So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

26-tur uchrashuvlarida jamoalarning imkoniyatlari qanday? Yangiliklar

26-tur uchrashuvlarida jamoalarning imkoniyatlari qanday?

Teglar :  Oliy liga26-tur
Bu yil oliy ligamizda bir nechta jamoalar o'ziga xos natijalarni qayd etishmoqda. Aksariyat klublar xattoki, turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan jamoalardan ham ochko tortib olmoqda.

Mana endi g'alvir suvdan ko'tariladigan payt yaqinlashmoqda. Xavfli zonada borayotgan jamoalar quyi ligaga tushib ketishi ehtimoldan holi emas.

26-turda quyidagi jamoalar to'qnash kelishadi. Biz ularning o'zaro imkoniyatlarini foizlarda hisoblab chiqdik.

“Paxtakor” – “So'g'diyona”

Toshkentning “Paxtakor” klubi ikkinchi davrada Jizzaxdan 3 ochko bilan Toshkentga qaytgan edi. O'sha uchrashuvda “sherlar” osonlik bilan g'alabaga erishmagan edi. Birinchi davrada toshkentliklar ko'p ochkolar yo'qotishdi. Ikkinchi davraga kelib esa biroz bo'lsada o'zlarini o'nglab olgandek ko'rindi. “Paxtakor” o'z uyida “Bunyodkor”ni ham “Lokomotiv”ni ham mag'lubiyatga uchratdi. Lekin bundan avvalgi 25-turda “Paxtakor” safardan mag'lubiyat bilan qaytdi. “So'g'diyona” esa Toshkentning boshqa bir vakili “Obod”ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Paxtakor” mag'lubiyatdan so'ng o'z uyida g'alaba qozonishga urinib ko'radi. “So'g'diyona” esa avvalgi turdagi g'alabadan ruhlanib safardan ochko bilan qaytishga intiladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin Toshkentda bo'lib o'tishini inobatga olsak, imkoniyat “Paxtakor”da ko'proq bo'ladi.
Imkoniyatlar: 60/40



“Qo'qon-1912” – “Neftchi”

Bir viloyat jamoalari o'rtasidagi bahslar avvaldan ancha qizg'in tarzda bo'lib o'tadi. Birinchi davrada “Neftchi” o'z uyida “Qo'qon-1912”ni qabul qilib, qiyin kechgan uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. 25-turda “Neftchi” o'z uyida “Paxtakor”ni mag'lub etib ruhan ko'tarilib oldi. “Qo'qon-1912” jamoasi safarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga yirik hisobda mag'lub bo'lib biroz bo'lsada tushkun holatga tushib qoldi. “Qo'qon-1912” klubi ayni damda turnir jadvalida xavfli zonada bormoqda. Agarda o'z uyida “Neftchi”ni mag'lub eta olmasa ularning oliy ligada qolish masalasi biroz qiyinlashadi. Ushbu uchrashuvda “Neftchi” jamoasi ko'plab mag'lubiyatlar uchun ham g'alaba qozonishi kerak. “Qo'qon-1912” esa xavfli zonada qolib ketmasligi uchun g'alaba qozonishi kerak. Mantiqan olib qaraydigan bo'lsak, ushbu bahsda mehmonlarning qo'li baland kelishi mumkin.
Imkoniyatlar: 45/10/45



“Buxoro” – “Lokomotiv”
Ushbu ikki jamoa tarkibi bilan bemalol mahtana oladi. Ushbu klublarda bir qator tajribali futbolchilar jam bo'lgan. Birinchi davrada “temiryo'lchilar” o'z uyida “Buxoro”ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi. “Buxoro” klubi ham o'z uyida raqiblariga osonlikcha ochko berib qo'ymaydi. SHuni inobatga olgan holda qaysi jamoa g'alaba qozonishini hech kim bilmaydi. Agar “Lokomotiv” mag'lubiyatga uchrasa “Bunyodkor” bilan o'rtadagi ochkolar tafovuti 3taga kamayadi va “Bunyodkor” “temiryo'lchilarya”dan 2 ochkoga ortda qoladi. “Bunyodkor” bilan “Lokomotiv” 30-turda o'zaro o'yinida to'qnash keladi. O'sha bahsda “qaldirg'ochlar” g'alaba qozonsa “Lokomotiv” chempionlikni topshirib qo'yishi mumkin. SHuning uchun “temiryo'lchilar” har bir o'yinda g'alaba qozonishi kerak.
Imkoniyatlar: 40/10/50



