27:0 hisobidagi g'alaba bosh murabbiyning istefosiga sabab bo'ldi
17 noy 2019 13:29
Yangiliklar
27:0 hisobidagi g'alaba bosh murabbiyning istefosiga sabab bo'ldi
Italiyaning "Inviktasauro" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi o'z lavozimidan ozod qilindi.
Buning sababi - 27:0 hisobidagi g'alaba. "Inviktasauro" prezidenti Paolo Brogelli bunday hisob raqib jamoa "Marine Kalcho" uchun qattiq hurmatsizlik deb hisobladi va shunday qarorga keldi.
"Ushbu hisobni eshitib, yoqa ushladik. Bunday holat takrorlanganidan afsusdaman. Bu yoshlar futboliga bo'lgan hurmatsizlikni bildiradi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Richchinini istefoga chiqarishi borasida qaror qabul qildi. Murabbiylar yoshlarni nafaqat shug'ullantirish, balki ularni tarbiyalashi ham kerak", - dedi Brogelli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar