So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

29ta klubda o'ynagan "futbol sayohatchisi" Yangiliklar

29ta klubda o'ynagan "futbol sayohatchisi"

Teglar :  UrugvayBoston River
Urugvayning "Boston River" klubi Sebastyan Abreu bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.

Jamoa uni erkin agent sifatida qo'lga kiritdi. Abreu bunga qadar 29ta (!) jamoada to'p tepishga ulgurgan.

Vashington Sebastyan Abreu 1976 yilning 17 oktyabrida Urugvayning Minas shahrida dunyoga kelgan. U JCH-2010 yarim finalchisi, Kopa Amerika-2011 g'olibi hisoblanadi. Termaning eng samarali o'yinchilari orasida ettinchi o'rinni egallagan.

Abreu 2018 yil dekabrda faoliyatini yakunlagan va 2019 yilning aprel oyida Salvadorning "Santa-Tekla" klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Biroq bir oy o'tib, hali futbol o'ynay olishga ishongan o'yinchi futbolga qaytishga qaror qildi. Yana bir gap: oktyabrda u 43 yoshni qarshilaydi.

Xo'sh, Sebastyan Abreuning o'zi qaytishini qanday nishonladi? Juda oddiy: "Boston River" rahbariyati bilan birgalikda mate ichdi. Ha, aytgancha, Abreuda barcha o'ynagan klublari logotipi tushurilgan kalebas bor (mate ichish uchun maxsus idish). Abreu qaytganini shunday izohladi: "Hali ham futbol o'ynamoqchiman. Eng asosiysi, men bunga tayyorman. Oila azolarim bilan suhbatlashganimdan so'ng, "Boston River" safiga qo'shildim. Men uchun bu yangi va juda jiddiy qaror".

Abreuning faoliyati bilan bog'liq qiziqarli faktlar:

• Laqabi — El Loko (aqldan ozgan)

• 29ta professional klub – futbol tarixidagi mutlaq rekord natija. Umuman olganda, u 34ta jamoaga o'tgan. Biroq bazilarida faqat bir necha marotaba o'ynashga ulgurgan: "Nasonal" (3 marta), "San-Lorenco" (2 marta), "Tekos" (2 marta).

• 11dan ortiq mamlakatda to'p tepgan (Urugvay, Argentina, Ispaniya, Braziliya, Meksika, Isroil, Greciya, Ekvador, Paragvay, Salvador, CHili).

• Abreu hech qachon sobiq jamoalari haqida salbiy fikr bildirmagan. Aksincha, ularga nisbatan hurmati yuqori ekanini bir necha bor takidlagan. Yorqin misol – 2012 yil "Flamengo"ga qarshi bahsda "Figeyrense" safida Abreu zaxira o'rindig'idan joy oldi. Maydondan chiqish paytida u "Figeyrense" futbolkasini echib, termo kiyimidagi "Flamengo" emblemasini o'pib qo'ydi. Tabiiyki, muxlislar futbolchining bu harakatidan qattiq g'azablandilar. Intizom qo'mitasi esa Abreuni Braziliya chempionati doirasidagi 1ta o'yindan chetlatdi. CHunki uning bu ishidan so'ng tartibsizlik kelib chiqishi mumkin deb hisoblagan.

Qizig'i shundaki, u "terma kiyimi"ga o'ynagan klublari logosi, raqami va hattoki farzandlarining suratini ham tushurgan...


• Hujumchi 3ta Kopa Amerika turnirida ishtirok etgan — 1997, 2007 va 2011 yillarda. 2011 yil Urugvay 15-marotaba turnir g'olibi bo'lgan.

• Jamoalarini tez-tez almashtirish "ananasi" tufayli Abreu Ginnes rekordlari kitobiga ham kiritilgan. Etiborlisi shundaki, bor yo'g'i 25ta professional klubda o'ynab — Salvadning "Santa-Tekla" klubidan ketib Braziliyaning "Bangu" jamoasi bilan shartnoma imzolaganida uning ismi kitobda qayd etilgan.

• Abreu faoliyatida 3ta Evropa jamoasi bo'lgan: "Deportivo", "Aris" (Greciya) "Real Sosedad". 2004 yil, Abreu "Nasonal"da to'p tepgan yillar, unga "Inter" taklif bildirdi. Lekin Abreu Italiyaga bormadi va Urugvayda o'ynashni xohlayotganini aytdi. Qizig'i shundaki, oradan bir necha oy o'tib u Meksikaning "Dorados" klubga ko'chib o'tdi.

• Sebastyan Abreu faoliyat yuritgan barcha klublar:

• Abreu faoliyatidagi muhim voqealardan biri – JCH-2010dagi ishtiroki. Bunga qadar Urugvay 1970 yildan buyon mundialning 1/8 final bosqichidan uyog'iga o'tolmayotgan edi. 2010 yil urugvayliklar to'rtinchi o'ringacha chiqdilar. O'sha turnirning chorak finalida Urugvay termasi penaltilar seriyasida Gana ustidan g'alaba qozondi. Abreu esa penaltidan hal qiluvchi golni urishga muvaffaq bo'lgandi.

"Penaltilar seriyasida bosh murabbiyimiz Tabares shunday dedi: "Navbatda tur. Uchinchi bo'lib tepasan". Lekin men oxirgi bo'lib turib oldim. Hal qiluvni golni urishni xohladim" — deydi Abreu.

Futbol dunyosi turli tuman sportchilarni ko'rgan, lekin Sebastyan Abreudakasini topish mushkul vazifa.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика