So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

3 yil o'lim bilan olishgan Pele haqida Yangiliklar

3 yil o'lim bilan olishgan Pele haqida

Teglar :  Yoann Pele
Darvozabon Yoann Pelening tarixi haqida.

Futbol - o'yin, unda faqatgina g'olib bo'lish kerak. G'alabalarga esa har xil yo'llar bilan erishiladi - hakamlarning xatolari, hujumchilarning ajoyib texnikasi yoki raqib himoyachilarining qo'pol xatolari... SHunday vaqtlar bo'ladiki, futbol maydonidan tashqaridagi g'alaba futbolchilarga yaxshiroq tasir qiladi. SHunday g'oliblardan biri - "Marsel" sharafini himoya qilayotgan Yoann Peledir. U jiddiy kasallikka uchragan va oradan bir necha yillar o'tib, maydonga qaytdi.

35 yoshli darvozabon noyabr oyida o'zining 36-tug'ilgan kunini nishonlaydi. U 2015 yildan buyon "provansal"chilarning tarkibida harakat qilmoqda. Ammo 8 yil oldin futbolchi maydonning tashqarisida, murabbiy sifatida o'tirishi mumkin edi, chunki unda tromboemboliya (o'lim bilan yakunlanishi mumkin) kasalligi aniqlandi.

Futbol olamidagi eng mashhur familiya egasi Bru-Sur-SHanteren hududida dunyoga kelgan. Uning ilk jamoasi unchalik nomdor bo'lmagan "Torsi" bo'lgan. SHundan keyin "Meaks" orqali "Le Man"ga yo'l olgan. 1999 yilda yulduzlar etishmagani uchun "Le Man" kamtarin maqsadlar bilan Franciyaning ikkinchi divizionida kurash olib bordi. Franciyalik posbon ushbu jamoada asosiy tarkibdan joy olishni uddaladi va jamoaning bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning ishonchiga kira oldi. SHundan keyin u oradan bir necha yillar o'tib, "oq-ko'klar" tarkibida o'zining qariya do'sti bilan yana birga ishlamoqda.

2002 yilda "Istra"ga qarshi debyutida Pele qanday darvozabon ekanligini ko'rsatdi va 2005 yilda "Le Man" yuqori cho'qqilarga chiqishida munosib o'rin tutdi. Uning o'yinlari Arsen Vengerning diqqatini o'ziga tortdi va o'z vatandoshini Yens Lemann bilan bo'lishini istadi. Ammo, Pele 2009 yilga kelibgina, jamoasini o'zgartirdi. O'sha vaqtlarda "Le Man"ning saviyasi pasayib borayotgandi. Darvozabon uchun kurashda "Tuluza" g'olib bo'ldi.

O'sha vaqtlarda Pele transferlar oynasidagi eng xaridorgir darvozabonlardan biriga aylangandi. "Bordo" u bilan shartnoma imzolamoqchi bo'ldi. SHuningdek, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi jamoalar ham 26 yoshli kiperning xizmatlariga qiziqish bildirdi. Mantiqan olib qaraganda, Foster, Van Der Sar va Kushak kabi futbolchilari bor "Manchester" tarkibida ham, Almuniya, Fabianski va Mannone kabi posbonlarga ega "Arsenal"da ham u asosiy o'yinchiga aylana olmasdi. SHu boisdan u "Tuluza" bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.

"Pushtiranglilar" safida ikki - Blondel va Valverde kabi tajribali darvozabonlar bo'lsa-da, Pele 18 uchrashuvda qatnashdi. "Tuluza" esa arang "uchish zona"sidan qutulib qoldi. "Le Man" esa o'zining "qanotlari" bilan 2-divizionga "uchib ketdi". Jamoa mavsum yakunlariga ko'ra, 18-o'rinni egalladi.

2006 yilda Raymon Domenek qo'l ostida Franciya termasining uchinchi darvozaboni sifatida Peleni mundialga olib ketmoqchi bo'lgandi. Ammo posbon o'zini yomon his qilgani bois bu amalga oshmay qolgandi. 2010 yilning yozida posbon "Tuluza"ning shifokorlariga murojaat bilan chiqdi. Oradan bir necha oylar o'tib, futbol ahli darvozabonga qo'yilgan tashxis borasida dahshatga tushdi. O'sha yil yakunlanib borayotgan bir vaqtda, klub rahbariyati bayonot bilan chiqdi va darvozabon keyingi yilning noyabr oyiga qadar futboldan tashqarida bo'lishi va lazaretda nazoratga olinishi malum qilindi.

Pelening holati yomonlashib borayotgandi. Uning jamoadoshi esa yonayotgan olovni yanada kuchaytirib, posbon faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytib o'tdi. 2012 yilning 9 may kunida "Tuluza" rahbariyati yuragi hasta bo'lgan darvozabon bilan shartnomani bekor qildi. Unga skautlar bo'limi va akademiyadan ish taklif qilishdi.

2013 yilning 4 yanvar kunida Pele matbuotga shifokorlar futbolga qaytishi borasida ruxsat berishganini malum qildi. 30 yoshga kirgan posbon 3 yildan buyon futbol o'ynamagandi. Ko'plab jamoalar uni sinab ko'rishdan ham bosh tortishdi. Avgust oyida unga "Vann" va "Dijon" kabi jamoalar yordamga kelishdi va murabbiylar Yoanning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani va mashg'ulotlarga chaqirayotganini aytib o'tishdi.

Bir necha oy mashg'ulotlarda qatnashgan Pele bilan jamoa shartnoma imzolamadi. SHu boisdan u faoliyatini yakunlashga qaror qilmoqchi bo'lib turganida "Sosho" bunga yo'l qo'ymadi. Oradan bir necha kunlar o'tib, Yoann "buyuk qaytish"lardan birini amalga oshirdi. U oradan 3,5 yil o'tib, ikkinchi tug'ilishini amalga oshirdi va professional jamoa bilan shartnoma imzoladi.

Ha, u jamoani "Liga 1"da olib qolishga urindi, ammo bu amalga oshmadi. Ammo "Liga 2"da jamoaga katta yordam berdi. 2015 yilning yozida "Marsel" vakillari u bilan aloqaga chiqishdi. Marselliklar Pelening jismoniy holatidan mamnunligini aytib, Stiv Mandanda bilan birga Franciya termasida harakat qilishini taklif etishdi. Pele asosiy tarkib uchun davogarlik qilmadi. U maydonga qaytgani uchun taqdiridan mamnun bo'layotgan bir vaqtda Stiv Mandanda "Kristal Pelas"ga o'tib ketdi. SHu orqali Pele asosiy tarkibda o'ynaydigan bo'ldi.

Golkiper eyforiyalarga uchmadi va "Marsel" uchun astoydil mehnat qilishda davom etdi. Uzoq vaqt davomida o'lim bilan, jiddiy kasallik bilan olishgan kiper jamoasi bilan Evropa ligasining finaligacha bordi. 38 o'yinda u ajoyib o'yin namoyish qildi. Mandanda ushbu mavsum boshida "Marsel"ga qaytgan bo'lsa-da, Peledan asosiy tarkibdagi joyini tortib ololmayapti. Yoann "Liga 1"dagi 3 o'yinning ikkitasida ilk daqiqalardan maydonga tushdi. Uchinchi uchrashuvda esa Stivga imkoniyat berildi. 10 yillar oldin Pele Franciya termasining "yuki"ni ko'tarishi mumkin edi. Ammo hozirda Rudi Garsiya boshchiligida u yanada yuqoriroq marralarga erisha oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика