorgarlikning so'nggi bosqichi 14 fevraldan keyin Farg'onada o'tkazildi. Ushbu yig'in davomida farg'onaliklar "Turon"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi - 0:0.
"Neftchi" mavsumni o'z maydonida boshlay olmaydi. Sababi, "Istiqlol" stadioni ayni paytda to'liq tamirlanmoqda. Farg'ona viloyat hokimi Xayrulla Bozorov "Neftchi" stadioni va maysasini ajoyib ko'rinishga keltirib qo'yishni maqsad qilgan va shu yo'lda mehnat qilinmoqda. Bozorov Namangan hokimi bo'lgan vaqtlar Namangandagi "Markaziy" stadion maysasini zo'r holatga keltirib bergandi. Mana hozir Namangandagi stadion eng yaxshilaridan biri mamlakatimizda. Hozircha, "Neftchi" uy uchrashuvlarini Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida o'tkazib turadi.
FOTO Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tamirlash ishlari olib borilmoqda
"Neftchi"ning Superliga dastlabki 5 turidagi raqiblari
1-tur, 02.03.2022
"Neftchi" - "Qo'qon-1912"
2-tur, 10.03.2022
"Paxtakor" - "Neftchi"
3-tur, 18.03.2022
"Neftchi" - "So'g'diyona"
4-tur, 01.04.2022
"Qizilqum" - "Neftchi"
5-tur, 25.04.2022
"Neftchi" - "Bunyodkor"
Eng foydali "transfer" - Lutfulla To'raev
Ilhom Mo'minjonov qishki transfer oynasida o'yinchilarni saralab jalb qildi. Bir qarashda jamoaga yangi kelganlarni ko'pi foydali futbolchilar. Lekin, maqola muallifining fikricha, eng foydali "transfer" Lutfulla To'raev bo'ldi. To'raev o'z tajribasi bilan mashg'ulotlarda ham, o'yinda ham sheriklariga katta yordam beradi. Bosh murabbiy sardorlik bog'ichini ham aynan unga topshirdi. "Maktaaral"ga qarshi o'yinni kuzatdim va aytishim mumkinki, To'raev o'yinni boshqarmoqda, markazdagi nazoratni o'z qo'liga olmoqda. Uning tajribasi, o'yinni va jamoadoshlarini boshqara olishi farg'onaliklarga ko'p bor asqotishi aniq. Mo'minjonov bu "yurish" bilan "o'nlik nishon"ga urdi.
"Neftchi" jamoasining Coca Cola Superliga-2022 uchun O'zPFLda ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilari
Darvozabonlar:
1. Mashhurjon Muhammadjonov, 21.02.1999
12. SHuhratillo Rahmonov, 14.07.1996
16. SHohrux Asqaraliev, 06.03.2004
45. Akbar To'raev, 27.08.1989
Himoyachilar:
2. Islomjon Akramov, 25.03.2003
3. SHohruxbek Yoqubjonov, 29.09.2003
4. SHodiyor Hojimatov, 09.10.1998
5. Martavali Turg'unov, 11.11.2004
19. Mirzohid G'ofurov, 22.08.1988
20. Anvarjon G'ofurov, 28.06.1995
21. Muhsinjon Ubaydullaev, 15.07.1994
22. Umar Adxamzoda, 04.04.1998
23. Asadbek Mo'minov, 22.07.2002
24. Rahmonjon Ro'ziev, 05.02.2002
28. Daniel Stoykovich (Serbiya), 14.08.1990
29. Afzalbek Zokirov, 19.02.2004
44. Darko Stanoevich (Serbiya), 12.04.1987
88. Doniyor Valiev, 14.09.2003
Adxam Urazaliev
Yarim himoyachilar:
6. Sirojiddin Qo'ziev, 01.09.1996
7. Oybek Qilichev, 17.01.1989
8. SHerzod Karimov, 26.01.1989
9. Sunnatilla Abdullajonov, 22.10.1996
10. Husniddin G'ofurov 29.07.1994
11. Izzatilla Abdullaev, 16.01.1996
13. Lutfulla To'raev, 30.03.1988
17. Abdulloh Olimov, 11.02.1993
30. Akobirjon Ahmadjonov, 16.03.2004
36. Islonbek Isomiddinov, 05.04.2001
47. Muhammadkamron Ergashev, 29.05.2004
55. Azamat Tolibjonov, 18.02.2004
61. Hojiakbar Ibrohimov, 02.02.2002
65. Sardorbek Muhammadjonov, 13.05.2003
66. SHohjahon Bahodirov, 10.12.2002
70. Abbosjon G'ulomov, 05.07.1998
71. Doniyorjon Narzullaev, 11.04.1995
76. Faxriddin Muhammadov, 30.09.2004
77. Abrorbek Ismoilov, 08.01.1998
80. Aleksandar Eshich (Serbiya), 13.09.1994
91. Musomalik Rustamov, 09.06.2002
Hujumchilar:
18. Azizbek Olimov, 24.07.2002
25. Doniyor Madaminov, 25.04.2001
27. Muhammad Ali Olimov, 15.12.2002
31. Marko Sarich (Serbiya), 28.11.1998
46. SHahzodbek Ubaydullaev, 02.03.1998
99. Ulug'bek Hoshimov, 03.01.2001
Ilhom Mo'minjonov "Neftchi"ni sovrinli o'rinlar uchun etaklay oladimi?
Antaliyadagi o'rtoqlik o'yiniga borganimizda Mo'minjonovdan intervyu olgandim va unda jamoa maqsadi haqida so'ragandim.
Mutaxassis chempionlik bo'lmasa ham degan gapimga - "Nega endi yo'q", - deb javob bergandi. Yani, sovrin uchun ham kurashib ko'ramiz degandek qilgandi. Lekin, tan olish kerak o'zbek futbolining shonli tarixga ega jamoasi 3 yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytdi va darhol chempionlik uchun kurashishi juda qiyin. Tarkib jihatidan ham jamoa ayrim klublarimiz bilan raqobatlasha olmaydi. Nazarimda, "Neftchi" yangi mavsumda sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladi, ammo bu oson ish emas. "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor", AGMK, "So'g'diyona" kabi jamoalar bilan raqobat qilishga to'g'ri keladi. Anchagina transferlarga qo'l urgan "Qizilqum" ham bor.
Mo'minjonov jamoalari doim himoyaga alohida etibor qaratgan va nisbatan kamroq gol o'tkazadi. Bu holat "Neftchi"da ham kuzatilishi tayin. O'tgan yil Pro ligada ham uning shogirdlari eng kam gol o'tkazgan va eng ko'p gol urgan jamoa bo'lishgandi. Superligada ham himoyaga etibor kuchli bo'ladi, ushbu mutaxassisda har ikkala qanot himoyachilari bir vaqtda oldinga hujumga o'tib ketmaydi, orqada albatta kimlardir qoladi. Bu esa raqib qarshi hujumga qochib ketmoqchi bo'lgan taqdirda ham ularga katta bo'sh xudud berib qo'yishning oldini oladi. Aynan kamroq gol o'tkazish evaziga jamoa kuchli raqiblarga raqobat qilishga harakat qiladi.
Ertaga "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvda "Neftchi"ning imkoniyatlari yuqori. Tarkib bo'yicha ham ular ertangi raqiblaridan kuchliroq. Yaypandagi stadion muxlislar bilan liq to'lishi shubhasiz. Zero, farg'onalik ishqibozlar Superliga o'yinlarini juda sog'inishgan. Bu mavsum har bir uchrashuv ular uchun bayramdek o'tadi. "Neftchi" yaqin yillarda yana top darajaga chiqishi va chempionlik uchun real kurashishni boshlashini tilab qolamiz! Salomat bo'ling!
Fikrlar