“Nasaf” – “Navbahor”
Qarshining “Nasaf” jamoasi keyingi yil OCHLda ishtirok etish uchun kurash olib bormoqda. CHempionat davomida “ajdarlar” ham kerakli bo'lgan ochkolarni qo'ldan boy berishdi. SHunday bo'lsada, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. “Navbahor” esa o'ziga o'xshamagan natijalar qayd etmoqda. “Lochinlar” safarda “Nasaf” mehmoni bo'ladi. “Navbahor” safardan durang natija qayd etib qaytsa ham bu ular uchun ijobiy natija bo'ladi.
Imkoniyatlar: 60/40



“Qizilqum” – “Bunyodkor”
Toshkentning “Bunyodkor” klubi ayni damda chempionatda ikkinchi pog'onada bormoqda. Avvalgi turda “Nasaf”ni o'z uyida qabul qilib kichik hisobda g'alaba qozondi. Lekin “qaldirg'ochlar” uchun safardagi uchrashuvlar oson bo'layotgani yo'q. Umuman olganda, bu yil chempionatimizdagi aksariyat jamoalar turnir jadvalida yuqorida borayotgan klublarni ham mag'lubiyatga uchratishmoqda. Navoiyning “Qizilqum” jamoasi avvalgiga qaraganda tarkibini ancha yaxshilab olgan. “Bunyodkor” o'z oldiga chempion bo'lishni maqsad qilgani aniq. Demak, “qaldirg'ochlar”ni safarda faqat g'alaba qoniqtiradi.
Imkoniyatlar: 45/55



“Andijon” – “Metallurg”
Andijonning “Andijon” klubi chempionat reytingida so'nggi pog'onada bormoqda. Agarda vodiy klubi mana shunday davom etadigan bo'lsa xavfli zonadan chiqa olmaydi va elitani tark etishi mumkin. Bekobodning “Metallurg” jamoasi esa o'z o'rnini yaxshilab olgan. Bekobodliklar musobaqa reytingida “Paxtakor”ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. SHanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda “Andijon” faqat g'alaba qozonishi kerak. Aks holda ularning oliy ligada qolishi so'roq ostida qoladi. CHunki, qolgan uchrashuvlar "Andijon" uchun og'ir o'tishi turgan gap.
Imkoniyatlar: 60/40



“Olmaliq” – “SHo'rtan”
Ushbu ikki klub birinchi davrada G'uzorda muxlislar uchun gollarga boy uchrashuvni taqdim etishgandi. Qiyin kechgan bahsda tomoshabinlar 7ta golning guvohi bo'lishgandi. Ushbu to'qnashuvda “SHo'rtan” “Olmaliq” jamoasini 4:3 hisobida mag'lub etgandi. turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, g'uzorliklar “konchilar”dan 10 ochko oldinda bormoqda. CHempionatimizning 25-turida “Olmaliq” Muborakning “Mashal” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. “SHo'rtan” esa o'z uyida “Andijon”ni 2:0 hisobida mag'lub etib o'z hisobida navbatdagi 3 ochkoni yozib qo'ydi. 26-turda “Olmaliq” o'z uyida “SHo'rtan”ni qabul qilishini inobatga olib ularning imkoniyatlarini foizlarda belgiladik.
Imkoniyatlar: 40/20/40



“Obod” – “Mashal”
Toshkentning “Obod” jamoasi safarda iloji boricha durang natija qayd etishga urunmoqda. O'z uyida esa kuchli raqiblarni ham mag'lub etishga erishmoqda. Toshkentliklar elitada qolish uchun kurash olib bormoqda. Ularni “Qo'qon-1912” hamda “Andijon” jamoalari taqib qilib kelmoqda. Agarda “Obod” o'z uyida “Mashal”ni mag'lub eta olsa taqibchi raqiblaridan biroz ilgarilab ketish mumikn. Muborakliklar esa 25-turda o'z uyida “Olmaliq” klubini mag'lub etib o'zi uchun kerakli bo'lgan ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ygandi. Navbatdagi turda “Obod” o'z uyida ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Bu muborakliklar uchun qiyin o'yin bo'lishini anglatadi.
Imkoniyatlar: 55/45



Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика