So’nggi yangiliklar

10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  2 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  2 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  13 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  7 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  14 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3

3 nafar futbolchi uchun mavsum tugadi yoxud Hasanov Kubok finalini o'tkazib yuboradi Yangiliklar

3 nafar futbolchi uchun mavsum tugadi yoxud Hasanov Kubok finalini o'tkazib yuboradi

Yakuniga etgan turga ko'ra uch nafar futbolchi hakamlar tomonidan chetlatildilar.
Bular, Jasur Hasanov ("Lokomotiv"), Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor") va Davron Karimqulov ("Metallrug").

"Lokomotiv" - "Dinamo" o'yinining 83-daqiqasida Jasur Hasanov 46-daqiqada maydonga tushgan Firdavs Abdusalimovni urib yuboradi.
Bu reglamentning quyidagi qismiga to'g'ri keladi.

3-bo'lim . 5.42. Uchrashuvda chetlatilgan futbolchilarning xatti-harakatlariga ko'ra ularga qo'llaniladigan jazo turlari.
J) O'yin bo'lib o'tayotgan va hakamning xushtagi yangraganidan so'ng atayin raqib futbolchisini turtkilash uchun 3ta o'yinga chetlatilinadi.

PFL reglamentiga ko'ra Jasur Hasanov keyingi uchta o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvining 35-daqiqasida Davron Karimqulov o'yin to'xtatilgan vaziyatdan so'ng Stanislav Andreevning yuziga turtadi.
Reglamentda: 3-bo'lim . 5.42.
I) Raqib futbolchisini yuziga zarba bergan futbolchi 5tagacha o'yinga chetlatilishi mumkin.

Bu ish PFLda ko'rib chiqiladi va uning jiddiyligia qarab futbolchi 2 o'yindan 5ta o'yingacha chetlatiladi.

Kamoliddin Tojiev "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvining 87-daqiqasida hakam manzili tomon aytilgan etirozi uchun quyidagi jazoga tortiladi:
g) PFL rasmiylari tomon aytilgan qo'pol so'zlar uchun 5tagacha bo'lgan o'yinga chetlatish kuchga kiradi. Huddi Karimqulov bilan bo'lgan vaziyat kabi, PFL yig'ilishidan so'ng futbolchiga nisbatan 2tadan 5tagacha bo'lgan diskvalifikaciya amalda qo'llaniladi.

SHuningdek, bu uch nafar futbolchilar 5 million so'm miqdorigacha jarimaga tortilishlari mumkin.

PFLni aynan chetlatishlarga oid reglamentini etiboringizga taqdim etamiz:
5.42.
a) 4ta sariq kartochka uchun - 1ta o'yin
b) Atayin qo'l bilan to'pga o'ynash va so'nggi chora tufayli raqib futbolchini to'xtatganligi uchun - 1ta o'yin
v) Jamodoshi yoki raqib futbolchisi tomon aytilgan haqoratli so'z uchun - 3ta o'yingacha
g) PFL rasmiylari, bosh hakam, nazoratchi tomon aytiladigan haqoratli so'z uchun - 5ta o'yingacha
d) jamoadoshi va raqib futbolchisi tomon aytilgan qo'pol gaplar uchun - 3ta o'yingacha
e) PFL rasmiylari, bosh hakam, nazoratchi tomon aytiladigan qo'pol gaplar uchun - 5ta o'yingacha
j) o'yin va o'yin to'xtatilganidan so'ng raqibini atayin turtgani uchun - 3ta o'yin
z) raqibini oyog'i bilan tepkanligi uchun - 5ta o'yin
i) raqibini yuziga urganligi uchun (qo'l va oyoq) - 5ta o'yingacha
k) jamoadoshi yoki raqib futbolchisi bilan urushgan futbolchilar uchun - 5ta o'yingacha
l) atayin jarohat etkazish maqsadida amalga oshirilgan qo'pollik uchun - 5ta o'yingacha
m) jiddiy jarohatga sabab bo'lgan atayin amalga oshirilgan qo'pol harakat uchun - 10ta o'yingacha
n) raqib futbolchisi, muxlislar va rasmiy shaxslar tomon tupurgan futbolchiga - 3ta o'yingacha
o) ikki kishi urushib ketsa - 5ta o'yingacha
p) o'zini qo'pol tutganligi uchun - 5ta o'yingacha
r) tribunada o'tirgan muxlislarga nisbatan provakaciya qilgan futbolchiga - 10ta o'yinga qadar

Yuqoridagi bandlarni buzgan futbolchilar uchun qo'shimcha  5 million so'm miqdorida jarima yuklanishi mumkin.


P.S: Uchrashuv hakamlari o'z qaydnomalariga aynan qaysi bandni belgilaganlarini bilmaymiz. Yakuniy aniq qaror PFL rasmiy saytida elon qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика